Душанба 25 Сентябрь 2017 | 4 Муҳаррам 1439 Ҳижрий-қамарий

асосий қисм

  • lotinchaga
  • +
  • -
  • |

Baxtli hayot uchun foydali vasilalar

8400 марта кўрилган

Shayx Abdurrahmon ibn Nosir as-Sa`diy rahimahulloh

Bismillahir rohmanir rohiym

Muqaddima

Barcha hamdlarning sohibi bo`lgan Allohga hamdlar bo`lsin. Men yagona sheriksiz Allohdan o`zga iloh yo`q va Muhammad uning bandasi va e`lchisi deb guvohlik beraman. Alloh unga, uning oilasi va sahobalariga salavot va salomlar yo`llasin.

So`ng ...

Qalbning rohati, quvonchi, qayg`u va g`amlarining ketishi - har bir kishining maqsadidir. Chunki, o`shandagina quvonch va yayrash o`zining kamoliga etadi. Buning diniy, tabiiy va amaliy sabablari ham bo`lib, ular mo`mindagina jam bo`la oladi. Boshqalarda e`sa, oralaridagi donolarning qilgan harakatlari e`vaziga bir sabab va jihatdan hosil bo`lishi mumkin. Aslida e`sa, bu sabab va jihat ularga holati va kelajagi sog`lom bo`lgan taraflardan etib kelgandir.

Men ushbu risolada barcha inson etishga harakat qilgan oliy maqsadlarning ba`zi sabablarinigina e`slatib o`tmoqchiman..

  • Ba`zilar oliy maqsadlarining ko`proq qismiga e`rishdi va shirin hayot kechirdi.
  • Ba`zilar oliy maqsadlariga e`risha olmay baxtiqarolik hayotini yashadilar.
  • Ba`zilar o`z muvaffaqiyatlariga qarab o`rta yo`ldadirlar.

Alloh tavfiq beruvchi va barcha yaxshi ishlar va yomonliklarni daf qilishda yordam so`raluvchi zotdir.

Bismillahir rohmanir rohiym

Fasl

1. Oliy maqsadga e`rishish sabablarining e`ng buyugi va e`ng asosiysi - iymon va solih amaldir. Alloh ta`olo dedi: "Mo`min bo`la turib yaxshi amalni qilgan e`rkak va ayolni shirin hayotga tiriltiramiz va qilgan amallaridan ko`ra yaxshiroq bo`lgan savoblar bilan mukofotlaymiz" (Nahl: 97).

Alloh ta`olo iymon va solih amallar o`rtasini birlashtirgan kimsalarni bu dunyoda shirin hayot va oxiratda chiroyli savoblar bilan mukofotlashi haqida xabar va va`dalar berdi.

Buning sababi ma`lum. Chunki, solih amal beradigan, qalblar va axloq, dunyo va oxirat o`rtasini mutanosiblashtiradigan sog`lom iymon bilan, Allohga iymon keltirgan mo`minlarda o`zlariga quvonch va yayrash sabablari hamda bezovtalik va qayg`u sabablarini olib keladigan barcha asoslar bordir.

- Mo`minlar quvonchni iltifot va shukronalar bilan qabul qiladi hamda foydali bo`lgan yo`llarda iste`mol qiladi. Bu uslubda iste`mol qilish ushbu quvonch bilan hayajonlanish, uning davomiyligi, barakoti va shukronalar aytgan kishilarning savoblarini umid qilishning ko`plab yaxshiliklari va barakotlarini paydo qiladi.

- Mo`minlar qiyinchilik, zarar, qayg`u va g`amlarni imkoni borisha qarshilik ko`rsatish, engillashtirish va sabr qilish bilan qarshilaydilar. Ularda bu qiyinchiliklar oqibatida foydali qarshilik, tajriba, quvvat, sabr va savoblarni umid qilish hosil bo`ladi. Savoblar e`sa, qarshisida barcha mashaqqatlar yo`q bo`lib, o`rniga quvonch, shirin orzular va Allohning fazli va savobiga bo`lgan umid tushadigan buyuk narsalardir.

