Жума 29 Март 2024 | 19 Рамазон 1445 Ҳижрий-қамарий

асосий қисм

  • lotinchaga
  • +
  • -
  • |

Oxirat kuniga iymon keltirish va uning musulmon hayotiga ta'siri

3889 марта кўрилган

"Ahlussunna val-jamoa" kutubxonasi "Avlodlar tarbiyasi" silsilasi (2)

Bismillahir rohmanir rohiym

Barcha maqtovlar Allohgagina xosdir. Biz unga hamdu istig`forlar aytib, tavba qilamiz hmiz va amallarimizning yomonliklaridan panoh so`raymiz. Alloh hidoyat qilgan kimsani adashtiruvchi, adashtirgan kimsani hidoyatlovchi zot yo`qdir. Va men Allohdan o`zga haqiqiy iloh yo`q va Muhammad uning bandasi va payg`ambari deb guvonlik beraman.

So`ng ...

Musulmon og`am va muslima singlim, ushbu risola siz uchun sovg`a bo`lib, shoyad oxiratni e`slatsa...

Men sizdan ushbu risolani o`qib bo`1lganinggizdan so`ng, rasulullloh sollallohu alayhi va sallamning: "Yaxshilikka dalolat qilgan kishi, uni qilgan kishi kabidir" ("Sahihul-Jome`: 3399)- deb aytgan so`zlariga amal qilib, boshqalarga ham etkazishingiz hamda "boyliklar va farzandlar foyda bermaydigan, faqatgina, Allohga salomat qalb bilan kelgan kishigagina foyda beradigan kun" (Shuaro: 88, 89) dan ogihlantirishingizni so`rayman.

Oxirat kuniga iymon keltirish va uning musulmon hayotiga ta`siri

Alloh ta`olo dedi: "Bu haqiqiy kundir. Kim hohlasa robbisi tomon yo`l olsin" (Naba`: 39).

Oxirat kuni - banda hayotidagi e`ng xatarli kunlardan biridir. U kun bandaning o`lgan lahzasidan to jannat yoki jahannamdagi yeriga kirguniga qadar bo`lgan hodisalarni o`z ichiga oladi.

Alloh yo`lidagi do`stimiz, biz ushbu risolada oxirat kunining bosqichlarini qisqacha bayon qilmoqchimiz. Shoyad ushbu risola bizlarni g`aflatdan uyg`otsa va ushbu dahshatli kun uchun solih amallar bilan hozirlik ko`rsak, bu dunyomizda u dahshatli soatlarda foyda beradigan amallar bilan ta`minlansak. Bundan tashqari, bu iymonning o`zimizga bergan ta`sirlarini ko`rsatsak: bu ta`sirlar bizda bo`ladimi yoki yo`qmi? Agar bo`lsa, Allohga hamdu sanolar bo`lsin. Agar bo`lmasa, uni vujudga keltirish uchun tirishaylik... Alloh yordam beruvchi zotdir.

Oxirat kuniga iymon keltirishning samaralari

Oxirat kuniga iymon keltirishning barchaga ma`lum bo`lgan samaralari bor:

1. Shirirn hayot.

Oramizdagi oxirat kuniga ishongan kimsaning Allohga itoat qilish uchun harakat qilishi, unga yo`nalishi, gunoh va qabohatlardan uzoqlashishi hamda baxtiyor hayot kechirishida hech kimning shubhasi yo`qdir. Shoir dedi:

Boylikni jamlash saodat e`mas

Hech kim taqvodordek baxtli yashamas.

2. Amal va so`zlarga diqqatli bo`lish.

Sodir bo`lgan barcha narsasi uchun javob berajagini his e`tgan va oxirat kuniga iymon keltirgan kishining o`z so`zlari va amallariga diqqat e`tishi, shubhasizdir. Shuning uchun ham, u doimo to`g`ri bo`lgan ishni qilib, to`g`ri bo`lgan so`zni so`zlaydi.

3. Solih amallarni ko`p qilish.

U dahshatli kunda bo`ladigan hlatlarni hamda o`zini solih amallargina qutqarishini bilgan odam, namoz, sadaqa, ro`za, "amrul-ma`ruf" (yaxshilikka buyuyrish), "nahyul-munkar" (yomonlikdan qaytarish) va odamlarga faqatgina yaxshilik qilish kabi ibodatlarga shoshiladi.

