асосий менюАсосий менюМахсус бўлимларҚўшимча бўлимАмал мавсуми |
асосий қисм
Mish-mishlar va ularning Islom jamiyatiga bo`lgan salbiy ta`siri3068 марта кўрилган "Salaf solihning da`vat uslubining belgilari" silsilasi (3) Abu Ja'far al-Bukhoriy tarjimasi Bismillahir rohmanir rohiym Alloh ta`ologa hamdu sanolar, payg`ambarimiz, uning oilasi, sahobalari va ularga yaxshilik bilan e`rgashgan barcha kishilarga salavot va salomlar bo`lsin. So`ng... Mish-mishlar jamiyat va shaxslarni parchalab, vayron qilib tashlaydigan xatarli qutoldir. Mish-mishning yaxlit saf, yakdil fikrlarni buzadigan, parchalydigan va tarqatib tashlaydigan (Alloh bergan) kuchi bordir. Biz Islom ummati o`z dushmanlarimiz tomonidan saflarimiz ichida tarqoqlik yoki darichalar ochish uchun mish-mish va boshqa g`addor rejalar bilan yuzma-yuz qolmoqdamiz. Ushbu makr va hiylalar o`tmishdagi kabi sunnat bo`lib, payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam yuborilgan kundan buyon davom e`tmoqda. Alloh ta`olo dedi: "U (kitob ahllari) agar qodir bo`lsalar, diningizdan qaytargunlaricha sizlar bilan urush qiladilar". Demak, haqiqat va botil o`rtasidagi kurash, vositalar xilma-xil bo`lsada, davom e`tmoqda. Chunki, Islom dushmanlarining maqsadi, Alloh ta`olo bayon qilganidek, yagona - Islom dinidan chiqarishdir. Shuning uchun ham, ba`zida uzoq muddatlar uchun tayyorlangan rejalar haqidagi so`zlrani e`shitar va imkoniyatiga qarab o`z botillarini turli vositalar bilan amalga oshirilganini k`orar e`kanmiz, hayratga tushmasligimiz kerak. Bu narsalar bizlar uchun hayratli e`mas, aslida. Hayratli narsa e`sa, ayrim musulmonlarning bu botillarini yoyishda o`z dushmanlariga hamkor bo`lishlaridir. Biz ushbu risolani "musulmonmiz" deb da`vo qilgan ushbu guruh uchun yozmadik. Chunki, bu odamlar Islom dushmanlariga samimiy muhabbatda bo`lgan qulay vositalardir. Ular bizning dinimizga ichkaridan tahdid solgan va fitna tuzog`iga osonlik bilan tushgan hamda boshqarilgan kishilardir. Biz ularga achinib ham qo`ymaymiz. Balki, biz ushbu risolani hissiyot va hamiyatlari shar`iy doiradan chiqqan, Islom ummati ichida olov kabi yoyilib, barcha narsalarni yondirishi mumkin bo`lgan mish-mishlarni yoyish yoki tasdiqlash bilan yaralashga yordamchi bo`lgan kishilar uchun yozdik. Mish-mishlar bozori qizigan bir paytda ushbu kamtarona risolamizni musulmonlar ommasi, xususan, da`vatchilarga taqdim e`tamiz va Alloh ta`olodan so`z va amallarimizda ixlosni so`raymiz. Ilohim, duolarimizni qabul qil! "al-Isha`a so`zining ma`nosi("al-Isha`a" arabcha so`z bo`lib, o`zbek titlida "mish-mish" ni anglatadi). "al-Isha`a" so`zining ma`nosi: "yoyilmoq", "xabar yoyildi" dir. "al-Sha`a": "yoyilgan xabar" dir. "Rajulun mishya`un": "Sir saqlamaydigan odam". "al-Isha`a" so`zining istilohda qo`llanishi: "al-Isha`a" - xabarning qaysidir manba`dan muayyan sharoitda, boshqlarga shu manba`ning maqsadlarini bildirmay yoyilgan xabardir. Bundan tashqari, u - odamlar og`izma-og`iz tashiyotgan xabar, so`z va gaplar hamda to`g`ri yoki noto`g`ri e`kanini bilmay yoki tekshirmay rivoyat qilishayotgan qissalar va to`g`riligi haqida shubha bo`lgan xabarlardir. Mish-mishning tarixiMish-mishning tarixi insoniyat tarixi kabi qadimir. U inson bor