Zero, rasululloh sollallohu alayhi va sallam Imom Muslim rivoyat qilgan hadislarida bayon qildilar: "Mo`minning barcha ishlari xayrli e`kaniga hayron qolaman. Agar unga xursandchilik etsa shukr qiladi va bu u uchun xayrlidir. Agar musibat etsa sabr qiladi va bu u uchun xayrlidir. Bu faqat mo`min uchunginadir".

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mo`minning boshiga quvonch va qayg`ularning kelishiga qarab, yaxshiliklari va amallarining samaralari ko`payib borishidan xabar berdilar.

Shuning uchun ham, biz, ikki toifa odamlarni ko`ramizki, ular iymon va amallarda farqli bo`lganlari uchun yaxshilik va yomonlik etgan paytlarda farqli holatlarda bo`ladilar.

U toifalarning biri boshiga etgan yaxshilik va yomonlikni sabr va shukronalar bilan kutib oladi. Natijada, unda quvonish, hayajon paydo bo`lib, qayg`u, alam, siqilish va hayotning baxtiqaroligi yo`q bo`ladi hamda bu dunyoda shirin hayot kechiradi.

Ikkinchi toifa e`sa, yaxshiliklarni kibr va tug`yon bilan kutib oladi-da, uning axloqi buziladi. U yaxshiliklarni hayvon kabi harislik va ochko`zlik bilan kutib oladi. Shunday bo`lsada, u, bezovta bo`ladi. U turli taraflardan: yaxshi ko`rgan narsalarining yo`qolishi, yaxshi ko`rgan narsalari sababli paydo bo`lgan qarshiliklar, nafsning chegara bilmasligi, balki, hosil bo`ladigan yoki bo`lmaydigan boshqa ishlarga intilishi va shu narsalarning hosil bo`lishi bilan bezovtalanadi.

Yomonliklarni e`sa, bezovtalik, qayg`u, alam va dodu faryodlar bilan kutib oladi. Siz uning boshiga kelgan baxtiqarolik, fikriy va asabiy hastalik, savobni umid qilmagani, tasalli va engillik beradigan sabri bo`lmagani uchun yomon holatlarga olib boradigan qo`rqusi haqida so`ramang. Bular uzoq tajribalarda ko`rilgan hodisalardir.

Biz sizga ularning bir misolini keltiramiz. Siz u haqida bir fikr yuritib ko`rsangiz, iymoni taqozo e`tgan narsalarga amal qilgan mo`min bilan, amal qilmagan kishi o`rtasidagi farqni tushunib etasiz. U ham bo`lsa, dinning Alloh bergan rizqi va bandalariga bergan turli-ruman fazli va karamiga qanoat qilishga undashidir.

Mo`min boshiga etgan kasallik, kambag`allik yoki shunga o`xshash holatlarda o`z iymoni, qanoati va Allohning bergan qismatiga rozi bo`lgani uchun ham doimo xursand bo`ladi. Uning nafsi o`zi uchun taqdir qilinmagan narsalarni talab qilmaydi, o`zidan pastlarga qarab, yuqoridagilarga qaramaydi. Goho barcha dunyoviy matlablarga e`rishgan, biroq, qanoati bo`lmagan kishilarni ko`rganida uning rohati va quvonchi ziyoda bo`ladi.

Shuningdek, iymon taqozosi bilan amal qilmagan kishini kambag`al bo`lsa yoki dunyaviy manfaatlardan birontasini yo`qotsa, o`ta baxtiqaro bo`lganini ko`rasiz.

Boshqa bir misol: mo’min xatarli va alamli lahzalarda iymoni sog`lom, irodali, o`zining fikrlari, so`zlari va boshqa harakatlarini tadbirlash va yuritishda sabotli bo`ladi. Bu e`sa, insonning qalbini xotirjam qilib, quvontiradi.

Iymoni bo`lmagan kishida e`sa buning aksi bo`ladi: xatarli paytlarda siqiladi, asablari buziladi, fikrlari parchalanadi, qo`rqadi - so`z bilan ta`birlab bo`lmaydigan ichki va tashqi qo`rquv unga hukmron bo`ladi.

Bunday insonlarning kuchlari, ko`plab chiniqishga muhtoj bo`lgan ba`zi sabablar hosil bo`lmaganida, yo`qoladi va asablari taranglashadi. Buning sababi e`sa, ularni og`ir va qayg`uli lahzalarda sabrli bo`lishga undaydigan iymonning yo`qligidir.

