асосий менюАсосий менюМахсус бўлимларҚўшимча бўлимАмал мавсуми |
асосий қисм
Namoz o`qimagan odamga maktub5457 марта кўрилган Ahlussunna val-jamoa" kutubxonasi - Siz qaysi dinga mansubsiz? - Islom diniga. - Namoz o`qiysizmi? - ... - Unda, bu maktub siz uchun. Bismillahir rohmanir rohiym Barcha olamlar robbisi bo`lgan va: "E`slating! Chunki, e`slatish mo`minlarga foyda beradi. Va men jin va insonlarni o`zimgagina ibodat qilishlari uchun yaratdim..."- deb aytgan Alloh ta`ologa hamdu sanolar va "Biz bilan u (mushrik va kofir) lar o`rtasidagi ahd namozdir. Uni tark qilgan kimsa kofirdir" (Imom Ahmad rivoyati, sahih hadis) deb aytgan payg`ambarimizga salavot va salomlar bo`lsin. So`ng ... Hoy Allohning bandasi, bilingki, namoz Islom dininig ustuni bo`lib, u bilan musulmon kofirdan ajralib turadi. Afsuski, Islom diyorida tug`ilgan va: "Biz ham musulmonmiz"- deb aytayotgan xalqimizning ko`p qismi namozga e`tibor bermay, uni o`qimayaptilar. Shuning uchun ham ularga namoz, namozning dindagi o`rni va uni tark qilishning oqibatlari haqida tushuntirib, nasihat qilishni burchimiz deb bildik. Avvalo shuni bilingki, namozni baxtiqaroligi g`olib bo`lgan, azob-uqubati ko`paygan, hasrat va nadomati bitmaydigan kimsagina tark qiladi. Bas, namozni tark qilgan odam manfur, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yo`lidan boshqa yo`lda o`ladigan va joyi jahannam bo`ladigan kimsadir. Alloh ta`olo va rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozning naqadar buyuk ibodat e`kanini bayon qildilar. Alloh ta`olo dedi: "Ulardan so`ng namozlarini zoe qiladigan va shahvatlarga e`rgashadigan avlod keldi. Ular tez kunda g'oy (jahannam vodiylaridan biri) ga duch keladilar"; [Maryam:59] "Har bir jon o`zi qilgan narsaga garovga qo`yilgan. Faqatgina, o`ng tomon sohiblari bundan mustasnodir. Ular jannatda turib gunohkorlardan: "Sizlarni jahannamga nima narsa olib keldi?"- deb so`raydilar. (Gunohkorlar): "Biz namoz o`qimas e`dik"- deb javob beradilar"; [Muddassir:38-43] "Agar tavba qilib, namozlarini to`kis ado e`tib, zakotlarni bersalar, ular sizning dindosh birodarlaringizdir". [Tavba:11] Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Kishi bilan kufr va shirk o`rtasida namozni tark qilish bordir" (Imom Muslim rivoyati); "Bandani qiyomat kunida avvalo namozdan hisob qilinadi. Agar namozi durust bo`lsa, boshqa amallari ham durust bo`ladi. Agar namozi buzuq bo`lsa, boshqa amallari ham buzuq bo`ladi" (Tabaroniy rivoyati, sahih hadis); "Men odamlar bilan "Allohdan o`zga haqiqiy iloh yo'q va Muhammad Allohning e`lchisidir"- deb guvohlik bermagunlaricha, namozni to`kis ado e`tib, zakotni bermagunlaricha urushishga buyurildim. Odamlar shunday qilsalar mendan qonlari va mollarini o`z haqqi bilan saqlab qoladilar. Ularning hisobi Allohgadir" (Muttafaqun alayh). Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Mening havzim Adanning Iylasidan ham uzoqdir. Jonim qo`lida bo`lgan zotga qasamki, u (havzim) ning idishlari osmon yulduzlarining sonidan ko`pdir. U sutdan oq va asaldan shirindir. Men uni odam begona tuyadan himoya qilganidek himoya qilaman"- dedilar. Sahobalar: "Yo rasululloh, siz bizlarni taniysizmi?"