Пайшанба 2 Май 2024 | 23 Шаввол 1445 Ҳижрий-қамарий

асосий қисм

  • lotinchaga
  • +
  • -
  • |

Shayton

4180 марта кўрилган

"Ahlussunna val-jamoa" kutubxonasi
Musulmon do`stim, dushmaningizni bilasizmi?

Bismillahir rohmanir rohiym

Allohga hamdlar, rasululloh, uning oilasi, sahobalari va uni do`st tutgan barcha kishilarga salavot va salomlar bo`lsin.

So`ng ...

Shayton va inson qissasi Odam alayhissolatu vassalom bilan boshlandi va qiyomat kuniga qadar davom e`tadi. Bu qissa - otamiz Odam alayhissolatu vassalom bilan boshlangan, uning vafotidan so`ng e`sa zurriyotiga qarshi davom e`tgan kuchli adovatdir. Alloh va uning rasuli Muhammad sollallohu alayhi va sallam bizlarni Shayton va Shaytonning bizlarga qarshi adovatidan ogohlantirdilar hamda uning tuzoqlari va makrlariga tushib qolishdan qo`r`itdilar. Alloh ta`olo dedi: "Shayton sizlarga kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi. Alloh e`sa sizlarga o`zi tarafidan mag`firat va marhamatni va`da qiladi. Alloh karami keng va bilguvchi zotdir"; (Baqara: 268)

"Hoy mo`minlar, barchangiz tinchlikka kiringiz va Shaytonning rejalariga e`rgashmangiz. Shayton sizlarning ochiq dushmanlaringizdir"; (Baqara: 108)

"... Shayton misoliga o`xshaydi. Shayton insonga: "Kofir bo`l!" deydi va u kofir bo`lganidan so`ng: "Men sendan bezorman. Men barcha olamlar robbisi bo`lgan Allohdan qo`rqaman" deydi". (Hashr: 16)

Musulmon do`stim, biz ushbu nomada sizga Shaytonning umumiy ta`rifini: uning sifatlari, tuzoqlari, hiylalari va insonga qanday g`olib bo`lishini Allohning kitobi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridan iqtibos qilib bayon qilmoqchimiz. Toki barchamiz Shaytondan saqlanish va unga g`olib bo`lish yo`lini olaylik.

Alloh ta`olodan, ushbu noma bilan musulmonlarga, o`zlarining solih ajdodlari sahobalar, tobiinlar va ularga qiyomat kuniga qadar e`rgashgan barcha kimsalarning yo`liga, Allohning quyidagi so`zlariga muvofiq tarzda qaytishlarida, manfaatli qilishini so`raymiz. Alloh ta`olo dedi: "Sizlar xalqlar uchun chiqarilgan, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan va Allohga iymon keltiradigan xayrli millat bo`ldingiz". (Oli Imron: 110)

Shayton hujumkor dushmandir.

Shayton o`zining yaralishidagi yomonligi, kibri va insonga bo`lgan adovatidan kelib chiqqan shafqatsiz urushni e`lon qildi va urush uchun Alloh ta`olodan izn oldi. Alloh ta`olo, o`zi bilgan hikmat uchun, unga ruxsat berdi. Shayton o`zining va`dalarini ijro e`tib, Allohning bandalarini xo`rlay boshladi. Alloh ta`olo dedi: "(Shayton): "Robbim, menga qiyomat kuniga qadar muhlat ber" dedi. (Alloh): "Senga belgilangan kunga qadar muhlat berildi" dedi. (Shayton): "Robbim, meni adashtirganing uchun u (banda)larga Yer yuzida (ko`p narsalarni) ziynatli qilib k`orsataman va ularning barchasini adashtiraman" dedi". (Hijr: 36 - 39)

Shayton mutakabbirdir.

Alloh ta`olo dedi: "(Biz) farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" dedik. Ular sajda qildilar. Faqat, Iblis (sajda qilishdan) bosh tortdi va kibr qildi". (Baqara: 34)

Shayton kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi.

Alloh ta`olo dedi: "Shayton sizlarga kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi". (Baqara: 268)

Shayton Alloh haqida bilimsiz so`zlarni aytish va bahs qilishni qo`zg`aydi.

Alloh ta`olo dedi: "Odamlarning ba`zilari Alloh haqida bilimsiz bahs qiladi va adshtiruvchi Shaytonga e`rgashadi". (Haj: 3)

Shayton mo`minlar o`rtasida adovatni qo`zg`aydi.

Alloh ta`olo dedi: "Bandalarimga ayting: "Chiroyli so`zlarni so`zlasinlar. Chunki, Shayton ular (o`rtasidagi muhabbatni) tortib oladi. Darhaqiqat, Shayton insonning dushmanidir". (Isro`: 27)

Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: "Shayton (Arab) yarim orol(i)da o`ziga namozxonlar ibodat qilishlaridan noumid bo`ldi. Faqat, ular o`rtasida adovat qo`zg`ashdan noumid bo`lmadi"- dedilar. (Imom Muslim rivoyati)

Shayton isrof qiluvchi kimsalar bilan birgadir.

Alloh ta`olo dedi: "Isrof qiluvchi kimsalar Shayton bilan birgadirlar". (Isro`: 27)

Barcha narsada isrofga yo`l qo`ygan kimsadan Shayton ajramaydi.

Shayton narsalarni o`z nomidan boshqa nomlar bilan nomlaydi.