Yaxshi va yomon, iymonli va kofir bo`lgan insonlar jasurlikni kasb qilish va xatarlarni engillashtiradigan xilqatda mushtarakdirlar.

Lekin, mo`min iymonning quvvati, sabri, Allohga bo`lgan tavakkuli va suyanishi hamda Allohning savobini umid qilishi kabi shijoatini ziyoda qiladigan, xatarning yukini va musibatlarni engillashtiradigan narsalar bilan ajralib turadi. Alloh ta`olo dedi: "Agar sizlar alamni cheksangizlar, ular ham sizlar kabi alamni chekadilar. (Lekin), sizlar Allohdan ular umid qilmagan narsalarni umid qilasizlar" (Niso: 104).

Mo`minlar bilan xatarlarni parchalab tashlaydigan Allohning hamrohligi, yordami va madadi davomiydir. Alloh ta`olo dedi: "Allohga va uning payg`ambariga itoat e`tinglar! Tortishmanglar, shavkatingiz y`oqoladi. Sabr qilinglar, Alloh sabrlilar bilan birgadir" (Anfol: 46).

2. Bezovtalik, qayg`u va alamni ketkazadigan sabablardan biri - so`z, harakat va barcha yaxshiliklar bilan e`hson (yaxshilik) qilishdir. Alloh ta`olo yaxshi odamdan ham, yomon odamdan ham qilgan yaxshiliklariga qarab qayg`u va g`amlarini ketkazadi.Biroq, mo`minning bu borada ham ko`p nasibasi bor. Uning yaxshiliklari samimiylik va savobni umid qilish bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham, Alloh ta`olo mo`minga, umididagi yaxshiliklar sababli, yaxshilik qilishni engil qilib, ixlos va savobni umid qilishiga qarab zararlarni daf qiladi. Alloh ta`olo dedi: "Ularning pichirlab qilgan maslahatlarida yaxshilik yo`qdir. Yaxshilik, faqatgina, sadaqaga, yaxshilikka buyurgan kishilardaginadir. Allohning roziligini umid qilib, shu ishlarni qilgan kishilarga tez kunda katta ajrlar beramiz" (Niso: 114).

Alloh ta`olo bu ishlar, shu niyyat bilan qilgan kishilardan sodir bo`lsagina yaxshilik bo`lishidan darak berdi. Yaxshilik yaxshilikni keltiradi va yomonlikni daf qiladi. Savob umidida bo`lgan mo`minga Alloh ta`olo katta ajr beradi. Alam, g`am va qayg`uning yo`qolishi ham katta ajrlardandir.

Fasl

3. Asablarning tarangligi va ba`zi musibatlar sababli qalbning mashg`ul bo`lishidan vujudga kelgan bezovtalikni daf qilish sabablaridan biri - foydali bo`lgan ish va fikrlar bilan mashg`ul bo`lishdir. Bu, qalbni bezovta qilgan narsalardan chalg`itadi. Gohida u, bu sababli qayg`u va alamga sabab bo`lgan narsalarni unutadi va quvonib, ishlardagi faolligi ortadi. Bu sabab mo`min va kofir o`rtasida mushtarakdir. Biroq, mo`min iymoni, ixlosi (samimiyligi), o`rgatish, o`rganish va qilayotgan xayriya ishlari: ibodat bo`lsa ibodat, dunyoviy ishlar yoki odatlar bo`lsa yaxshi niyat va Alloh ta`olodan Alloh ta`olo uchun bo`lishida yordam so`rashi bilan ajralib turadi.

Shuning uchun ham, bularning g`am, qayg`u va alamlarni ketkazishda katta ta`siri bordir. Bezovtalik va musibatlar sababli turli kasalliklarga mubtalo bo`lgan qancha-qancha odamlar borki, uning foydali davosi shu bezovtalikka sabab bo`lgan sabablarni unutish va muhim ishlar bilan shug`ullanishdir.

Tabiiyki, shug`ullaniladigan ish odamning qalbi hohlagan va mushtoq bo`lgan ish bo`lishi kerak. Shundagina foydali maqsadga e`rishish oson bo`ladi. (Alloh barcha narsalarni o`zi yaxshiroq biladi).