- deb so`radilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Ha, sizlar tahorat ta`siridan nurli qashqa bo`lib kelasizlar. Bu (ko`rinish) boshqalar uchun bo`lmas"- dedilar" (Imom Muslim rivoyati). Hoy namozni tark qilgan odam, shunday dahshatli kunda rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozni tark qilganingiz uchun sizni quvib tursalar holingiz nima bo`ladi?! Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o`ziga e`rgashgan kishilarni tahoratlarining asarlaridan bilar e`kanlar, sizni qanday tanisin?! Axir namoz o`qimaganingiz uchun sizda tahorat asarlari yo`q-ku! Yoki siz shuncha narsa e`slatilganidan keyin ham jannatga kirishni xayol qilayapsizmi?! Unutmangki, Shaytonni amr e`tgani zamon Odam alayhissolatu vassalomga sajda qilmagani uchun Alloh ta`olo la`nat qildi va o`z dargohidan quvdi. U qiyomat kunida jahannamga kiradi. Alloh ta`olo dedi: "Biz farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!"- dedik. Ular sajda qildilar. Faqatgina, Iblis (Shayton) bosh tortdi, kibr qildi va kofirlardan bo`ldi". Alloh Shaytonni la`nat qildi. Chunki, u Odam alayhissolatu vassalomga sajda qilmadi. Maxluqqa sajda qilmagani uchun berilgan jazo shu bo`lsa, Allohga sajda qilmagan va uning amrlariga osiy bo`lgan kishiga beriladigan jazo qanday bo`lishi mumkin?! Holbuki, Alloh ta`olo: "Men jin va insonlarni o`zimgagina ibodat qilishlari uchun yaratdim" va "Iymonli bandalarimga ayting, namozlarini to`kis ado e`tsinlar!"- demoqda. Umar ibn Xattob -roziyallohu anhu- urilgan hanjar zarbasidan hushlaridan ketdilar. Hushlariga kelgani payt: "Odamlar namoz o`qidilarmi?"- deb so`radilar. Atrofidagi odamlar: "Ha"- deb javob berdilar. Umar ibn Xattob -raziyallohu anhu: "Namozni tark qilgan odamning Islomdan nasibasi yo`qdir" va Muhammad sollalohu alayhi va sallamning sahobalari: "Namozdan boshqa tark qilinsa kufr bo`ladigan narsani bilmas e`dilar"- dedilar. Abdulloh ibn Mas`ud -raziyallohu anhu: "Namozni tark qilgan kishining dini yo`qdir"- dedilar. Aby Dovud rahimahulloh: "Namozi bo`lmagan odamning iymoni yo`qdir"- dedi. Hofiz Munziriy rahimahulloh: "Sahobalarning bir qismi namozni vaqti chiqquniga qadar qasddan tark qilgan odamni kofir deb bildilar"- dedi. Ulardan Umar ibn Xattob, Abu Hurayra, Abdulloh ibn Mas`ud, Abdulloh ibn Abbos, Muoz ibn Jabal, Jobir ibn Abdulloh, Abud-Dardo`, Abdurrahmon ibn Avf va boshqalar (Alloh ulardan rozi bo`lsin). Ibn Qoyyim rahimahulloh: "Sahobalardan bu so`zning xilofi rivoyat qilinmagan"- dedi. Imom Ahmad rahimahulloh dedi: "Namozga chaqirilsa: "namoz o`qimayman" deb bosh tortgan va vaqti chiqquniga qadar o`qimagan odamni qatl qilinadi. Zamondoshlarimizdan ko`pi namozni tark qilgan kishining murtadligi, uning jazosi o`lim e`kani va u bilan musulmon rafiqasi o`rtasini ajratish kerak e`kaniga fatvo berdilar... Shunday e`kan, namozni tark qilgan odam qaysi amal va qaysi savobni umid qilmoqda?! Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: "Asr namozini tark qilgan kishining amallari zoe bo`ladi"- dedilar (Imom Buxoriy rivoyati). Shunday e`kan namozlarni zoe qilgan kishilarning Yer va Samolar hojasi huzuridagi holi ne kechar e`kan?!..". Allohning Kitobi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadislarini o`qigan odam namozga buyurish, uni tark qilishdan ogohlantirish va namozning katta (ijobiy) natijalari naqadar ko`p e`slatilganini biladi. Hoy namozlarini tark qilgan odam, siz u oyat va hadislarga boqing. Ularda namozlariga e`tiborsizlik qilgan kishilar uchun qattiq jazolar bayon qilingan. Siz yoshligingiz yoki umringiz bilan mag`rurlanmang. Har bir jon umri naqadar uzoq bo`lmasin, bir kuni o`lim sharobini ichadi... Siz g`aflatdan uyg`oning! Chunki, Alloh ta`olo sizni behuda yaratmadi, balki, o`zigagina ibodat qilishingiz uchun yaratdi. Siz, biz va barcha insoniyat o`z holimizga tashlab qo`yilmaganmiz... Balki, barchamizning qaytajak yerimiz bor. Alloh ta`olo bizlarni jamlaydi va hukm qiladi: o`rtamizni haqiqat bilan ajratadi. Ertaga omonlik Alloh ta`olodan qo`rqqan, taqvo qilgan va ta`qiqlaridan tiyilgan, ko`p narsa e`vaziga oz narsani, boqiylik e`vaziga foniylikni, saodat e`vaziga bahtiqarolikni sotgan kishilar uchundir. Ertaga Alloh ta`oloning huzuridagi holatingiz haqida o`ylab ko`ring. Allohning nomiga ond ichib aytamanki, u holatning shiddati va qo`rqinchi bilimdon va taqvoli kishilarga ma`lumdir... Chunki, Alloh ta`olo: "U kunda jahannamni olib kelinadi. U kunda inson e`slaydi. biroq, bu e`slash unga foyda bermaydi"- dedi. "Haqiqatni bilib, unga iymon keltirgandan so`ng hech qanday foyda bermaydi", yoki "Bu haqiqatni shariatlab qo`ygan zot menga hech narsa qila olmaydi", yoki "Oxirat va oxiratdagi narsalar o`z orzularim va hohishlarimdan voz kechishim oldida hech narsa e`mas"- deb u tomon biron qadam tashlamaslik qattiq gunohdir. Agar siz Allohga va oxiratga iymon keltirgan bo`lsangiz, yuqoridagi so`zlarga jiddiy boqishingiz va fikrlaringizga e`tibor berishingiz kerak. Agar aldanmaganingiz va sizning oldingizga qo`yilgan narsa sizga nasihat bo`lgan sof haqiqat e`kaniga ishongan bo`lsangiz, Allohning amrlarini tatbiq qiqlish va Alloh uchun namoz va sajda qilish uchun shoshilishingiz kerak hamda Shayton kabi osiy bo`lmasligingiz kerak. Agar bularga ijobat qilmasangiz, Alloh nomiga ond ichib aytamanki, oqibatingiz yomon bo`ladi. Undan Allohning izni bo`lmagan qutulish yo`qdir. Nafs-havosiga osiy bo`lishga qodir bo`lmagan, robbisining oyatlari va namozni ta`kidlagan farmonlarini e`shitgan holda Allohga osiy bo`lib, xuddi e`shitmagandek namozni tark qilgan odamning holiga voylar bo`lsin! Alloh ta`olo dedi: "Allohning tilovat qilingan oyatlarini e`shitib, e`shitmagandek kibr bilan isror e`tgan barcha gunohkor va iftirochilarning hollariga voylar bo`lsin! Bas, ularga alamli azobdan xabar bering". [Josiya:7-8] Haqiqatni bilib, uning nurlarini ko`rgan va bila turib Allohga osiy bo`lgan hamda Allohning farmonlaridan bila turib g`aflatda qolgan zolimga Allohning ushbu oyatlari mos keladi: "Hohishlarini iloh qiqlib olgan va bilganidan so`ng Alloh adashtirgan kishini ko`rdingizmi?!". [Josiya:23] Mavzumizning so`nggida namozni tark qilgan odamga shunday deymiz: "Hoy Allohning bandasi, zalolat yo`lidan Allohning