Пайшанба 21 Ноябрь 2024 | 19 Жумадул-аввал 1446 Ҳижрий-қамарий

асосий қисм

  • lotinchaga
  • +
  • -
  • |

Islom ruknlari

4498 марта кўрилган

"Ahlussunna val-jamoa" kutubxonasi "Tavhid risolalari" silsilasi (2)

Bismillahir rohmanir rohiym

Barcha olamlar robbisi bo`lgan Allohga hamdu sanolar, payg`ambarimizga, uning oilasi va sahobalari hamda qiyomat kuniga qadar ularga yaxshilik bilan e`rgashgan kishilarga salavot va salomlar bo`lsin.

So`ng ...

Islom dini asoslanadigan va kishi musulmon bo`ladigan asos va ruknlari: "La ilaha illalloh va Muhammadur rasululloh" (Allohdan o`zga haqiqiy iloh yo`q va Muhammad uning e`lchisidir)"- deb guvohlik berish, namozni to`kis ado e`tish, zakotni berish, ramazon oyi ro`zasini tutish va yo`liga qodir bo`lgan kishining Allohning uyini haj qilishidir.Musulmon Islomi va iymonini himoya qilish uchun ularni buzadigan kufr, shirk va munofiqlikning barcha turlaridan, dinga bid`atlar qo`shishdan, Allohning Kitobi va rasululloh sollalohu alayhi va sallamning sunnatlariga zid bo`lgan yangiliklardan uzoq bo`lishi kerak. Chinki, bu ishlar bandaning qilgan amallarini bekor qiladi. bundan tashqari iymonni buzadigan yoki uni qalbda zaiflatadigan katta gunohlarni ham qilmaslik kerak.

Shu sababdan ham ushbu risolani musulmon deb o`ylaganimiz kishilarga nasihat, Islom risolatini etkazish va tanitish uchun ta`lif etdik va Alloh ta`olodan barchamizni o`zining to`g`ri yo`liga yo`llashi va salaf solih bilan e`ng oliy maqomlarda birga jam qilishini so`raymiz. Omiyn.

Islomning ta`rifi

"Islom"ning lug`aviy ma`nosi: "bo`yinsunish", "itoat e`tish" va "taslim bo`lish" bo`lib, shar`iy ma`nosi: "Alloh ta`ologa tavhid bilan taslim bo`lish hamda itoat va shirkdan halos bo`lish bilan itoat e`tish", demakdir.

Islomning ruknlari

Islom ruknlari rasululloh sollalohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisga ko`ra beshtadir: ""La ilaha illalloh va Muhammadur-rasululloh" (Allohdan o`zga haqiqiy iloh yo`q va Muhammad Allohning e`lchisidir)"- deb guvohlik berish, namozni to`kis ado e`tish, zakotni berish, haj qilish va ramazon oyining ro`zasini tutish" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

Birinchi rukn: "La ilaha illalloh va Muhammadur-rasululloh" (Allohdan o`zga haqiqiy iloh yo`q va Muhammad Allohning e`lchisidir)"- deb guvohlik berish.

Bu guvohlik til va a`zlar bilan talaffuz qilingan qat`iy e`tiqoddir. Uning ma`nosi: "Allohdan o`zga haqiqiy ilho uo`q", demakdir. Bu guvohlik dinning negizi va birinchi asosidir. Barcha ta`limot va farzlar undan kelib chiqadi. U - kufr va Islom o`rtasini ajratadigan so`zdir. Shu guvohlik asosida Yer va Osmonlar barpo bo`ldi, barcha maxluqotlar yaratildi. Shu guvohlik bilan Alloh ta`olo payg`ambarlarni yubordi, kitoblarni indirdi va shariatni joriy qildi. Shu guvohlik sababli tarozular qurildi, nomalar yozildi, jannat va jahannam barpo bo`ldi. Ularning asosida savoblar hamda jazolar berildi. Uning uchun jihodlar qilindi. U - Allohning bandalar ustidagi haqqidir. U - Islom kalimasi va Islom diyorining kalitidir. U haqida avvalgilar va oxirgilar so`roqqa tutiladi. U - mustahkam arqon, Alloh huzuridagi ahd, kalimai toyyiba, o`zgarmas va haq so`z hamda hayot dasturidir. U va uning ahamiyati sababli rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makka shahrida mushriklarni da`vat e`tdilar, sahobalarini tarbiya qildilar. U kalimani ma`nolariga bog`lanib va talablariga amal qilib talaffuz qilgan kishi, muvahhidlar imomi Muhammad sollallohu alayhi va sallam xabar berganlaridek, jannatga kiradi: "Allohdan o`zga haqiqiy ma`bud yo`q e`kanini bila turib vafot e`tgan kishi jannatga kiradi" (Imom Muslim rivoyati).