4. Bezovtalik va g`amni ketkazadigan sabablardan biri - fikrni kundalik ishlar uchun jamlash, kelajakda bo`ladigan narsalar va o`tmishda bo`lgan qayg`ular haqida o`ylamaslikdir. Shuning uchun ham, rasululloh sollallohu alayhi va sallam g`am va qayg`udan panoh so`radilar. "Qayg`u" - qaytarish va topish mumkin bo`lmagan va o`tmishda bo`lib o`tgan ishlardir. "G`am" e`sa, kelajakda bo`ladigan xavf sababli paydo bo`ladi. Shuning uchun ham, banda bugunining kishisi bo`lib, u kunning islohi uchun barcha kuch-quvvatlarini jam qiladi. Zero, buning uchun qalbni jam qilish amallarni jam qilishni taqozo e`tadi va banda shu bilan g`am va qayg`ularidan tasalli oladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biron duo qilsalar yoki ummatlariga biron bir duoni o`rgatmoqchi bo`lsalar Allohdan yordam so`rash va uning fazlini umid qilish bilan birga duoda hosil bo`lishini umid qilgan narsa va daf bo`lishini umid qilgan narsasidan qutulish uchun harakat qilishga undar e`dilar. Chunki, duo va harakat bir-biriga bog`liqdir. Banda din va dunyoda foydali bolgan narsalarga tirishib, robbisidan maqsadining muvaffaqiyati uchun yordam so`raydi. Zero, rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Sizga foydali bo`lgan narsalar uchun tirishing. Allohdan yordam so`rang va qo`rqmang! Sizga biron bir musibat etsa: "Agar unday qilsam, bunday bo`lar e`di"- deb aytmang. Balki, Alloh shunday taqdir qilibdi, U hohlagan narsasini qiladi"- deb ayting. Chunki, "agar" so`zi Shaytonning harakat yo`llarini ochadi".

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam har bir holatda foydali ishlarga buyurish, Allohdan yordam so`rash va zararli yalqovlik bo`lgan ojizlikka bo`yinsunmaslik bilan o`tgan ishlarga bo`yinsunish va Allohning qazo va qadarini mushohada qilish o`rtasini jam qildilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ishlarni ikki qismga ayirdilar.

Birinchi qism: Banda butunlay yoki qisman e`rishish yoki daf qilish yoki engillatish uchun harakat qilishi mumkin bo`lgan ishlar.

Banda bu ishlarda o`z harakatlarini qilishi va robbisidan yordam so`rashi mumkin.

Ikkinchi qism: Banda harakat qilsada, qilmasada bo`lishi muqarrar bo`lgan ishlar.

Banda bu ishlar uchun xotirjam, rozi va taslim bo`ladi. Shubhasiz bu asosni rioya qilish quvonish hamda g`am va qayg`ularning yo`qolish sabablaridandir.

Fasl

5. Xotirjamlik va qalbning sururiga sabab bo`ladigan narsalardan biri, Alloh ta`oloni ko`p e`slashdir. Chunki, buning xotirjamlik, qalbning sururi va qayg`u va g`amlarni ketkazishda katta ta`siri bor. Alloh ta`olo dedi: "Bilinglarki, Allohni e`slash bilan qalblar xotirjam bo`ladi" (Ra`d: 28).

Banda Allohning savobi va roziligini umid qilgani uchun ham, Allohning zikrini bu ishlarda katta foydasi bor.

6. Allohning zohiriy va botiniy ne`matlari haqida gapirish ham qalbning xotirjamligi va sururidir. Bu ne`matlarni bilish va ular haqida gapirish bilan Alloh ta`olo g`am va qayg`ularni daf qiladi. Alloh ta`olo bu ne`matlarga shukr qilishga undaydi. Zero, shukr ne`matlarning e`ng oliy maqomlaridan biridir. Hatto, faqirlik, kasallik va bundan boshqa musibatlar ichida bo`lsada, banda Alloh ta`oloning bergan hisobsiz ne`matlari bilan boshiga etgan musibatni taqqoslar e`kan, musibatning ne`matlar oldida asari ham qolmaydi. Balki, Allohning imtihon uchun bergan qiyinchilik va musibatlarning og`irligi sabrli, rozi va taqdirga bo`yinsungan banda uchun engil bo`ladi. Bandaning musibatlar e`vaziga ajru savoblar olishi, Allohga sabr va rozilik kabi vazifalarni ibodat qilib ado e`tishi, achchiq narsalarni shirin narsalarga aylantiradi. Natijada, ajru savobning halovati sabrning achchiqliklarini unuttiradi.

