Шанба 20 Апрель 2024 | 11 Шаввол 1445 Ҳижрий-қамарий

асосий қисм

  • lotinchaga
  • +
  • -
  • |

Kufr va uning turlari

5207 марта кўрилган

Bismillahir rohmanir rohiym

Yaratgan Allohga hamdu sanolar, payg`ambarimizga, uning oilasi, sahobalari va ularga qiyomat kuniga qadar e`rgashgan kishilarga salavot va salomlar bo`lsin.

So`ng ...

Bir kishi ustidan shar`iy hukmlarga asoslangan holdagina "kofir" deb hukm chiqariladi. Muayyan shaxs ustidan aytilgan so`zi va qilgan ishi sababli mushrik hukmini berilganidek, muayyan shaxs ustidan shar`iy asoslar bo`lmagan taqdirda murtad hukmini chiqarilmaydi. Chunki, muayyan shaxsga kofir hukmini berish yoki uni Islom dinidan chiqarishning katta xatari va ortidan keladigan yomon ta`sirlari bor. Odamlar garchi kofir hisoblash - "takfir"ning shart va mone`liklari haqida turli guruhlarga bo`lingan bo`lsalarda, "ahlussunna val-jamoa"ni qilingan ishning belgilari va qiluvchining hukmi haqidagi shar`iy dalillar bilan haqiqatni lozim tutishga Alloh ta`olo hidoyat qildi. Shuning uchun ham ular, qilingan ishning hukmi, qilingan va qilinmagan narsalar, muayyan shaxs ustidan "kofir" deya hukm chiqarish shartlari va mone`liklarini belgilashda shar`iy qonunlarni lozim tutdilar. "Ahlussunna val-jamoa": "Muayyan shaxs ustidan kofirlik hikmini chiqarish mumkin e`mas. Hukm chiqarish musulmon hokim yoki qozining ishi", yoki "Muayyan shaxs ustidan kofirlik hukmini chiqarish shartlari mukammal bo`lib, mone`liklar yo`q bo`lgan bir paytda, butun omma ustidan kofirlik hukmini chiqarsa bo`ladi"- deb aytmaydilar. Hatto, Islom dinini qabul qilish hohishi paydo bo`lgan kishilar uchun Islom belgilarini isbot e`tishga shoshiladilar. Ular bu ishlarning barchasida haqiqatdan ajramaydilar va muxoliflari qilganidek, vahiy matnlarini bir-biriga zid bo`lgan ta`villar bilan izohlamaydilar.

Shuning uchun ham, musulmonlar, xususan, da`vatchilar oldida hayot biyobonlarida adashmasliklari va bizlar adolatli siyosatchilar soyasida Islom shariatini hayotga tatbiq e`tishdagi buyuk g`oyamizga e`rishish uchun ushbu risolani yozishga kirishdik. Alloh ta`olo barcha musulmonlarni haqiqatga e`rgashish va unda sabot bilan turishga muvaffaq qilsin.

"Kufr"ning ta`rifi

u "Kufr" so`zining lug`aviy ma`nosi: "o`rash" va "to`sish" dir. Sovutini o`rab, kiyimlarini kiygan odamga arablar: "Kafara dir`ahu bi savbihi" deydilar. Arab tilidagi "mukaffar" so`zidan qurollari bilan to`silgan (himoyalangan) jangchi tushuniladi.

"Kufr" - iymonning ziddidir. Uni haqiqatni to`sgani uchun ham "kufr" deb ataldi.

u "Kufr" so`zining shariatda qo`llanilishi. Kufr - Islom yoki Islomning kamoloti usiz mukammammal bo`lmaydigan narsani inkor e`tish, demakdir. Shuning uchun ham ikki shahodat kalimalarini inkor e`tish kufrdir. Dindan e`kani barchaga ma`lum bo`lgan narsalarning farzligi (masalan namoz) yoki harom e`kanini (masalan aroq) inkor e`tish kufrdir.

"Kufr" so`zi oyat va hadis matnlarida ba`zida Islom millatidan chiqaradigan, ba`zida e`sa Islom millatidan chiqarmaydigan ma`nolarda iste`mol qilinadi. Chunki, kufrning ham iymon kabi turli shoxlari (tarmoqlari) bor. Ha, kufrning turli asos va tarmoqlari bor. Ularning ba`zilari kufrni taqozo qilsa, ba`zilari kufrning xususiyatlarini taqozo qiladi.