yo`liga qayting! Modomiki hayotingiz bor e`kan, Allohga tavba qiling! Bilmaysizki, bu kunduz kechaga, bu kecha kunduzga etib bora olasizmi yoki yo`qmi?.. Alloh ta`olo dedi: "Robbisining oyatlari e`slatilgan, keyin e`sa undan yuz o`girgan kishidan ko`ra zolimroq odam bormi? Darhaqiqat, bizlar jinoyatchilardan intiqom olamiz". [Sajda:22]. Jamoat namozi va uning ahamiyatiRasululloh sollalohu alayhi va sallam masjidlarda jamoat bilan namoz o`qish uchun hozir bo`lmaslikka qattiq dashnomlar berdilar: "Ozonni e`shitib, ijobat qilmagan kishining namozi yo`qdir. Uzri bo`lganlar bundan mustasnodir" (Ibn Mojja rivoyati); "Munofiqlarga og`ir bo`lgan namoz hufton va bomdoddir. Odamlar u ikkisida bo`lgan narsa (yaxshilik) larni bilsalar e`di, e`maklab bo`lsada kelar e`dilar" (Muttafaqun alayh). Abdulloh ibn Mas`ud raziyallohu anhu dedi: "Agar sizlar namozdan kechikkan odam kabi uyingizda namoz o`qisangizlar, payg`ambaringizning sunnatini tark qilgan bo`lasizlar. Payg`ambaringizning sunnatini tark qilsangizlar, adashasizlar.." (Imom Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "E`rkaklar yo namozni tark qilishdan tiyiladilar, yoki ularning uylarini yoqib tashlayman!" (Ibn Mojja rivoyati). Jobir raziyallohu anhu dedi: "Ibn Umm Maktum rasululloh sollalohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: "Yo rasululloh, mening uyim uzoq, ko`zim ko`rmaydi, lekin, ozonni e`shitaman (nima qilay: masjidga kelaymi yoki yo`qmi?)"- dedi. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: "Agar ozonni e`shitsang e`maklab yoki yugurib bo`lsada, ijobat qil!"- dedilar" (Imom Ahmad va Abu Ya`lo rivoyatlari). Odamlarning ko`pi ramazon oyida masjidlarga to`p-to`p bo`lib kirib keladi. Biroq, ramazondan so`ng to`p-to`p bo`lib chiqib ketadi. Balki, ramazon oyi o`tganidan so`ng ularning ko`plarining namozlari ham "ketadi". Go`yo ular ramazon oyidagina ibodat qiladigan, boshqa paytlarda e`sa masjidlarga olib boradigan yo`lni yo`qotib qo`ygan kishilardek ko`rinadilar. Bunday holatdan Alloh saqlasin! Hatto ularning ba`zilari namozlarni butunlay o`qimay qo`yadilar, yoki masihiy (xristian)lar yakshanba, yahudiylar shanba kunlari ibodatxonaga kelganlaridek, juma kunigina masjidlarga keladilar!! Hoy Allohning bandasi, e`rtaga og`ir hisobga qolishdan avval, bugun o`zingni tekshirib ko`r!.. Ishlaringga boq, kamchiliklari bo`lsa bugun afsus qil, chunki, e`rtaga afsus foyda bermaydi. Barcha narsadan avval shuni unutmaki, Alloh sening qilgan ibodatingga muhtoj e`mas! Ibodatlar, Imom muslim "Sahih" nomli kitobda rivoyat qilganidek, biz uchundir va bizga ularning e`vaziga mukofotlar beriladi. Agar olgan mukofoti yaxshilik bo`lsa, banda Allohga hamd aytsin. Agar yomonlik bo`lsa, o`zidan boshqasini malomat qilmasin. Risolamizning so`nggida Alloh ta`oloning ushbu so`zlarini e`slatmoqchimiz: "Allohga qaytajagingiz, keyin e`sa har bir jon zulmlanmay qilgan narsalarining badalini oladigan kundan qo`rqinglar!". [Baqara:281]. Diqqat: Agar namoz o`qiyotgan bo`lsangiz ushbu risolani namoz o`qimayotgan kishilarga etkazing... Zero, "Yaxshilikka dalolat qilgan odam, uni qilgan kishi kabidir"... |