yerda bo`lgandir. Shuning uchun ham mish-mish bo`lmagan bashar jamiyati yo`qdir. Chunki, inson nafsining Islom tabiyasini olmagan paytda mish-mihshlarni qabul qilish qobiliyati vujudga keladi. Payg`ambarlar tarixi so`zimizning guvohidir. Nuh alayhissolatu vassalom o`z xalqi tomonidan: "U sizlarga rahbarlik qilishni hohlamoqda"- deb ayblandi. Hud alayhissolatu vassalom shunga o`xshash so`zlarga duch keldilar. Muso alayhissolatu vassalom Fir`avn tomonidan sehrgarlik va fitnachilik bilan ayblandi va xalq orasida bu xabar yoyildi. Yusuf alayhissolatu vassalomning qissalari e`sa Misr azizining sir tutishi va xabarlarning ommaviylashishi oldida to`siq bo`linishiga qaramay, misrlik ayollar ichida yoyildi. Va bundan boshqa Qur`on Karim bayon qilgan qissalar ... Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam da`vatlarining ilk kunlaridanoq mish-mish va shubhalantirish fitnalariga duch keldilar. Makkada telbalik, sehrgarlik va yolg`onchilik bilan ayblandilar. Alloh ta`olo e`sa, din dushmanlarining ishlaridan ogoh e`di. Shuning uchun ham, U etti qat Osmonning ustidan Islom dushmanlarining yolg`onchi va safil insonlar e`kanini bayon qilib, Muhammad sollallohu alayhi va sallamni oqlovchi oyatlar nozil qildi. Madinada Makkadagidan ko`ra ko`proq mish-mishlar yoyildi. Fasod o`choqlari - yahudiy va munofiqlar mish-mishlarni boshqarar e`dilar. Islom jamiyatining jipsligi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamga itoati bo`lmasa e`di, Allohning dushmanlri o`z maqsadlariga e`rishgan bo`lur e`dilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam haqida harbiy maydonlarda chiqarilgan mish-mishlar va olishimiz kerak bo`lgan darslar haqida fikr yuritishimiz kerak. Mish-mishlarning manba`iMish-mishlarning manba`i ko`pincha shaxs, ommaviy axborot vositalari, e`lonlar, maktublar yoki yozilgan tasma-kassetalar bo`lishi mumkin. Bu - xabarlarning odamlar o`rtasida yoyilishiga sabab bo`lgan vositalardir. Shuning uchun ham, xabarni olib kelayotgan kishi xabarni tekshirib olishi va shoshqaloqlik qilib tarqatmasligi kerak. Bu ishdagi asos tim ma`noda oqlashdir. Mish-mishlar e`sa, favqulodda paydo bo`lgan narsalardir. Shuning uchun ham, xabarning aniq hujjatlari bo`lmaguniga qadar, asos holatida qolishi kerak. Mish-mishlarning sabablariMish-mishlarning ko`p sabablari bo`lib, biz quyida ularning ba`zilarinigina keltiramiz. Haqorat qilish. Mish-mishlarni chiqarishnig asosiy sababi haqorat qilish va o`ch olish bo`ladi, Alloh saqlasin. - Obro` umidi. Mish-mish chiqarayotgan kishilarning ko`pi o`zining bu ishi bilan obro`ni maqsad qiladi. Uning so`zlariga tinglovchilarning quloq solishi, ko`zlarini tikishi va ishtiyoq ko`rsatishimish-mishlarni yoyishning katta sabablaridan biridir. Tabiiyki, bu tinglovchilarning rag`batini oshirish va aytilgan so`zlarga berilishdan uzoq bo`lsa. Majlis vaqtlarini mish-mishlar bilan o`tkazish. Ma`lumki, majlisda hozir bo`lganlar munozaralarda ishtiro e`tishni hohlaydilar va sukut saqlashni o`zlari uchun loyiq ko`rmaydilar. Naitjad, nima bo`lsa gapirib, mish-mishlarni so`zlariga dalil qilib keltiradilar. Mish-mishlarning rivojlanish sabablari- Tinglovchilardan obro` va rag`bat kutish. - Tinglovchilardan rag`batni k`organida mish-mishchining kayf qilishi. - Mish-mishlarning yolg`in e`kani ma`lum bo`lgan vaqtdagi natijaning mish-mishni olib kelgan va olib borilgan kishilarning tasavvur qilmasliklari. - Mish-mishlarni tashigan odamning kaltafahmligi. - Nafsni tekshirmaslik va hisob qilmaslik. Mish-mishlarga baho berishda Islom mezoniAlloh ta`olo dedi: "Hoy mo`minlar, fosiq xabar keltirsa tekshirib ko`ringlar va bir xalqqa bilmay ozor berib, qilgan ishlaringdan pushaymon bo`lmanglar!". Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "E`shitgan har bir narsasini so`zlash kishiga yolg`on jihatidan kifoya qiladi"; "E`shitgan har bir narsasini so`zlash kishiga gunoh jihatidan kifoya qiladi" (Imom Muslim rivoyati). Imom Molik rahimahulloh: "E`shitgan barcha narsani so`zlash katta fasod e`kanini bil!"- dedi. Bu jumlalarni Munoviy rahimahulloh shunday izohladi: "Ya`ni e`shitilgan narsa aniq bo`lmasa. Chunki, odam rost va yolg`on so`zlarni ham e`shitishi mumkin. Agar u e`shitgan barcha so`zlarini aytaversa, tabiiyki, yolg`on so`zlashi mumkin. Yolg`on e`sa, bir narsani qasd qilmasada, boshqacha qilib xabar berishdir. Gunohning sharti e`sa qasd qilishdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam e`shitgan narsalarini tashib yuradigan kishilar haqida: "Kishining mingan e`ng yomon narsasi gumon qilishidir"- dedilar. Chunki, "gumon qildilar" so`zi ilmsiz gumon qilgan va Alloh mazammat qilgan kofirlarning so`zidir: "Kofirlar: "Biz qayta tirilmaymiz" deb gumon qildilar". Bag`aviy rahimahulloh "Sharhus-sunnah" kitobida shunday dedi: "Bu so`z nazammat qilindi. Chunki, ko`pincha asosi bo`lmagan, faqatgina tillarda gapiriladigan so`zlarda iste`mol qilinadi. Shuning uchun ham, rasululloh sollallohu alayhi va sallam o`z e`htiyojlariga etib borishi uchun iste`mol qilgan: "Ular shunday gumon qildilar" jumlasini miniladigan narsaga o`xshatdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni hikoya qilayotgan narsasini mukammal bilish, rivoyat qilayotgan narsalarda e`htiyot bo`lish hamda ishonchli kishilardangina hadis rivoyat qilishga buyurdilar". Abdurrahmon ibn Mahdiy rahimahulloh: "Odam e`shitgan ba`zi narsalardan tiyilmagunicha itoat qilinadigan imom bo`la olmas"- dedi (Imom Muslim rivoyati). Mish-mishni tarqatayotgan kishiga vojib bo`lgan narsalar- Alloh ta`olodan taqvo qilishi, qilayotgan ishlari va aytayotgan so`zlarida Allohning doimo nazorat qilib turganini his e`tishi, aytayotgan har bir so`ziga diqqat e`tish. Alloh ta`olo dedi: "... va darhaqiqat, sizlarning ustingizda nigohbonlar bor". Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Soqol-mo`ylablari o`rtasi (og`zi) ni va ikki oyoqlari o`rtasi (jinsiy a`zosi)ni men uchun kafolatga olgan kishi uchun men jannatni kafolatga olaman" (Imom Buxoriy rivoyati). - Musulmon birodari haqida yaxshi gumonda bo`lish va uning o`rniga o`zini qo`yish. - Xabarchilkdan maqsadi to`g`rilik bo`lishi va u haqida mish-mish chiqarilgan kishidan o`ch oli bo`lmasligi. Mo`min bu aybli kasndan e`htiyot bo`lsin. Alloh ta`olo dedi: "Bilinglarki, Alloh sizlarning ichingizdagi barcha narsani biladi. Bas, e`htiyot bo`linglar!". - Muayyan xabar haqida ilm va fazl sohiblari bilan maslahat qilish va ularning maslahatlarini olish. Chunki, ular