Kufrning turlari
Katta kufr

Katta kufr - Islom usiz mukammal bo`lmaydigan narsalarni inkor e`tishdir. U - jahannamda mangu qolishni taqozo qiladi va Islomdan chiqaradi.

Katta kufr e`tiqod, talaffuz va amal qilish bilan sodir bo`lib, besh turlidir. Ular:

1) Rad e`tish kufri.

Bu kufr pyg`ambarlarni va payg`ambarlar bergan xabarlarni rad e`tish (zero bu haqiqatga zid), payg`ambarlar olib kelgan vahiy haqiqatga zid, yoki Alloh halol qilgan narsani harom, ta`qiqlagan narsani halol deb da`vo qilisg kabidir. Bunga Alloh ta`oloning ushbu so`zlari dalolat qiladi: "Allohga qarshi uydirmalar to`qigan yoki kelgan paytida haqiqatni rad e`tgan kishidan ko`ra zolimroq kimsa bormi?! Axir jahannamda kofirlar uchun joy yo`qmi?!" (Ankabut: 68).

2) Bosh tortish yoki tasdiqlasada kibr qilish kufri.

Bu kufr rasululloh sollallohu alayhi va sallam robbisining huzuridan olib kelgan vahiyni tasdiqlagan , biroq, unga kibri, o`jarligi va haqiqatni va haqiqatga e`rgashgan kishilarni tahqirlashi sababli e`rgashmaslik kabidir. Alloh ta`olo Nuh alayhissolatu vassalomnig qavmi haqida: "Ular: "Biz senga xor kishilar e`rgashgan bir paytda iymon keltiramizmi?!"- dedilar", deb xabar berdi.

Shayton (Iblis) ning kufri ham buning misolidir. Chunki, IblisAlloh ta`oloning buyruqlarini inkor e`tmagan, balki, uni kibr bilan qarshilagan e`di. Ko`plab xalqlarning kufri ham shu qabilidadir. Alloh ta`olo ularning o`z payg`ambarlariga: "Sizlar bozlar kabi insonlarsiz" (Ibrohim: 10) deb xitob qilganlarini bayon qildi.

3) Shak kufri.

Bu kufr payg`ambar olib kelgan xabarlarni tasdiqlash, yoki rad e`tish, yoki unga e`rgashishda shubhalanish kabidir. Zero, rasululloh sollallohu alayhi va sallam robbisining huzuridan olib kelgan barcha narsa shubhaga o`rin qo`ymaydigan haqiqatdir. Shuning uchun ham, rasulullohh sollalohu alayhi va sallam olib kelgan ta`limotlarga e`rgashishda ikkilangan yoki "Haqiqat uning ziddida bo`lishi mumkin" deb o`ylagan kimsa shak va shubha kufrini qilgan bo`ladi.

4) Voz kechish kufri.

Bu kufr rasulullohh sollalohu alayhi va sallamdan qalbi bilan voz kechish va Uning so`zlariga quloq solmaslik: Uni tasdiqlamaslik va rad e`tmaslik, do`st va dushman tutmaslik, Unga hech ham quloq solmaslik, haqiqatni o`rganmaslik va unga amal qilmaslik, haqiqatni zikr qiqlingan yerlardan qochish kabidir. Bu ishni qilgan odam voz kechish kufrini qilgan bo`ladi.

5) Nifoq (munofiqlik) kufri.

Bu kufr rasulullohh sollalohu alayhi va sallam olib kelgan ta`limotlarga qalbidan rad e`tsada, amal qilishni ko`rsatish kufridir. Ya`ni iymonni ko`rsatish va kufrni yashirish. Alloh ta`olo bunday kufr ishni qilgan odamlar haqida: "Odamlarning ba`zilari: "Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik", deb aytadilar. Holbuki, ular mo`min e`masdirlar" (Baqara: 8).

Nifoq (munofiqlik) ikki turlidir: e`tiqod va amal nifoqi.