La ilaha illalloh" - payg`ambarlar olib kelgan tavhid kalimasidir. Alloh ta`olo dedi: "Biz sizdan avval yuborganimiz barcha payg`ambarlarga: "Mendan o`zga haqiqiy ma`bud yo`q, mengagina ibodat qilinglar!"- deb vahiy qilganmiz" (Anbiyo: 25).

Payg`ambarlarning o`z xalqlariga qilgan birinchi xitoblari: "Allohgagina ibodat qilinglar! Sizlar uchun undan o`zga iloh yo`q" (jumlasi) bo`lgan e`di.

Muhammad Allohning e`lchisi" deb guvohlik berish, "La ilaha illalloh" deb berilgan guvohlikdan keyingi ikkinchi farzdir. U - rasululloh sollallohu alayhi va sallamga uning buyurgan narsalarida itoat e`tish, bergan xabarlarini tasdiqlash, ta`qiqlagan narsalaridan saqlanish, Alloh ta`ologa U olib kelgan va buyurgan narsalar bilan ibodat qilish bilangina ro`yobga chiqadi. Holbuki, Alloh ta`olo bizni Muhammad sollallohu alayhi va sallamga itoat e`tish va e`rgashishga buyurgan: "Allohga va payg`ambarga itoat e`tgan kishilar, ana o`shalar Alloh ne`matlar in`om e`tgan kishilar bilan birgadirlar" (Niso: 63).

Alloh ta`olo bizlarga rasululloh sollallohu alayhi va sallamga osiy va muxolif bo`lishni ta`qiqladi: "Alloh Allohga va Allohning rasuliga osiy bo`lgan hamda Allohning hududlaridan oshgan kishini mangu qoladigan jahannamga kiritadi. Unga xo`rlovchi azob bordir" (Niso: 14).

Alloh ta`olo rasululloh sollallohu alayhi va sallamga e`rgashishni Allohga bo`lgan muhabbatning belgisi qilib qo`ydi: "Ayting: "Allohni sevsangiz menga e`rgashingiz, Alloh sizlrani sevadi va gunohlaringizni kechiradi. Alloh kechiruvchi va rahmli zotdir"" (Oli Imron: 31).

Hurmatli o`quvchi, "La ilaha allalloh va Muhammadur-rasululloh"- deb guvohlik berishning ettita sharti bordir. Ular quyidagilardir: ushbu shahodat kalimalarining ma`nolarini bilish, shakka zid bo`lgan ishonch, shahodat kalimalarini rad e`tishga zid bo`lgan qabul, yolgʻonning ziddi boʻlgan rostgoʻylik, itoatsizlikning ziddi boʻlgan boʻysunish, Alloh ta`olo uchun ixlos va shu kalimalarga bo`lgan muhabbat.

Bu shartlardan maqsad, faqatgina shahodat kalimalarini talaffuz qilish e`mas, balki, ma`nolarga bog`lanish va talabga amal qilishdir. Chunki, shahodat kalimalari amallarning sog`lomligi va qabul bo`lishining asosidir. Amalning sog`lomligi va qabuli Alloh ta`ologa bo`lgan ixlos va rasululloh sollalohu alayhi va sallamga e`rgashish bilan bo`ladi. Allohga bo`lgan ixlos bilan "La ilaha illalloh" deb guvohlik berish, rasululloh sollalohu alayhi va sallamga e`rgashish bilan e`sa "Muhannadur-rasululloh" deb guvohlik berish ro`yobga chiqadi.