7. Bu mavzudagi e`ng foydali bo`lgan narsa, rasululloh sollallohu alayhi va sallam y`ollagan ishni amalga oshirishdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Sizlar o`zingizdan pastdagilarga qaranglar, o`zingizdan yuqoridagilarga qaramanglar. Chunki, Allohning sizga bergan ne`matlarini kamsitishingiz mumkin". Banda bu nasihatlarni ko`z o`nggiga keltirar e`kan, o`zini maxluqotlar ichida, ofiyat va sabablari hamda rizq va sabablarida qanday holatda bo`lmasin, naqadar yuksak e`kanini biladi. natijada, uning bezovtaligi, qayg`usi va g`amlari yo`qolib, Allohning buyuk ne`matlariga bo`lgan sururi va quvonchi ziyoda bo`ladi. Banda Allohning zohiriy va botiniy, diniy va dunyoviy ne`matlari haqida tafakkur qilar e`kan, robbisining ko`p yaxshiliklarni berib, ko`p yomonliklarni daf qilganini biladi. Shubhasiz, bu, g`am va qayg`ularni ketkazib, quvonchlarni keltiradi.

Fasl

8. Inson quvonchini taqozo e`tib, g`am va qayg`ularni ketkazadigan sabablardan biri, g`amlarni keltiradigan sabablarni yo`qotish va quvonchni keltiradigan sabablarni hosil qilishga intilishdir. Bu e`sa o`tgan va qaytarish mumkin bo`lmagan narsalarni unutish va fikrni ular bilan chalg`itish behuda, abas, telbalik va ahmoqlik e`kanini bilish bilan bo`ladi. Shundagina inson qalbi bilan u qiyinchiliklar haqida fikr yuritish o`rniga kelajakda duch kelishi mumkin bo`lgan kambag`allik, xatar va bundan boshqa narsalardan bezovtalanishga qarshi kurashadi. Natijada, kelajakda ro`y beradigan yaxshilik yoki yomonlik, umid yoki alamlar noma`lum e`kani, ularning barchasi Aziz va Hakim bo`lgan Allohning qo`lida e`kani, bandalari e`sa yaxshiliklarga e`rishish va yomonliklarni daf qilish uchun tirishishlari kerak e`kanini hamda banda o`z fikrini ishining oqibati haqida yuritishdan voz kechib, ishini isloh e`tishi uchun robbisiga tavakkul qilishi va xotirjam bo`lishi kerak e`kanini biladi. Agar odam shunday qilsa, qalbi xotirjam, ishlari isloh bo`lib, qayg`u va bezovtalanishi yo`qoladi.

Fasl

9. Ishlarning oqibatini mulohaza qilish haqidagi e`ng foydali narsa, rasululloh sollallohu alayhi va sallam o`qigan ushbu duodir: "Ilohim, ishlarimning asosi bo`lgan dinimni, hayotim bo`lgan dunyomni va oqibatim bo`lgan oxiratimni men uchun isloh qil! hayotni men uchun barcha yaxshiliklarda ziyoda, o`limni e`sa barcha yomonliklardan shirin qil!";

"Ilohim, men sening rahmatingni umid qilaman. Meni biron lahza nafsim ixtiyoriga tashlab qo`yma! Mening barcha ishlarimni isloh qil! Sendan o`zga iloh yo`qdir!".

Agar banda diniy va dunyoviy kelajagining salohiyati mujassam bo`lgan ushbu duoni chin dildan va sodiq niyyat bilan o`qib, buning haqiqatan ro`yobga chiqishiga intilsa, Alloh ta`olo uning qilgan duolari, umidlari va ishlarini voqeiy haqiqatga va qayg`u va alamlarini e`sa quvonchga aylantiradi.