Birinchi: Etiqod nifoqi yoki katta nifoq - kufrni yashirib, iymonni til va boshqa a`zolarda ko`rsatishdir. Bunday nifoqni qilgan odam jahannamning tubidadir. Alloh ta`olo yuborgan barcha narsani yoki uning ba`zisini, yoki rasulullohh sollalohu alayhi va sallamni, yoki u olib kelgan narsalarning ba`zisini rad e`tish, yoki rasulullohh sollalohu alayhi va sallam olib kelgan dinning g`alabasini yoqtirmaslik katta nifoqning namunalaridandir.

Ikkinchi: Amal nifoqi yoki kichik nifoq. Bu nifoq - shariatga ters uslubda sodir e`tilgan amaliy nifoqdir. Bu nifoq kishini Islom millatidan chiqarmaydi. Yolg`on so`zlash, va`daga yoki omonatga xilof qilish, janjal qilsa so`kinish (haqorat qiqlish) va ahdga vafo qilmaslik bu nifoqning misollaridandir.

Biz yuqorida zikr qilgan kufr holatlarida banda kofir bo`ladi. Yaxshiroq tushunchaga e`ga bo`lish uchun, katta kufrni uch qismga bo`lib misollar bilan bayon qilamiz:

1) E`tiqod kufri. Buning sabablari ko`p bo`lib, ularning ba`zilarinigina zikr qilamiz:

- Alloh ta`oloning borligi va vahdoniyati haqida shak va shubha qilish;

- Muhammad sollallohu alayhi va sallamning payg`ambarligi yoki uning so`nggi payg`ambar e`kanida shubha qilish;

- oxirat kuni, jannat, jahannam, savob, jazo, jinlar, farishtalar yoki Islom ulamolari ichida ijmo` qilingan isro` (rasululloh sollalohu alayhi va sallamning Makkadagi Ka`ba masjididan Quddusdagi Aqso masjidiga tungi safari) va me`roj (rasululloh sollalohu alayhi va sallamning Alloh ta`olo bilan gaplashish uchun Osmonlarga ko`tarilishi) haqida shubha qilish;

- Qur`on Karimning biror harfini inkor e`tish yoki unga bironta harfni qo`shish kerak deb e`tiqod qilish;

- Islomdan boshqa biron bir qonunga ishonish va uni bashariyat hayoti uchun salohiyatli deb e`tiqod qilish;

- Alloh ta`oloning maxluqlariga hulul qilishiga ishonish yoki Alloh ta`oloning sherik, rafiqa va farzand kabi poklash kerak bo`lgan sifatlar bilan sifatlash;

- besh vaqt namoz yoki zakot kabi dindan e`kani barchaga ma`lum bo`lgan ibodatlarni fqrz e`mas, deb e`tiqod qilish;

- savdo-sotiq yoki uylanish kabi dinda ijozat berilgan narsalarni harom, qotillik, zino va sudxo`rlik kabi dinda harom e`kani ma`lum bo`lgan narsalarni halol deb e`tiqod qilish;

- rasululloh sollalohu alayhi va sallam etkazishga buyurilgan bo`lishlariga qaramay, Alloh yuborgan ba`zi narsalarni yashirib qolgan, yoki musulmonlarning ba`zilariga etkazib, ba`zilariga etkazmagan, deb e`tiqod qilish;

- Allohning yuborgan biron bir payg`ambarini undan haqiqat rivoyat qilingan xabarida yolg`onchi qilish.

2) Fe`liy kufr. Uning misollari:

- Allohdan boshqasi uchun sajda qilish;

- Qur`on Karim oyatlarini yoki rasululloh sollalohu alayhi va sallamning hadislarini iflos yerlarga osish;

- avliyo va solih kishilarning qabrlarini tavof qilish;

3) Talaffuz qilish kufri. Uning misollari:

- Alloh ta`oloni, yoki biron bir payg`ambarni, yoki Islom dinini so`kish yoki haqorat qilish;

- musibat va qiyinchilik onlarida avliyo yoki solih kishilardan madad so`rash;

- Qur`on, Qur`on oyatlari, payg`ambar, Allohning go`zal ismlari, jannat va jahannamdan bergan xabarlari ustidan masxara qilib: "Alloh jannatini bersa ham kirmayman", yoki "Huzurimda payg`ambarlar guvohlik bersalarda, ularning guvohliklarini qabul qilmayman", yoki "Namoz o`qiganimdan beri hech bir yaxshilik ko`rmadim", yoki "Namoz o`qima, u senga nima foyda keltiradi", deb aytish va bundan boshqa bugungi kunda odamlarning tillarida osonlik bilan aytilayotgan va ularning kofir bo`lishlariga sabab bo`layotgan ko`plab istehzolar. Afsuski, ularni bunday ishlardan qaytaradigan kishilarning sonlari juda ham oz.