Alloh ta`olo u haqida shunday dedi: "(Shayton): "Hoy Odam, men senga abadiylik daraxti va bitmas-tuganmas boylikni ko`rsataymi?" dedi". (To-ha: 12)

Shayton (Odam alayhissolatu vassalomning yaqinlashishi) ta`qiqlangan daraxtni "Abadiylik daraxti" deb aytdi. Aslida e`sa u daraxtning nomi boshqa e`di.

Shaytonning Qur`oni - qo`shiq (ashula) dir.

Alloh ta`olo dedi: "Ovozing bilan o`zing hohlagan kimsani tebrantir". (Isro`: 64)

Shubhasiz, Shaytonning tovushi - qo`shiqdir. Shaytonning qurollari - cholg`u asboblaridir. Shayton ular bilan qancha-qancha odamlarga hiylalar qildi. Allohning o`zi bizga yordam bersin!

Shayton Allohning yaratgan narsalarini o`zgartishga buyuradi.

Alloh ta`olo dedi: " Albatta, men ularga buyruq beraman va ular albatta, Allohning yaratgan narsalarini o`zgartadilar". (Niso: 119)

Shayton chap qo`li bilan yeydi, chap qo`li bilan ichadi, chap qo`li bilan oladi va chap qo`li bilan uzatadi.

Rasululloh sollalohu alayhi va sallam dedilar: "Sizlarning biringiz o`ng qo`li bilan yesin, o`ng qo`li bilan ichsin, o`ng qo`li bilan olsin va o`ng qo`li bilan uzatsin (bersin). Chunki, Shayton chap qo`li bilan yeydi, chap qo`li bilan ichadi, chap qo`li bilan uzatadi (beradi) va chap qo`li bilan oladi". (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)

Shayton namozlarni jamoat bilan o`qimaydigan kishilarga hokim bo`lib oladi.

Rasululloh solallohu alauhi va sallam dedilar: "Sahro yoki qishloqda bo`lgan uch kishi namozni o`rtalarida to`kis ado e`tmas e`kanlar, Shayton ularga hokim bo`lib oladi. Bas, jamoatni lozim tutinglar! Chunki, bo`ri ham chetda qo`lgan qo`yni yeydi". (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)

Shayton namoz o`qiyotgan kishining yoniga keladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Shayton sizlardan biringiz namoz o`qiyotgan paytda kelib, vasvasa qiladi va u qancha namoz o`qiganini bilmay qoladi. Qaysi biringiz shu holatda qolsa o`tirgan holatida, salom berishdan avval, ikki sajda qilsin va salom bersin". (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)

Shayton namozxonlarning namozdagi saflarida bo`sh qolgan bo`shliqlarga kirib oladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Saflarni tekis qilinglar. Chunki, sizlar farishtalarning saflari bilan safga tizilasizlar. Elkalarni bir-biriga tekkizinglar, oraliqlarni to`ldiringlar. Shayton uchun bo`sh yerni qo`ymanglar. safga etishgan kishiga Alloh etishadi. Safni uzgan kishini Alloh azza va jalla uzadi". (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)

Shayton aka-ukalarning qalblarida bir-birlariga bo`lgan nafratni qo`zg`aydi.

Yusuf alayhissolatu vassalomga bo`lgan akalarning adovati kabi. Alloh ta`olo Yusuf alayhissolatu vassalomning tilidan shunday dedi: "Shayton men bilan og`alarim o`rtasida vasvasa qilganidan so`ng...". (Yusuf: 10)

Shayton tushungizda siz yoqtirmagan narsalarni ko`rsatadi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Biringiz o`zi sevgan tushni ko`rsa, Allohga hamdlar aytsin va bu tushni so`zlab bersin. Agar bundan boshqa, o`zi yoqtirmagan tushni ko`rsa, bu tush Shaytondandir". (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari, sahih hadis)

Shayton uyqudagi odamning boshiga uchta tugun tugib qo`yadi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Shayton sizlardan biringizning boshiga, uxlagan paytida, uchta tugun tugib qo`yadi. Har bir tugunga e`sa: "sening ustingda uzoq kecha bor"- deb dam dam soladi. U agar uyg`onib Allohni yod qilsa, bitta tugun yechiladi. Tahorat qilsa, ikki tugun yechiladi. Namoz o`qisa, barcha tugunlar yechiladi va u faol, qalbi toza holatida tong ottiradi. Bo`lmasa, yalqov va qalbi buzuq holatida tong ottiradi". (Imom Muslim rivoyati)

Shayton jamoatdan uzoq bo`ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Sizlardan biringiz jannat kengliklarini hohlasa, jamoatni lozim tutsin. Chunki, Shayton yakka qolgan kishi bilan birgadir va ikki kishidan uzoqdir". (Imom Termiziy rivoyati, sahih hadis)

Xilvatda yolg`iz qolgan e`rkak va ayolning uchunchisi - Shaytondir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "(Bir) e`rkak (mahrami bo`lmagan) ayol bilan xilvatda yolg`iz qolmasin. Chunki, ularning uchunchisi Shaytondir". (Ibn Mojja rivoyati, sahih hadis)

So`ng ...

Iymonli do`stim, shuni unutmanki, banda Shaytonga itoat e`tar va Alloh ta`ologa sherik qilar e`kan, Alloh ta`olo Shaytongauning ustidan hukm yuritish haqqini beradi. Shuning uchun ham, yaxshilik topgan kishi Allohga hamdlar aytsin. Yomonlik topgan kishi e`sa, o`zidan boshqani malomat qilmasin.

Alloh ta`olo payg`ambarimiz, uning oilasi va sahobalariga salavot va salomlar yo`llasin!