Fasl

10. Bandaga musibat etgan paytda qayg`u va g`amlarni ketkazadigan foydali sabablardan biri, ishning etib boradigan nihoyasining yomon e`htimollarini qiyoslab, shu musibatni engillatishga harakat qilib, sabot bilan turishdir. Agar sgunday qilsa, imkoni boricha engillatishga harakat qilsin. Ushbu sabot va foydali haralat bilan bandaning qayg`u va g`amlari yo`qoladi. Va bu harakat banda uchun foydalarni keltirish va zararlarni daf qilishda amalga oshadi.

Banda xatar, kasallik, faqirlik va sevgan narsalarni yo`qotish sabablarini xotirjamlik va sabot bilan kutib olsin. Chunki, nafsni chiniqtirish musibatlarni engillashtirib, shiddatini so`ndiradi. Xususan, bu narsa, nafs o`zini imkoni boricha himoya qilish bilan chalg`itganida yaqqol namoyon bo`ladi. natijada, bandada chiniqish bilan musibatlarga e`tibor berishdan chalg`itadigan foydali harakat birlashadi va banda, Allohga suyanib va ishonib, musibatlarga qarshi bo`lgan kuchini yangilash uchun o`z nafsi bilan kurashadi.

Shubhasiz, bu ishlarning hozir va kelajakdagi savoblarga umidlantirish bilan quvonchni hosil qilishda katta foydalari bor. buning hayotda va tajribada ko`plab namunalari bor.

Fasl

11. Yurakning asab kasalliklari, balki, badanning barcha kasalliklari uchun e`ng katta davo - qalbning quvvatli bo`lishi, yomon fikrlar vujudga keltirayotgan vahima va xayollar bilan siqilmaslik va ta`sirlanmaslikdir. Chunki, xayol va vahimalarga berilgan insonning qalbi kasalliklar va boshqa narsalardan xavf qilish, g`azablanish, alamli sabablardan tashvishlanish, yomonlilarning hosil bo`lib, yaxshiliklarning yo`qolishi kabi ta`sirlar bilan ta`sirlanadi. Bu ta`sirlanish e`sa, insonni qayg`u, g`am, qalb va badan kasalliklari hamda odamlar ko`p zararlarini ko`rgan ruhiy hastaliklarga olib boradi.

Insonning qalbi Allohga suyanib, tavakkul qilib, vahima va yomon xayollarga berilmay, Allohga ishonib, Allohning fazlu karamidan umidvor bo`lsa, undan qayg`u va g`amlar, badan va qalbkasalliklari yo`qolib, qalb uchun quvvat, kenglik va ta`bir qilib bo`lmaydigan quvinch hosil bo`ladi

Kasalxonalar qancha-qancha buzg`unchi xayolot va vahima kasallari bilan to`lib-toshdi! Bu ishlar zaif odamlar u yoqda tursin, qancha-qancha kuchli odamlarning qalblariga ta`sir e`tdi va qancha-qancha odamlarning telba va aqlsiz bo`lishlariga olib keldi!

Alloh ofiyat bergan va qalbini kuchaytiradigan va bezovtaligini ketkazadigan foydali sabablarni hosil qilish uchun o`z nafsi bilan kurashishga muyassar bo`lgan odamgina baxtlidir.

Alloh ta`olo dedi: "Allohga tavakkul qilgan kishiga Alloh kifoya qilguvchidir" (Taloq: 3).

Ya`ni bandaning boshiga kelgan diniy va dunyoviy barcha narsalar uchun Alloh kifoyadir.

Allohga tavakkul qilgan kishining iymoni kuchli bo`lib, unga vahimalar ta`sir e`tmaydi va uni hodisalar bezovta qilmaydi. Chunki, bunday odam ta`sirlanish nafsning zaifligi, xo`rlik va asli bo`lmagan xatardan kelib chiqishini biladi. Shu bilan birga, u, Alloh ta`olo Alloh ta`ologa tavakkul qilgan kishilarga tom ma`noda kifoya qilishini biladi. Shuning uchun ham, Allohga ishonadi, Allohning va`dasi bilan xotirjam bo`ladi. Natijada, uning bezovtaligi va g`amlari yo`qoladi hamda qiyinchiligi engillikka, qayg`ulari quvonchga va xavflari xotirjamlikka aylanadi.