Aziz do`stim, yuqorida e`slatilgan narsalarning ustidan hazillashib bo`lsada istehzoli kulish yoki masxara qilish kufrdir. Chunki, bu haqorat va mensimaslik bo`lib, uni talaffuz qilgan kishi murtad bo`ladi. Bunday xatoga yo`l qo`ygan kishi zudlik bilan shahodat kalimalarini talaffuz qilishi, istig`for aytishi, afsus chekishi va bunga qayta takror qaytmaslikka jazm qilishi kerak.

Kichik kufr

Kichik kufr - usiz Islomning barkamolligi to’la bo`lmaydigan narsani inkor e`tishdir. Kichik kufr insonni jazoga giriftor qilsada, jazoda mangu qo`ymaydi. Kichik kufr barcha gunohlarni o`z ichiga oladi. Chunki, , ibodat (toat) lar iymon deb nomlanganidek gunohlar ham kufrning xususiyatlaridandir. Shuning uchun ham, gunohlarni "kufr" deb ataldi. Kichik kufrni qilgan odam aslida e`mas, hukman mo`mindir.

Kichik kufrning ham bir necha turi bo`lib, ularning ahamiyatlilari quyidagilardir:

Ne`matga kufr keltirish (nonko`rlik).

Ne`mat kufri (nonko`rlik) ne`matni inkor e`tish yoki ne`matni bergan zot - Alloh ta`olo qolib, boshqalarga nisbatlashdir. Alloh ta`olo bu haqida shunday dedi: "Ular Allohning ne`matlarini biladilar, keyin e`sa inkor e`tadilar. Ularning ko`plari kofir (nonko`r) dirlar" (Nahl: 183).

Odamning: "bu o`zimning molim. Uni bobolarimdan meros qilib oldim", yoki "Falonchi bo`lmaganida e`di, boshqacha bo`lar e`di" va bundan boshqa og`izlardan osonlik bilan chiqadigan so`zlar ne`mat kufridir. Ular ne`matlarni boshqalarga nisbatlaydilar. Bu ne`matlarga Allohning muvaffaqiyati bilan e`rishilgan e`kanini bilsalarda, Allohga hamd aytmaydilar.

Farzandlarga "Abdulhoris" (Horisning bandasi), Abdurrasul (Rasulning bandasi) deb ism qo`yish ham shu kufr ostiga kiradi. Chunki, bunday qilish Allohning yaratuvchi va in`om e`tuvchi e`kanini bila turib, boshqalarga banda qilish, demakdir.

Namozni tark qilish.

Namozning farz e`kaniga ishonish, uni ado e`tishga zohiriy va botiniy rag`bat bo`lishi bilan birga tanballik sababli o`qimaslik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Biz bilan u (munofiq) lar o`rtasidagi ahd - namozdir. Kim uni tark qilsa kofir bo`libdi"- dedilar (Imom Termiziy. "Sahih"). Ushbu hadisda iste`mol qilingan "kufr" so`zidan kichik kufr tushuniladi va uni qilgan kishi Islom millatidan chiqmaydi. Ba`zi ulamolar: "Bundan maqsad katta kufrdir"- dedilar va "kufr" so`zini mutlaq iste`mol qilish uchun katta shirkka olib borishini zikr qildilar. Biroq, bu yerdagi "kufr" so`zidan kichik kufrni tushunish boshqa hadislarda kelgan ma`nolar bilan namoyon bo`lmoqda. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Alloh ta`olo bandalarga besh vaqt namozni farz qildi. Ularni ado e`tgan va ularning haqlarini mensimay zoye qilmagan kishi uchun Allohning huzurida uni jannatga kiritish ahdi bordir. Ularni ado e`tmagan kishilar uchun Allohning huzurida ahd yo`qdir. Alloh hohlasa ularni jazolaydi, hohlasa jannatiga kiritadi" (Imom Termiziy. "Sahih").

