Жума 19 Апрель 2024 | 10 Шаввол 1445 Ҳижрий-қамарий

асосий қисм

  • lotinchaga
  • +
  • -
  • |

"Ahlussunna val-jamoa" e`tiqodi

16829 марта кўрилган

Shayx Muhammad ibn Solih Usaymiyn rahimahulloh
Tarjimon: Abu Ja'far al Buxoriy

Bismillahir rohmanir rohiym

Muqaddima

Alloh ta`ologa hamd va sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

So`ng ...

Men do`stimiz alloma Shayx Muhammad Solih Usayminning ushbu risolasini sinchiklab e`shitib chiqdim va "Ahlussunna val-jamoa" ning Alloh ta`oloning ism va sifatlardagi vahdoniyatini, farishtalar, kitoblar, payg`ambarlar, oxirat kuni hamda taqdirning yaxshi va yomoniga iymon keltirish bobidagi e`toqodini o`z ichiga olganini ko`rdim. U o`z ishining ustasi chiqdi. Chunki, U ilm toliblari va barcha musulmonlar Alloh ta`ologa, uning farishtalari, kitoblari, e`lchilari, oxirat kuni hamda taqdirning yaxshi va yomoniga bo`lgan iymonlarida muhtoj bo`ladigan, biroq, boshqa kitoblarda topilmaydigan bilimlarni o`z risolasida jamlagan. Alloh ta`olo unga xayrli mukofotlar bersin, bilimiga bilimlarni va hidoyatni ziyoda qilsin! Uning bu va bundan boshqa kitoblari uchun savoblar berib, bizni, uni va boshqa do`stlarimizni Alloh ta`oloning yo`liga ongli da`vat qiluvchi to`g`ri yo`ldagi kishilar qatorida qilsin!

Alloh ta`olo payg`ambarimizga, uning oilasi va sahobalariga salavot va salomlar yo`llasin!

Alloh ta`ologa muhtoj bo`lgan faqir banda
Abdulaziz ibn Abdulloh ibn Boz
Ilmiy Izlanishlar, Fatvo, Da`vat va Irshod Idorasining raisi

Bismillahir rohmanir rohiym

Barcha olamlar robbisi bo`lgan Alloh ta`ologa hamdlar bo`lsin.

Oqibat mo`minlarning foydasi uchundir, tajovuz zolimlarga qarshidir! Men e`gadorlik va ochiq haqiqat sohibi, yagona, sheriksiz Alloh ta`olodan boshqa haqiqiy iloh yo`q, Muhammad uning e`lchisi va bandasi, payg`ambarlarning so`nggisi, taqvodorlarning imomi deb guvohlik beraman. Alloh ta`olo unga, uning oilasi, sahobalari va unga qiyomat kuniga qadar e`rgashgan barcha kishilarga salavot va salomlar yo`llasin.

So`ng ...

Alloh ta`olo Muhammad sollallohu alayhi va sallamni hidoyat va haqqi rost din bilan barcha olamga rahmat va bandalar ziyoniga hujjat qilib yubordi. Alloh ta`olo payg`ambari hamda yuborgan kitobi va hikmativositasi bilan bandalarning salohiyati, diniy va dunyoviy manfaatlari bo`lgan sog`lom e`tiqod, fazilatli va go`zal xulqlarni bayon qildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o`z ummatini tuni kunduzdek bo`lgan, halok bo`lgan kishilargina adashadigan yo`l ustida tashlab ketdilar. Bu yo`ldan rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Alloh va rasuliga ijobat qilgan sahobalar, tobiinlar va ularga yaxshilik bilan e`rgashgan bandalarning saralarigina yurdilar. Ular rasululloh sollalohu alayhi va sallam olib kelgan shariatno qoim qilib, uning e`tiqod, ibodat, axloq va odobdagi sunnatlariga amal qildilar. Natijada, ular Alloh ta`oloning amri kelguniga qadar tashlab ketganlar va muxolif bo`lganlar zarar etkaza olmaydigan, haqiqat uzra sobitqadam bo`lgan toifaga aylandilar.