Alloh ta`olodan ofiyatni, bizlarga o`ziga tavakkul qilish bilan qalb quvvati va matonatini berishini so`raymiz. Chunki, u o`ziga tavakkul qilgan kishilarga barcha yaxshiliklarni berishni kafolatladi va ulardan barcha yomonliklarni daf qildi.

Fasl

12. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Mo`min (e`r) mo`mina (xotin)dan nafrat e`tmasin. Uning bir xulqini yoqtirmasa, boshqa xulqidan rozi bo`lar"- dedilar. Bu hadisning ikkita katta foydasi bor:

Birinchisi: xotin, qarindosh, do`st, hamkasb va orangizda bog`liqlik bo`lgan barcha kimsalar bilan muomala qilishga yo`llash hamda ularda ayb, nuqson va siz yoqtirmagan ishlar bo`lishi mumkin e`kanini bildirish. Agar siz ularda shu narsalardan birini topsangiz, u bilan siz uchun zarur bo`lgan yoki siz uchun lozim bo`lgan aloqa va muhabbatni saqlab qoladigan narsa o`rtasini taqqoslang hamda ulardagi yaxshilik hamda umumiy va xususiy yaxshiliklarni e`slang. Yomonliklardan ko`z yumish va yaxshiliklarni mulohaza qilish bilan do`stlik aloqalari davom e`tadi, siz e`sa rohat va farog`atda bo`lasiz.

Ikkinchisi: g`am va bezovtalikning yo`qolishi, soflikning qolishi, ikki taraf o`rtasida rohatning hosil bo`lishi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning e`slatgan narsalarini qilmagan, balki, buning aksini qilgan, natijada, yomonliklarni mulohaza qilib, yaxshiliklarni ko`ra olmagan kimsaning bezovta bo`lishi muqarrardir.Shuning uchunham, u o`zi bilan o`ziga bog`langan kishilar o`rtasidagi muhabbatni bulg`ashi, ikki taraf muhofaza e`tishi kerak bo`lgan huquqlarning ko`pini poymol e`tishi mumkin.

Oliyhimmat odamlarning ko`plari musibat va qiyinchilik paytlarida matonatli va xotirjam bo`ladilar. Biroq, arzimas va oddiy ishlar oldida bezovtalanadilar. Buning sababi e`sa, ular nafslarini k`lishga o`rgatib, kichik ishlar uchun sabotli bo`lishga o`rgatmadilar. Natijada, kichik ishlar ham ularning rohatlarini buzadi.

tadbirli odam nafsini katta va kichik ishlar uchun chiniqtirib, Alloh ta`olodan yordam so`rab, o`z nafsiga biron lahza ham tashlab qo`ymasligini so`raydi. Shundagina kichik ishlar katta ishlar kabi engil, banda e`sa xotirjam bo`ladi.

Fasl

13. Aqlli odam o`zining sog`lom hayoti - baxt va xotirjamlik hayoti e`kanini va bu o`ta qisqa bo`lib, uni g`am va qayg`u alamlar-bilan qisqartirishi mumkin e`masligini, chunki, bu, sog`lom hayotga zid bo`lishini, natijada, hayoti qayg`u-alamlar uchun maydonga aylanib qolishi mumkin e`kanini biladi.

Bu masalada yaxshi va yomon odamlar o`rtasida farq yo`qdir. Biroq, mo`minning bu sifatlarda hozir va kelajakda katta nasibalari bordir.

14. Bandaning boshiga yoqtirmagan ish kelsa, yoki kelishidan qorqsa, o`zidagi diniy va dunyoviy ne`matlar bilan shu ish o`rtasini taqqoslasin. Taqqoslash bilangina o`zidagi ne`matlarning k`oligi va boshiga kelgan ishning arzimas e`kani ma`lum bo`ladi.

Shuningdek, banda, kelishi mumkin bo`lgan zararning xavfi bilan, shu zarardan qutulishning ko`p e`htimollari o`rtasini taqqoslasin-da, zaif e`htimolni ko`p va kuchli e`htimol ustiga afzal qo`ymasin. Shundagina uning g`am va qayg`ulari yo`q bo`ladi va u o`zini etishi mumkin bo`lgan e`htimollarga qarshi chiniqtiradi. Agar etmasa, u e`htimollarni daf qilishga, etgan bo`lsa engillashtirish va ko`tarishga harakat qiladi.