4. Oxiratni dunyo ustiga afzal ko`rish.

Shubhasiz, Alloh ta`1oloning mo`minlar uchun hozirlab qo`ygan tuganmas ne`matlari va kofirlar uchun tayyorlab qo`ygan davomiy azoblarini bilgan odam, bu dunyoni haqir deb hisoblaydi. Uning muvaqqat diyor e`kanini biladi-da, dunyoda zohid bo`ladi. Dunyo sababli qayg`u va alamlarga berilmaydi. Balki, oxiratga shoshiladi. Sero, oxiratgina ishlash, qiynalish va harakatlarni sarf e`tishga loyiqdir.. Aloh barchamizga yordamchi bo`lsin!

O`lim

O`lim ajratuvchi bosqichdir. U - oxirat kunining boshlanish nuqtasidir. Uning kelishi muqarrardir. har bir inson o`ladi. Alloh ta`olo dedi: "Barcha jon o`lim (sharobi) ni ichguvchidir".

Boshqacha so`z bilan aytsak, o`lim - rafiqa, farzand, boylik, obro` hamda hayotning barcha ko`rinishlaridan ajralish, demakdir. Inson o`limi oldidan farishtalarni ko`radi. U agar iymonli bo`lsa, farishtalar unga yaxshilikdan, kofir bo`lsa yomonlikdan bashorat beradilar (Alloh saqlasin). Uning ruhi halqumiga etganida oldida tavba e`shiklari bekiladi. Uning qilgan amallari so`nggisi bilan xotimalanadi: yaxshi bo`lsa yaxshi, yomon bo`lsa yomon deb.

Mo`minning o`limni doimo e`slab yurishi foydalidir. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam dedilar: "Lazzatlarni kesuvchi o`limni e`slanglar!" (Sahihul-Jome`": 1210).

Vafot e`tgan kishining qiyomati qoim bo`ladi.

Qabr

Odamni qabri - tor chuqurga qo`yilib, ustidan tuproqlar tortilib, oilasi va boyliklari ortlariga qaytib ketganlaridan so`ng barzax-qabr hayoti boshlanadi. U yerda amal qilish yo`q. U yerda imtihon, fitnalar, ne`matlar yoki azoblar bor. Farishtalar o`likni o`tqazib, uning robbisi, dini va payg`ambari haqida so`roqqa tutadilar. Alloh ta`olo mo`minni sobitqadam qiladi va to`g`ri javobga ilhomlantiradi. Kofir e`sa, garchi bu dunyoda bilgan bo`lsada, berilgan savollalrga javob bera olmaydi. Mo`min qabrida baxtiyor bo`lib, jannatdagi yerini ko`radi. Kofir e`sa, jahannamdagi yerini ko`radi. Uning qabri torayadi va qovurg`alari bi-birlariga kirishadi. Uning qabri jahannam chuqurlaridan biri bo`lib qoladi.

Qayta tirilish va to`planish

Surga birinchi marta dam urilgan payt Yer yuzidagi barcha maxluq hushidan ketib, o`ladi. Keyin ikkinchi marta surga dam uriladi. Bu qayta tirilish dam urishidir. U paytda odamlar qabrlaridan turib, poyafzalsiz yalangoyoq, kiyimsim yalang`och holatlarida chiqib keladilar. Ularning vaziyatning dahshatidan bir-birlariga qaramaydilar. Keyin odamlarni to`planish yeri - mahshargohga haydab boriladi. Har bir odam o`zi haqida o`ylaydi, boshqalar haqida o`ylash uning xayoliga kelmaydi. Alloh ta`olo dedi: "Kishi og`asi, onasi, otasi, rafiqasi va farzandlaridanm qochgan kun.. U kunda har bir odamning boshqasi haqida o`ylashga imkon bermaydigan ishi bo`ladi" (Abasa: 34, 37).

Oftob odamlarga yaqin qilinadi. Terlar quyiladi. Allohning soyasida qolgan, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning havzlaridan suv ichgan sadoqatli mo`minlardan (Alloh bizlarni ham ularning jumlasidan qilsin!) boshqa barcha qayg`u va musibat lahzalarini boshidan kechiradi.

Hisob

Bandalarning qilgan amallarining hisoboti uchun to`planiladigan yer - mavqifda turish vaqti cho`ziladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hisobot boshlanishi uchun Alloh ta`ologa yalinib yolboradilar. Alloh ta`olo u zotning yolborishlarini inobatga olib, hisobotning boshlanishiga izn beradi. Har bir kishi bu dunyoda qilgan katta va kichik barcha ishlarini aniq ko`radi. Chunki, uning barcha ishlari Allohga ma`lum e`di. Alloh ta`olo dedi: "Ular: "Holimizga voylar bo`lsin, bu kitob katta va kichik barcha narsani hisoblab qo`yibdiku!"- deydilar. Ular qilgan ishlarini hozir ko`radilar. Robbingiz biror kishiga zulm qiluvchi e`mas" (Kahf: 49).