Ammo namozni butunlay rad e`tish, uning Alloh tarafidan farz qilingan e`kanini inkor e`tish katta kufr e`kanida Islom ulamolari o`rtasida ixtilof yo`qdir.

Folbinlarga borish.

Folbinlarga borish va ularning g`aybdan bergan xabarlarini tasdiqlash - kichik kufrdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Folbinga borgan va uning aytgan so`zlarini tasdiqlagan kimsa Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ga nozil bo`lgan narsaga kofir bo`libdi" ("Sahihu Sunani Abi Dovud").

Xotiniga besoqolbozlik qilish.

Xotiniga besoqolbozlik qilish yoki hayz qoni ko`rayotgan vaqtda ayol kishi bilan jinsiy aloqada bo`lish - kichik kufrdir.

Rasululloh sollalohu alayhi va sallam dedilar: "Hayz ko`rayotgan ayoli bilan jinsiy aloqa qilgan yoki ayoli bilan besoqolbozlik qilgan kishi Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ga nozil bo`lgan narsaga kofir bo`libdi" ("Sahihu Sunani Abi Dovud").

Musulmonlarga qarshi jang qilish.

Musulmonlarga qarshi jang qilish - kichik kufrdir. (Shuni e`slatib o`tish kerakki, bu yerda musulmonlarning musulmonlar bilan urush qilishlari nazarda tutilmoqda).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Musulmonni haqorat qilish (so`kish) fosiqlik, unga qarshi urush qilish kufrdir" (Imom Buxoriy rivoyati);

"Mendan so`ng bir-biringizning kallangizni oladigan kofir bo`lib ketmangiz!" (Muttafaqun alayh).

Bu kufrning Islom millatidan chiqarmasligiga barcha Islom ulamolari ittifoq qilganlar. Chunki, bunday ishni qilgan odamlar Alloh ta`oloning: "Agar mo`minlarning ikki toifasi bir-birlari bilan urushsalar..." (Hujurot: 9) so`zi ostiga kiradilar.

uAllohdan boshqasining nomi bilan qasam (ond) ichish - kichik kufrdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Allohdan boshqasining nomi bilan qasam ichgan kishi mushrik yoki kofir bo`libdi"- dedilar (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis).

"Ahlussunna val-jamoa" ushbu hadisda zikr qilingan shirk va kufr Islom millatidan chiqarmaydigan kichik shirk va kichik kufr e`kaniga ittifoq qilganlar.

Nohaqlik bilan hukm qilish.

Ba`zi masalalarda, Alloh ta`ologa va unga duch kelishga iymon keltirgan holatida, Alloh nozil qilmagan narsalar bilan hukm qilish, Islom millatidan chiqarmaydigan kichik kufrdir. Ammo ibodatdagi Allohning hukmini bekor qilib, uni tog`ut hukmiga alishtirgan va buni halol hisoblagan kishi Islom millatidan chiqaradigan katta kufrni qilgan bo`ladi.

Kichik kufrning turlari juda ham ko`pdir. Kufr ismi berilgan va katta kufrdan hisoblanmagan barcha gunohlar kichik kyfrdir.

Kichik kufrni "amaliy", katta kufrni e`sa "e`tiqodiy" kufr deb ataladi. Biroq, quyidagi holatlarda katta kufrni qilish bilan banda kichik kufrni qilganidek, Islom millatidan chiqmaydi:

- tilning Islom millatidan chiqaradigan kufrni qasdsiz va hohishsiz talaffuz qilishi;

- uyqu, behushlik yoki mastlik sababi aqlning ketishi oqibatida Islom millatidan chiqaradigan kufrni talaffuz qilish;

- o`lim yoki boshqa tahdidlar ostida majburlanish. Bunday paytda iymon mustahkam bo`lsa, zohirga qarab kofir hukmi berilmaydi. Alloh ta`olo: "...Majburlangan va qalbi iymon bilan xotirjam bo`lgan kishi mustasno..."- dedi. Ammo kufr so`zni talaffuz qilib: "Men hazillashgan e`dim" desa, zohiran va botinan kofir bo`ladi. Chunki, Islom millatidan chiqaradigan so`zni jiddiy yoki hazillashib, bilib yoki mazax qilib aytgan odam ustidan bu dunyoda kofir hukmi chiqariladi. Oxiratda e`sa ularning ishi Allohga havoladir.