15. Foydali ishlardan yana biri, odamlarning sizga bergan ozorlari, xususan, yomon so`zlari sizga e`mas, ularning o`zlariga zarar e`kanini, agar siz ularga e`tibor bersangiz va o`z hissiyotingizga e`ga bo`lishni ko`rsatmoqchi bo`lsangiz, sizga zarar berishini bilishingizdir.

16. Siz hayotingiz fikrlaringizga tobe` e`kanini biling. Agar fikrlaringiz din va dunyoda foyda keltiradigan bo`lsa, hayotingiz shirin va baxtli bo`ladi, aks holda, hayotingiz baxtiqaro bo`ladi.

17. Ichingizdagi g`amni ketkazadigan sabablardan biri, minnatdorchilikni Allohdanm boshqasidan umid qilmasligingizdir. Agar siz zimmangizda haqqi bo`lgan yoki bo`lmagan bandalarga yaxshilik qilgan bo`lsangiz, bu muomalangiz Alloh bilan bo`lgan muomaladir. Shuning uchun ham, o`zingiz yaxshilik qilgan kishidan minnatdorchilik kutmang. Holbuki, Alloh ta`olo o`zining xos bandalari haqida shunday deydi: "(Ular): "Biz sizlarga Allohning yuzi uchungina taom bermoqdamiz. Sizlardan biron bir mukofot yoki minnatdorchilik istamaymiz"- (dedilar)" (Inson: 9).

Bu ish rafiqa, farzandlar va aloqasi kuchli bo`lgan kishilar haqida yanada ta`kidlidir. Siz ulardan qachon yomonlikni daf qilishga nafsingizni chiniqtirsangiz, ularni ham, o`zingizni ham rohatlantirgan bo`lasiz.

Rohatlanish sabablaridan biri, fazilatli va boshqa amallarni o`zingizni bezovta qilmaydigan darajada qilishingizdir. Agar bu darajadan ortiqcha bo`lsa, qing`ir yo`ldan ketib, fazilatli ishlarni qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Bu ham bir hikmatdir.

uSabablardan yana biri, boshingizga etgan yomon ishlarni shirin ishlar kabi qabul qilishingizdir. Bunda lazzatning sofligi ziyoda bo`lib, g`amlar yo`qoladi.

18. Foydali ishlarni maqsad qilib, ularni ro`yobga chiqarish uchun harakat qiling. Siz g`am va qayg`ularni keltiradigan sabablardan chalg`ish uchun zararli ishlarga boqmang! Rohatlanish va nafsni muhim ishlarga qaratish bilan yordam oling!

19. Foydali ishlardan yana biri, ishlarni o`z vaqtida bajarish va kelajak uchun qoldirmaslikdir. chunki, ishlar `oz vaqtida qilinmasa, qolgan ishlar uyumi boshingizda turgan bir paytda, kelgusi ishlar etib keladi-da, o`z og`irligini beradi. Agar ishlarni o`z vaqtida bajarsangiz, kelgusi ishlarga fikrlash va ishlash quvvati bilan bel bog`lab turasiz.

20. Foydali ishlarning ham e`ng muhimlaridan boshlang. Nafsingiz moyil bo`lgan ishlar bilan, rag`batingiz kuchli bo`lgan ishlar o`rtasini ayiring. Chunki, rag`batingiz bo`lmagan ishlardan tezda malol olib, bezasiz. Buning uchun sog`lom fikr va maslahat bilan yordam so`rang. Zero, maslahat qilgan afsus chekmaydi. Bajarmoqchi bo`lgan ishingizni to`la o`rganing. Agar unda manfaat bo`lib tirishsangiz, Allohga tavakkul qiling. Alloh tavakkul qiluvchilarni yaxshi ko`radi.

Barcha olamlar robbisi bo`lgan Allohga hamdlar bo`lsin. Alloh ta`olo payg`ambarimiz, uning oilasi va sahobalariga salavot va salomlar yo`llasin.