Demak, har birimiz qilgan amallarimizni ko`ramiz va ular uchun hisobot beramiz. Biz namoz, zakot va ro`zalardagi nuqsonlarimiz, qilgan gunohlarimiz, boyliklarimizni qayerdan topib, qayerga sarf e`tganimiz, umrimizni, xususan, yoshlagimizni qanday o`tkazganimiz, bilimimiz va guvohliklarimizni yaxshilik va yomonlik uchun qo`llaganimizni ko`ramiz va uning uchun hisobot beramiz. Bu hisobot uchun javoblar, bo`lganda ham to`g`ri javoblar tayyorlash uchun hozirlik ko`raylik!

U kunda mo`minlarning yuzlari to`lin oy kabi nurafshon, gunohkorlarning yuzlari e`sa zulmatli kechaning bir parchasi kabi tim qora bo`ladi. Alloh ta`olo dedi: "U kunda yuzlar nurafshon bo`lib, yaxshilikdan bashorat beradi. Va u kunda yuzlar g`uborli bo`lib, ........... Ular fojir kofirlardir" (Abasa: 42).

Jannat

Hisobot tugaganidan so`ng, jahannam ustiga Sirot ko`prigi quriladi. Odamlar Sirot ko`prigi ustidan o`ta boshlaydilar. Mo`minlar tezlik bilan xotirjam va salomat o`tadilar. Undan so`ng jannat tomon yo`naladilar. Jannat nima e`kanini bilasizmi? Jannat haqiqiy va mangu ne`mat, demakdir. Jannatga kirganlar lazzatli va quvonchli bo`lgan narsalarni ko`radilar. Biz (bu dunyoda e`kanmiz) jannat ne`matlarini tasavvur, haqiqatini e`sa idrok e`ta olmaymiz. Balki, jannat tasavvurimizdan tashqari ne`matdir. Bu haqida rasululloh sollalohu alayhi va sallamning ushbu so`zlari kifoyadir: "U (jannat) da ko`z ko`rmagan, quloq e`shitmagan va inson xayoliga kelmagan narsalar bordir".

Inson bu dunyoda turli ne`matlarga e`ga bo`lishi mumkin. Biroq, o`limni e`slash bilan bu ne`matlarning bitishi xayolga keladi. Lekin, jannatda yo`qolish yo`qdir. Chunki, jannatda o`lim yo`q, abadiylik bor. Inson bu dunyoda o`zida bo`lgan ne`matlardan malollanadi va uning o`zgarishini hohlaydi. Jannatda e`sa malol olish yo`q. Balki, Alloh ta`olo jannat ahllarini: "(Ular) jannatda, o`zgartishni umid qilmay, mangu qoladilar" (Kahf: 10)- deb sifatladi.

Musulmno do`stim, shu jannat uchun shoshiling! Alloh ta`olo dedi: "Robbingizning mag`firati va kengligi Yeru osmoncha bo`lgan jannat uchun musobaqalashing!" (Hadid: 21).

Jahannam

Kofirlar to`planib hisobot berganlaridan so`ng, mo`minlar kabi Sirot ko`prigidan o`tmoqchi bo`ladilar. Farishtalar ularni o`z hollariga tashlab qo`ymaydi. Balki, ularni changaklar bilan tortib, jahannamga otadilar. Jahannam qanday yer e`kanini bilasizmi? U - xorlik, xo`tlik, azob, ingrash va faryod chekish jiyodir. Unga kirganlar turli azoblar ichida mangu baxtiqaro va musibatlar ichradir... Kuydiruvchi olov, ulkan ilon va chayonlar, ichaklarni parchalaydigan issiq suvlar va yiringlarni ichish... Alloh bizlarni bu balolardan saqlasin... Bularning barchasi sizning zaif jasadingiz e`ng ozini ham ko`tara olmaydigan yomonlikdir. Sahih hadisda oyoqlari ostidagi olovdan miyasi qaynagan odam e`ng engil azob berilgan odamdir, deb xabarlar berilgan.

Jahannamdan qutulish uchun tirishaylik! Undan qutulish e`sa, gunohlarni qilmaslik va ibodatlarni qilish bilanginadir. Alloh har birimizni bunga muvaffaq qilsin.

Alloh ta`olodan bizni, sizni va barcha musulmonlarni o`zining roziligi va jannatga olib boradigan narsalarga muvaffaq qilishini, Sahytonning tuzoqlari, nafs-havo va yomon do`stlardan uzoq qilishini so`raymiz. So`nggi duomiz: Hamdlar barcha olamlar robbisi bo`lgan Allohga bo`lsin.

Alloh ta`olo payg`ambarimiz , uning oilasi va sahobalariga ko`plab salavot va salomlar yo`llasin.