Biz Alloh ta`ologa hamdlar bo`lsinki, ulatning yo`llaridan yurib, Qur`on va sunnat bilan sug`orilgan hayotlariga e`rgashmoqdamiz. Biz bu so`zlarni Alloh ta`oloning bizga bo`lgan ne`matlarini yod qilish va barcha mo`minning mas`uliyatini bayon qilish maqomida aytmoqdamiz. Alloh ta`olodan o`zimiz va barcha musulmonlarni dunyo va oxiratda o`zgarmas so`z bilan sobitqadam qilishini hamda uni bizga rahmat qilib in`om e`tishini so`raymiz. Zero, U in`om e`tuvchi "Vahhob"dir.

E`tiqod mavzusi muhim va u haqida bandalar turli istakda bo`lgani uchun ham, men bizning "Ahlussunna val-jamoa" aqidasi: Alloh ta`ologa, uning farishtalari, kitoblari, payg`ambarlari, oxirat kuniva taqdirning yaxshi va yomoniga iymon keltirish haqida muxtasar kitobcha yozishni maqsad qildim. Alloh ta`olodan bu kamtarona ishimni o`z yuzi uchun xolis, roziligi uchun muvaffaq va bandalari uchun foydali qilishini so`rayman.

E`tiqodimiz

Bizning e`tiqodimiz: Alloh ta`ologa, uning farishtalari, kitoblari, payg`ambarlari, oxirat kuni hamda taqdirning yaxshi va yomoniga iymon keltirishdir. Shuning uchun ham biz:

- Alloh ta`oloning rububiyati ya`ni uning barcha ishlarni rijalashtirgan Molik, Xoliq va Robb e`kanligiga;

- Alloh ta`oloning uluhiyati ya`ni Alloh ta`oloning yagona ma`bud va undan boshqa barcha ma`budlar botil e`kaniga;

- Alloh ta`oloning ism va sifatlari ya`ni Alloh ta`oloning go`zal ism va sifatlaribor e`kaniga;

- Alloh ta`oloning bu narsalardagi vahdoniyatiga ya`ni uning rububiyat, uluhiyat, ism va sifatlarida yakto e`kaniga iymon keltiramiz.

Alloh ta`olo dedi: "(U) samovot, yer va ular o`rtasidagi narsalarning robbisidir. Siz unga ibodat qilishda sabrli bo`ling! Siz U uchun ismdosh topa olasizmi?!". (Maryam: 65)

- Biz Alloh ta`oloning: "Tirik va bandalari ustida doim turuvchi iloh Allohdir. uni mudroq va uyqu olmas. Yer va Osmondagi barcha narsa uningdir. uning huzurida uning izni bilangina shafoat qilinadi. U bandalarining avvalgi va oxirgi qilgan amallarini bilib turadi. Bandalar U hohlahan narsanigina bila oladilar. Uning Kursiysi Yer va Osmonni o`z ichiga oladi. Ularni himoya qilish Unga qiyin e`mas. U oliy va buyuk zot" e`kaniga iymon keltiramiz. (Baqara: 255)

- Biz Alloh ta`oloning: "U g`ayb va zohiriy olamlarni biluvchi, Rahmon, Rahiym bo`lgan iloh - Allohdir. U E`gador, Quddus, Salom, osudalik beruvchi, barcha narsani o`z ilmi bilan qamrab olgan, Aziz, Jabbor - qudratli, Mutakabbir bo`lgan iloh - Allohdir. Men uni mushriklar sifatlayotgan sifatlardan poklayman. U Yer va Osmondagi barcha narsa (Unga) tasbih aytadigan, go`zal ismlar Uning bo`lgan, Aziz, Hakim - Alloh" e`kaniga iymon keltiramiz. (Hashr: 22 - 24)

- Biz Yer va Osmonnig mulki Alloh ta`oloniki e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "U hohlagan narsasini yaratadi. U hohlagan kimsasiga qiz, hohlagan kimsasiga o`g`il ato e`tadi. Yoki hohlasa o`g`ilni ham, qizni ham beradi. U hohlagan kimsassini tug`mas qiladi. U biluvchi, qodir zotdir". (Shuro: 49, 50)

- Biz Alloh ta`oloning: "Allohning o`xshashi yo`dir. U e`shituvchi, ko`ruvchi zotdir. Yer va Osmonlarning kalidlari Uningdir. U hohlagan kishi uchun rizqni keng qilib, o`lchab qo`yadi. U barcha narsani biluvchi" e`kaniga iymon keltiramiz. (Shuro: 11, 12)

- Biz: "Yer yuzidagi barcha hayvonning rizqi Alloh ta`oloning zimmasidadir. U zot ularning turar-joylarini ham, borar joylarini ham biladi. Hamma narsa ochiq-ravshan Kitobda" (Hud: 6) - deb iymon keltiramiz.