Musulmnon do`stim, bilingki, shahodat kalimalarini ma`nolariga bog`lanib, talablariga amal qilib talaffuz qilgan kishi, rasululloh sollallohu alayhi va sallam xabar berganlaridek, jannatga kiradi: "Men Allohdan o`zga (haqiqiy) ma`bud yo`q va Muhammad Allohning e`lchisidir"- deb guvohlik beraman. Shu ikki kalima bilan, ularga shubha qilmay, Allohga duch kelgan banda jannatga kiradi" (Imom Muslim rivoyati);

Allohdan o`zga (haqiqiy) iloh yo`q va Muhammad uning e`lchisidir"- deb guvohlik bergan kishiga Alloh jahannamni harom qildi" (Imom Muslim rivoyati.

Odamlar boshqa narsalarda e`mas, jannatga kirish va jahannamga kirmaslik uchun bir-birlari bilan musobaqa qilsinlar!

Ikkinchi rukn: Namoz.

Namoz o`ziga xos shartlari, ruknlari, farzlari va sunnatlari bo`lgan ibodat bo`lib, musulmohga bir kecha va kunduzda besh vaqt o`qish farzdir.

Namozning kaliti - badan, kiyim va namoz o`qiladigan joyning pokligi hamda hadas (tahoratni buzadugan narsalar) dan tozalanishdir. Namozning dunyo ishlarini harom qilishi takbir bilandir. Namozda xushu` va qalbning hushyorligi farzdir. Namoz badanning pokligi bilan boshlanib, ryh va nafsning tozalanishi bilan tugaydi. Uni haqqi bilan ado e`tgan kishiga Allohning jannatga kiritish ahdi bordir. Namozni ado e`tmaganlar uchun Allohning jannatga kiritish ahdi yo`qdir. Namoz - bandaning qiyomat kunida birinchi bo`lib so`raladigan narsasidir. Agar uning namozi durust bo`lsa, boshqa amallari ham durust, agar namozi durust bo`lmasa, boshqa amallari ham durust bo`lmaydi. Namoz dunyodagi oxirgi nafaslarini olar e`kanlar, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oxirgi vasiyatlari bo`lgan e`di: "Namozga, namozga va qo`l ostingizdagi kishilarga diqqat e`ting!" (Imom Termiziy rivoyati, sahih hadis).

Alloh ta`olo bizlarni namozlarni o`z vaqtlarida ado e`tishimizga buyurdi: "Namozlarini, o`rta namoz (asr namozi) ni o`z vaqtida ado e`tinglar va Alloh uchun umid bilan turinglar!" (Baqara: 238).

Alloh ta`olo namozlarni zoe qilishdan ogohlantirdi: "Har bir jon o`zi qilgan ishlarga garovga qo`yilgan. Faqatgina, o`ng taraf sohiblari bundan mustasnodir. Ular jannatlarda gunohkorlardan: "Sizlarni jahannamga nima olib keldi?"- deb so`raydilar. Gunohkorlar: "Biz namoz o`qimas e`dik"- deb javob berdilar" (Muddassir: 38 - 43).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Kishi bilan shirk va kufr o`rtasida namozni tark qilish bordir" (Imom Muslim rivoyati);

Biz bilan u (mushrik) lar o`rtasidagi ahd - namozdir. Kim namozni tark et`sa kofir bo`libdi" (Imom Nisoiy, sahih hadis).

Alloh ta`olo namozlarni o`z vaqtidan kechiktirmay, jamoat bilan o`qishga rag`batlantirdi: "Namozlariga e`tiborsiz bo`lgan namozxonlarning hollariga voylar bo`lsin!". Namozlariga e`tiborsiz bo`lganlar namozlarini o`z vaqtida ado e`tmaganlardir.

Abdulluoh ibn Mas`ud raziyallohu anhu dedi: "Men rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: "Allohga e`ng sevimli bo`lgan amal qaysi amaldir?"- deb so`radim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "(Belgilangan) vaqtida o`qilgan namoz"- deb javob berdilar" (Muttafaqun alayh).

Har bir musulmon u hoh imom, hoh miqtadiy va hoh yolg`iz bo`lsin, o`qiyotgan namozida rasululloh sollallohu alayhi va sallamning namozdagi holatlariga rioya qilishi kerak. Zero, rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Mening namoz o`qiganimni ko`rganingizdek namoz o`qingiz!"- deb amr qildilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Biz yuqorida namoz xususida keltirgan xabarlar qalbi bo`lib, Alloh ta`olo qalbini munavvar qilgan va quloq solgan kishilar uchun etarlidir.

