Ислом Нури

 

Араб тилини ўрганамиз

 

  Muallim soniy dasturidan foydalanish tartibi

Bismillah vassolatu vassalamu ala rasulillah.

Hurmatli foydalanuvchi, "Muallim soniy" dasturini internetdan tushirib olganingizdan so'ng, uni "Winrar" dasturi ko'magida siqilgan holatda topasiz. Uni komputeringizning biron joyiga bo'shating. (Buning uchun tushirilgan rar file ustiga sichqon ko'rsatkichini qo'ying keyin sichqonning o'ng tomonini bir bosing - Agar sizda Winrar dasturi mavjud bo'lsa,- qator buyruqlar chiqadi, shular orasidan aksar holatda ikkinchi o'rinda keladigan (boshqacha bo'lishi ham mumkin) "Shu yerga bo'shat" manosidagi buyruqni bosing, osha joyda "Muallim thani" nomli papka paydo bo'ladi. Papkani ochib, uning ichidagi "Projeckt1" nomli filedan ko'chirma olib uni "Ish stoli ustiga" yopishtirib qo'ying.

Dasturni ishlatmoqchi bo'lsangiz ana shu surat (Projeckt1) ni ikki bor ketma-ket cherting. Dastur "Bismillah" bilan boshlanadi keyin bosh sahifa ochiladi, kitoblar orasidan "Ikkinchi muallim" nomli kitobni sichqoncha ko'rsatkichi bilan cherting. Dastur ishga tushganida mundarija sifatidagi bet ochiladi. Uning pastki qismida kitob betlarining raqamlari mavjud, osha raqamlar orqali kitobni varaqlashingiz mumkin. Qaysi so'zning o'qilishini tinglamoqchi bo'lsangiz ustiga bir bor cherting.

Alloh foydali ilm bersin, Qur'on tilovatiga bo'lgan birinchi qadamlaringizni muborak qilsin.

Ushbu ishni kamoliga yetkazishda, uni siz azizlarga taqdim qilishda o'z hissalarini qo'shgan musulmon birodarlaringizning haqlariga g'oibona yaxshi duolar qilishni yodingizdan chiqarmang.

So'zimiz oxirida dasturdagi ba'zi tehnik hatolar uchun uzr so'raymiz. Ular juda oz, yaqin kunlarda tuzatib qo'yishga harakat qilamiz.  www.islamnuri.com  web sahifasi xodimlari. Islom Nuri 2000-2008

 

 
 

 

 ЮқоригаÎ