- Biz: "G`ayb ochqichlari Allohning huzuridadir. Uni Allohning o`zigina biladi. U quruqlik va dengizdagi narsalarni va daraxtning tushgan yaproqlarini ham biladi. Hech bir jon e`rtaga nima kasb qilishini va qaysi yerda o`lishini bilmaydi. Alloh barcha narsani biluvchi va ko`ruvchi" (Luqmon: 27) e`kaniga iymon keltiramiz.

- Biz Alloh ta`olo hohlagan narsasini qachon va qanday hohlasa shunday so`zlay olishiga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Alloh Muso bilan so`zlashdi" (Niso: 164);

"Muso belgilangan joyga etib kelganida/ robbisi U bilan so`zlashdi" (A`rof: 143);

"Biz Tur tog`ining o`ng tomonidan nido qildik va o`zimizga, pinhon so`zlashib, yaqin qildik" (Mar`yam: 52).

- Biz: "Robbimning so`zlarini yozish uchun dengiz siyoh bo`lsa e`di, uning so`zlari bitguniga qadar tugar e`di" (Kahf: 109);

"Agar Yer yuzidagi daraxtlar qalam va etti dengiz siyoh bo`lsa, (yozish bilan) Allohning so`zlari tugamas. Alloh Aziz va Hakim zotdir" (Luqmon: 27) - deb iymon keltiramiz.

- Biz: "Alloh ta`oloning so`zlari xabar berishda komil, hukmlarda adolatli va iste`molda e`sa go`zal"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Robbingizning so`zlari to`g`rilik va adolat yuzasidan komil bo`ldi" (An`om: 105);

"Alloh ta`olodan ko`ra rostgo`yroq zot kim?" (Niso: 87).

- Biz Qur`on Karim Alloh ta`oloning kalomi e`kani, uni Alloh ta`oloning o`zi haqiqat bilan gapirib, Jibriil alayhissolatu vassalomga otgani, Jibriil alayhissolatu vassalom e`sa Muhammad sollallohu alayhi va sallamning qalbiga olib tushganiga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Siz: "Bu Qur`onni Jibriil robbingiz tarafidan indirdi"- deb ayting" (Nahl: 102);

"Qur`on - barcha olamlar robbisi indirgan kitobdir. Uni Jibriil Sizni ogohlantiruvchi bo`lishingiz uchun ochiq arab tilida qalbingizga olib tushdi" (Shuaro: 192 - 195).

- Biz Alloh ta`olo o`z maxluqlaridan zoti va sifatlari bilan buyuk e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "U oliy va buyukdir" (Baqara: 255);

"U bandalari ustidan g`olib, xabardor va hakim zotdir" (An`om: 18).

- Biz: "Alloh ta`olo "Yer va osmonni olti kunda yaratdi, so`ngra Arshga ko`tarildi. Va U ishlarni rejalashtiradi" (Yunus: 3)"- deb iymon keltiramiz.

- Biz: "Alloh ta`olo Arshi ustida bo`lsada, mahluqlari bilan birgadir. Ya`ni, uning birga bo`lishi, U ularning ahvollarini biladi, so`zlarini e`shitadi, qilayotgan ishlarini ko`radi, ishlarini rejalashtiradi. Muhtojga rizq beradi, mulkni hohlagan kishiga berib, hohlagan kishidan tortib oladi. Hohlagan kishisini aziz va hohlagan kishisini xor qiladi. Barcha yaxshiliklar uning qo`lidaddir. U barcha narsaga qodirdir. Bunday ishlarga qodir bo`lgan zot, garchi bandalaridan yuqorida, Arshining ustuda bo`lsada, o`z maxluqlari bilan birgadir: "Uning o`xshashi yo`qdir. U e`shituvchi, ko`ruvchi zotdir""- deb fikr qilamiz.