Namozning samaralaridan ba`zilari: yurakning kengligi, quvonch, fahsh va gunoh ishlardan uzoq va Alloh ta`olo bilan doimiy aloqada bo`lish.

Uchunchi rukn: Zakot.

Zakot moliyaviy ibodat bo`lib, badavlat odamlarning boyliklaridan olinib, kambag`allarning e`htiyojlari uchun sarf e`tiladi.

Zakot, shariatda boylik uchun belgilangan miqdorga to`la bir yil o`tganidan so`ng, badavlat odam tomonidan olingan yer hosillaridan, yoki asliga bog`langan hayvon bolalari, yoki savdo foydalari (agar haqiqiy sarmoyasidan to`la bir yil o`tgan bo`lsa) kabi boyliklardan chiqarilishi farz bo`lgan sadaqadir.

Zakot to`rt turdagi boylikdan chiqarilishi farzdir:

- tuya, mol va qo`y kabi chorva hayvonlaridan;

- yerdan chiqqan meva va donlar, ma`dan va konlardan;

- o`z qiymatini yo`qotmaydigan oltin va kimishdan yoki ismlari farqli bo`lsada, muomalada ishlatilayotgan pullardan;

- foyda olish uchun hozirlangan tijorat mollaridan. Bulardan turi qanday bo`lsada, qirqdan biri zakot qilib chiqariladi.

Ko`plab odamlar Islomning ushbu buyuk rukniga baxilliklari, qizg`anishlari va shar`iy bo`lmagan yerlarga sarf e`tishlari yoki boyliklarining kamayishidan qo`rqib, e`tiborsizlik qiladilar. Holbuki, musulmonlar zakotning farz e`kaniga qat`iy qaror qilganlar. Shuning uchun ham, buni bila turib uning farz e`kanini inkor e`tganlar, garchi namoz o`qisalarda, ro`za tutsalarda, Alloh saqlasin, Islom millatidan chiqqan kofir bo`ladilar. Zakotni berishda baxillik qilib, belgilangan miqdordan oz bergan odam jazo va sazoga loyiq zolim bo`ladi.

Alloh ta`olo Qur`on Karimning ko`p yerida namozni zakotga bog`lab zikr qildi. Alloh ta`olo dedi: "Namozni to`kis ado e`tinglar va zakotni beringlar..." (Baqara: 110).

Zakotni ado e`tish mo`minlarning sifatlaridan biridir. Alloh ta`olo mo`minlarni sifatlar e`kan shunday dedi: "... zakotni beradilar" (Mo`minuvn: 4).

Zakotni bermaslik mushriklarning sifatlaridan biridir. Alloh ta`olo dedi: "Zakotni bermaydigan mushriklarning hollariga voylar bo`lsin" (Fussilat: 7).

Zakotni bermaganlarga qarshi Abu Bakr raziyallohu anhu kabi urush ochiladi. Abu Bakr raziyallohu anhu: "Namoz va zakot o`rtasini ajratgan kishilarga qarshi jang qilaman"- deb aytgan e`di.

Zakot berishning samaralaridan ba`zilari: nafsni baxillik kabi razil xulqdan tozalash, molni poklash va musulmonlar e`htiyojini qondirish.

To`rtinchi rukn: Ramazon ro`zasini tutish.

Ramazon ro`zasini tutish ramazon oyida e`rta tongdan to Quyosh botguniga qadar yeyish, ichish va jinsiy aloqadan Alloh ta`oloning roziligi uchun tiyilish bilan Alloh ta`ologa qullikni bajo keltirishdir. Ramazon ro`zasi balog`at yoshiga etgan, aqlli, ro`za tutishga qudrati etadigan va o`z turar-joyida bo`lgan musulmno uchun farzdir. Uning farzligi haqida Alloh ta`olo dedi: "Hoy mo`minlar, sixlarga sixl;ardan avvalgilarga farz qilinganidek ro`za tutish farz qilindi. shoyad taqvoli bo`lsangizlar" (Baqara: 183).