ilm va tajribalari bilan foydali tarafni yaxshi biladilar. - Xabarning tarqatishdan maqsad uning to`g`ri bo`lishidir. Xabarni tarqatayotgan odam o`zini tinglayotgan odamlarga maqsadini oydinlatsin. - Xabar tarqatayotgan odam o`zi borishga odatlangan majlis bilan, boshqa majlis o`rtasini farqlashi kerak. Zero bir majlisda so`zlangan so`zlar boshqa majlisda so`zlanmasligi mumkin. - Xabarchi tinglovchilarning xabarni xato va kamchiliksiz etkazishlariga diqqatni jalb qilishi kerak. Chunki, u birinchi manba` va ular etkazayotgan xabar uniki va uning mas`uliyatidadir. Shuning uchun ham, e`ng afzali xabarni so`zma-so`z, harfma-harf etkazishdir. Tarixda: "Xabarlarning ofati roviylardir"- deb bejiz aytilmagan. - Xabarchi aytayotgan barcha so`zlarininaniq bilishi, o`z mas`uliyatini soqit qilish uchun qo`shimchalar qo`shishdan saqlanishi kerak. - Xabarchi e`shitgan narsasini gapirmasligi va yoymasligi kerak. Chunki, musulmnolar bunday so`zlarni gapirmasalar, mish-mishlar o`z beshigida yo`q bo`ladi. - Kazob, munofiq, g`iybatchi va qalbi buzuq odamlardan yuz o`girish, ularga xabar yoyishlarida imkon bermaslik va ularga ishonmaslik. Mish-mish biz sanab o`tgan narsalar bilan qarshi turilganida yo`q bo`ladi va uning yomon ta`sirlari Islom jamiyatiga yoyilmaydi, (inshaalloh). Mish-mishni e`shitganida mo`min nima qilishi kerak?-1. Mish-mish xabarini keltirgan kishiga qarashi, uning adolatli, fosiq yoki har ikkisining o`rtasimi bilishi kerak. Alloh ta`olo dedi: ""Hoy mo`minlar, fosiq xabar keltirsa tekshirib ko`ringlar va bir xalqqa bilmay ozor berib, qilgan ishlaringdan pushaymon bo`lmanglar!". -2. Mih-mishchiga Allohni, Allohning huzurida aytayotgan har bir so`ziga javob berishini hamda tekshirib ko`rishi va shoshilmasligi kerakligini e`slatish. -3. Alloh ta`oloning: "Bilmagan narsangizni tilingiz bilan olasiz va og`zingiz bilan gapirasiz va buni oson deb o`ylaysiz. Biroq, u Allohning huzurida buyukdir"- deb aytgan oyatlarining ma`nolari ostiga kirib qolmaslik uchun dalillar etarli bo`lmagan bir paytda mish-mishlarni zudlik bilan tasdiqlamaslik kerak. -4. Agar mish-mish yaxshi deb hisoblangan kishidan sodir bo`lgan bo`lsa, u haqida chiroyli fikrda bo`lish hamda u uchun shar`iy uzrlar izlash. Agar odam `ziga nisbatlangan narsada dalil topa olmasa, mish-mish olib kelingan odam mish-mishni olib kelgan odamga bunday ishlarda mish-mish sababli vujudga kelgan bo`shliqni tol`dirish uchun nasihat qilish va yo`llash kerak e`kanini e`slatishi kerak. Mish-mish qilingan odamMish-mish qilingan odam ikki holatdan birida bo`ladi: ma`lum yoki noma`lum. - Mish-mih qilingan odamagar olim yoki omma ichida e`zgulik va salohiyat nisbati berilgan - ma`lum kishi bo`lsa, odam Allohdan qo`rqishi, xususan, sunnatga amal qilishi va sog`lom e`tiqodi bilan mashhur bo`lgan kishi bo`lsa, unga til uzatishdan tiyilishi kerak. Chunki, ular Islom ummatining ulug`lari, etakchilari va mayoqlaridir. Zero ulamolarining qadriga etmagan xalqda e`zsulik bo`lmas. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Birodarining nomusini g`iybat qilinganida himoya qilgan kishini jahannamdan ozod qilish Allohning zimmasidagi haqdir"- dedilar. Agar mish-mish qilingan odam e`zgulik va yaxshilik bilan mashhur bo`lmagan bo`lsa, mish-mishchi dushmani bo`lsada, haddidan oshmasligi kerak. Chunki, qilgan ishi yolg`on va zulmdir. Alloh ta`olo dedi: "Bir xalqning dushmanligi sizlarni adolatsizlik qilishga undamasin. Adolat qilinglar! Bu - taqvoga yaqindir". - Agar mish-mish qilingan odam noma`lum bo`lsa, ma`lum bo`lgan kishilarga qilingan ishlarni qilinishi, mish-mishchi o`ziga u haqida isbotsiz bir narsani so`zlashga haq bermasligi kerak. Chunki, johillik ba`zida bilmasdan aytilgan so`z bilan kechirilmaydi. Xabar noma`lum odamga etadi-da, o`zi haqida so`z aytgan kishiga hujum qilib qolishi mumkin. Mish-mishlarni yo`qotish yo`llari- Mish-mishni olib kelgan kishiga Alloh ta`oloni e`slartish, uni bilmay so`z aytishdan va agar mish-mish yolg`on va mubolag`ali bo`lsa, yomon natijlardan ogohlantirish. Alloh ta`olo: "... qilgan ishlaringizga pushaymon bo`lmanglar!"- dedi. - Tushunmay yoki e`tiroz bildirmay mish-mishni qabul qilishga shoshilmaslik. - Mish-mishni takrorlamaslik. Chunki, uni takrorlaganida yolg`on va roviy e`htiyotsizligi sodir bo`lishi mumkin. - Mish-mishning harakar yo`nalishini ildiziga erib borish uchun tekshirish va uni chiqargan odamni to`xtatib, qat`iy hisob qilish. - Mish-mishni e`shitgsn paytda beparvo bo`lish, hayratga tushmaslik va uning to`g`riligida shubhalantirish. Toki mish-mishchilar ikkilansin va mish-mishni tarqatishdan avvalo`zlari haqida o`ylab ko`rsinlar. Mish-mishning Islom jamiyatiga bo`lgan salbiy ta`siriMish-mishning Islom jamiyatiga katta salbiy ta`sirlari bo`lib, biz quyida ularning ba`zilarinigina bayon qilamiz. - Begunoh odamni unda bo`lmagan narsalar bilan ayblash. - Asossiz ishlarga kirishish bilan zimma va tillarning buzilishi. - Jamiyatda bir-biriga bo`lgan ishonchning yo`qolishi. - Mish-mish da`vat maydonida harakat qilayotgan da`vatchilar, xususan, uyg`onish davridagi yoshlar tarafidan chiqqan paytda johillarning haqoratlari. Mish-mishning xatarli oqibatlari haqida kengroq narsalarni o`rganmoqchi bo`lgan odam mashhur va "mish-mishlar onasi" deb hisoblangan "Tuhmat" voqeasiga murojaat e`tsin (Onamiz Oisha raziyallohu anhoga munofiqlarning: "Zino qildi"- deya qilgan tuhmatlarining ishonchli tarix kitoblaridagi matnlari). XotimaBu asrda mish-mishning musulmonlarga qarshi kurashda katta ro`li bo`ldi. Mish-mishlar saflarda, xususan, saflar ichidagi johillar, yoki yashirin maqsadli, yoki gumonli kishilar tomonidan bo`lganida katta buzilishlarni vujudga keltiradi. Islom dushmanlari mish-mishlarni musulmonlarga, xususan, musulmon olimlar, yo`lboshchilar va da`vatchilarga qarshi ularga bo`lgan ishonchni yo`qotish va ulardan odamlarni burish uchun yolg`on va tuhmatlarga sug`orib yoymoqdalar. Axir qancha-qancha ulamo va da`vatchilar xoin, dunyoparast va mansabparast deb ayblanmadimi?! Islom dushmanlari biz musulmonlarning qilgan ilmiy va amaliy xato va kamchiliklarimizdan foydalandilar va uni odamlar ichida bo`rttirilgan holda yoyib, sichqondan fil yasamoqdalar. Alloh yordamchimiz bo`lsin! Ilohim, musulmonlar ommasi, xususan, ularning da`vatchilari va yoshlari o`rtasini isloh qil! Ularni bir qo`l, bir so`z va bir saf qil! Ne`matlari bilan e`zgulikni mukammal qiladigan Alloh ta`ologa hamdu sanolar bo`lsin. p |