Musulmon ustidan kofir hukmini berish

Musulmon ustidan kofir hukmini berish e`ng nozik va xatarli masalalardan bo`lib, unga dalilsiz yaqinlashish mumkin e`mas. Chunki, kofirlik hukmi berilgan odam shu hukmga loyiq bo`lsa yaxshi, bo`lmasa hukm qilgan kishining o`zi kofir bo`ladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Bir kishi birodariga: "Hoy kofir" desa, u ikkisidan biri (kofir bo`lishga) duchor bo`ladi"- dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

Kofir hukmini chiqarishda so`z va so`zlovchi o`rtasini ajratish

Kofir hukmini chiqarishda kufrning turi bilan muayyan shaxs ustidan kofir hukmini chiqarilmaydi. Shuning uchun ham, kufr e`kani ma`lum bo`lgan so`z bilan, shu so`zni aytgan odam ustidan "kofir" deya hukm chiqarish o`rtasini ajratish kerak. Masalan: "Alloh ta`olo har yerdadir", yoki "Allohning so`zi maxluqdir"- deb aytish, yoki Allohning sifatlarini inkor e`tish kufrdir... Bu hukm tur va talaffuzga hukm qilish bobidandir. Ammo ish muayyan shaxsga bog`lanar e`kan, unda shoshilmaslik va tekshirish kerak. Chunki, shaxs u so`zlarni aytmagan bo`lishi, yoki ta`vil qilgan bo`lishi, yoki vahiy matnlarini bilmagan yoki tushunmagan bo`lishi mumkin. Bunday paytlarda ishlar farqlicha bo`ladi. Zero, johil va aldangan kishi o`jar va fojir kishilar kabi e`masdir.

Ma`lum bo`ldiki, johil va johil kabi insonlar ustidan dalillar bilangina hukm chiqariladi. Dalil e`sa, ularning tushunchalari darajasida bo`ladi. Chunki, ular dalil-hujjatlarni tushunsinlar.

Xullas, ulamolar ijmo`si bilan kufr hisoblangan so`z mytlaq kufr so`zdir. Bu so`zni talaffuz qilgan har bir kishi ustidan kofir hukmiga loyiq shartlar bo`lib, mone`liklar yo`qolmaguniga qadar hukm chiqarish mumkin e`masdir.

Kufr va uning turlari haqida so`zning xulosasi
  • "Ahlussunna val-jamoa" boshqa guruhlar ichida barcha masalalarda bo`lganidek, kofir hukmini chiqarishda ham mo`tadildir.
  • Kofir hukmini berish Alloh ta`olo va rasululloh sollalohu alayhi va sallamning haqqidir. Alloh va rasululloh sollallohu alayhi va sallam kofir degan kimsalargina kofirdirlar.
  • Biror kishi ustidan kofir hukmini chiqarmoqchi bo`lgan odam, Allohga bilmay so`z aytib qo`yishdan qo`rqib, uzoq o`ylanishi va shoshilmasligi kerak.
  • "Ahlussunna val-jamoa" ning hukm chiqarishdagi asosi Qur`on Karim, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari va salaf solih tushunchasidir.
  • "Ahlussunna val-jamoa" qibladosh bo`lgan kishi ustidan tushuntirilgani, haqiqatga yo`llangani, buzuq tushunchalarga taalluqli shubhalarni ketkazilganidan so`nggina hukm chiqaradi. Agar o`z kufrida davom e`tsa, uning iloji shariatda bayon qilingan murtadlik hukmidir: undan tavba qilish talab qilinadi. Tavba qilsa yaxshi, bo`lmasa murtad-kofir holida qatl qilinadi.

Alloh ta`olodan qilgan amallarimizni o`zi uchun xolis qilishini so`raymiz. U buning hojasi va bunga qodirdir.