Alloh ta`olo amallar ichidan ro`zani o`zi uchun tanlab oldi. Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam xabar bergan hadis qudsiyda Alloh ta`olo dedi: "Roza men uchundir va men uning uchun mukofot beraman..." (Imom Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ko`plab hadislarida ro`za tutishga rag`batlantirdilar: "Ro`za qalqondir (ya`ni jahannam olovidan);

Ramazon ro`zasini iymon bilan savob umidida tutgan kishining o`tgan gunohlari kechiriladi" (Muttafaqun alayh).

Ramazon oyida hidoyat va hidoyat belgilari qilib Qur`on Karim indirildi. Ramazon oyida tarovih namozlarini o`qish sunnatdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Ramazon (oyining kechalari) ni iymon bilan va savob umidida bedor o`tkazgan kishining o`tgan gunohlari kechiriladi" (Imom Buxoriy rivoyati).

Ramazon oyining oxirgi o`n kunida masjidlarda e`tikof o`tirish sunnatdir.

Ramazon oyida ming oylik ibodatdan ko`ra yaxshiroq bo`lgan qadr kechasi bordir. U kechada samo e`shiklari ochiladi va duolar ijobat bo`ladi.

Ramazon ro`zasining samaralaridan ba`zilari: Allohni rozi qilish uchun muboh (ryxsatli) narsalardan tiyish hamda tarbiyalash va toat-ibodat va sabr qilishga o`rgatish.

Beshinchi rukn: Ka`batullohni haj qilish.

Haj muayyan an`analarni ado e`tish uchun ka`batullhoni qasd qilishdir. haj balog`at yoshiga etgan, aqlli va hur bo`lgan barcha musulmon e`rkak va ayollarag hayoti davomida bir marta farzdir. haj haj safariga etarli boyligi bo`lgan va sog`lom musulmonlar uchun farzdir. Alloh ta`olo dedi: "Allohning odamlar ustida yo`liga qodir bo`lgan kishilar uchun haj qilish haqqi bordir" (Oli Imron: 97).

Haj qilmoqchi bo`lgan kishida uchta narsa bo`lishi kerak: sog`liq, yo`l xavfsizligi va (hajga borish) uchun etarli mablag`. Tabiiyki, bu mablag` uning oilasi va borish-kelish chiqimlaridan ortiqcha bo`lishi kerak. Xotin kishi uchun boshqa bir shart ham bor. U - uning mahramining safarda hamroh bo`lishidir.

Hajning farzligini inkor e`tgan kishi musulmonlar ijmo`si bilan kofir bo`ladi.

Rasululloh sollalohu alayhi va sallamning: "Haj qilmoqchi bo`lgan odam shoshilsin"(Abu Dovud rivoyati)- deb aytgan so`zlariga binoan haj qilish uchun shoshilish kerak.

Xususan, haj qilishi farz bo`lagn odam kambag`allik, kasallik yoki o`lim kelishidan avval imkoniyatlarni boy bermay, haj qilish uchun shoshilishi kerak. Haj va umra qilish uchun ajratilgan mablag` halol bo`lishi kerak. Chunki, Alloh ta`olo pokdir va pok narsanigina qabul qiladi.

Hajning katta savoblari bor. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam dedilar: "Umra umraga qadar o`rtalaridagi (gunohlarga) kafforotdir. Mabrur (xatolari bo`lmagan) hajning mukofoti jannatdir" (Muttafaqun alayh).

Odam haj va umrani hayoti davomida bir marta qilishi farzdir. Imkoniyati bo`lgan kishilar uchun boshqa qilish ixtiyorlidir.

Hajning samaralaridan: nafsni Alloh ta`olo yo`lida moliyaviy va jismoniy kuchlarni sarf e`tishga chiniqtirish.

So`ng...

Musulmon do`stim, bilingki, islom ruknlarini bilish va ularga amal qilish jannatga kirish va jahannamdan qutulishning e`ng muhim sabablaridan biridir.

Alloh ta`olodan ushbu risolani musulmonlar uchun foydali va ularning hidoyatlanishlariga sabab qilishini hamda o`zining yuzi uchun xolis qabul qilishini so`raymiz. U bunga qodirdir.