- Biz Jahmiylar gurudan bo`lgan hululiylar va boshqalar kabi: "Alloh ta`olo Yer yuzida maxluqlari bilan (o`z zoti) bilan birgadir"- demaymiz. Chunki, bu so`zlarni odma kofir yoki adashgan bo`ladi. Zero, bu Alloh ta`oloni Alloh ta`ologa noloyiq sifatlar bilan sifatlash bo`ladi"- deb fikr qilamiz.

- Biz rasululloh sollallohu alayhi va sallam xabar berganlaridek: "Alloh ta`olo har kechaning oxirgi uchdan biri qolganida quyi osmonga tushadi va: "Kim menga duo qiladi, men ijobat qilsam? Kim mendan o`z e`htiyojini so`raydi, men bersam? Kim mendan gunohlarini kechirishimni so`raydi, men kechirsam?"- deb aytadi"- deb iymon keltiramiz.

- Biz Alloh ta`oloning qiyomat kunida bandalari o`rtasini hal qilish uchun kelishiga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Yo`q!! Yer qattiq tebransa, robbingiz va farishtalar saf-saf bo`lib kelsalar va o`sha kunda jahannamni keltirilsa, o`sha kunda inson barcha narsalarni tushunib etadi. Qani e`ndi bu tushunish unga foyda bersa?!" (Fajr: 21, 22).

- Biz: "Alloh ta`oloning hohlagan narsasini qilishga qodir" (Hud: 107) e`kaniga iymon keltiramiz.

- Biz Alloh ta`oloning ikki hohishi (irodasi) bor e`kaniga iym,on keltiramiz. (Birinchisi): Kavniy (Koinotdagi tabiiiy) hohish. Bu iroda bilan Alloh ta`oloning murodi hosil bo`ldi. Biroq, bu irodaning Alloh ta`ologa sevimli bo`lishi lozim e`mas. Bu iroda faqatgina "mashia" - hohish ma`nosidadir. Alloh ta`olo dedi: "Agar Alloh hohlasa ular urushmas e`dilar. Biroq, Alloh hohlagan narsasini qiladi" (Baqara: 253);

"... Agar Alloh sizlarni adashtirmoqchi bo`lsa, U sizlarning robbingizdir.." (Hud; 43).

(Ikkinchi:) Alloh ta`oloning shar`iy hohishining bo`lishi majburiy e`mas. Bundagi hohish Alloh ta`olo uchun sevimlidir. Alloh ta`olo: "Alloh sizlarning tavbalaringizni qabul qilishni hohlaydi" (Niso: 27) - dedi.

- Biz Alloh ta`oloning kavniy va shar`iy hohishlari o`zining hikmatiga bog`liq e`kaniga, uning hukm qilgan kavniy va maxluqlariga sig`inishni yuklagan shar`iy hohishlari, bizlar bilaylik yoki nilmaylik, bir hikmat uchun, yoki hikmat asosiga binoan e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "(Alloh) hokimlarning hokimi e`masmi?" (Tiyn: 8);

"Iymon keltirgan xalqlar uchun Allohdan ko`ra hukmi go`zalroq zot bormi?!" (Moida: 5).

- Biz Alloh ta`oloni sevar e`kanlar, Alloh ham o`z avliyolarini sevishiga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Ayting: "Agar sizlar Allohni yaxshi ko`rsangizlar, menga e`rgashinglar. Alloh sizlarni yaxshi ko`radi"" (Oli Imron: 31);

"Alloh tez kunda o`zi yaxshi ko`radigan va ular ham Allohni yaxshi ko`rishadigan xalqlarni keltiradi" (Moida: 54);

"Alloh ta`olo sabrlilarni yaxshi ko`radi" (Oli Imron: 146);

"Adolat qilinglar! Alloh adolatlilarni yaxshi ko`radi" (Hujurot: 9);

"... Va e`hson qildilar. Alloh ta`olo e`hson qiluvchilarni yaxshi ko`radi" (Moida: 93).

- Biz: "Alloh ta`olo o`zi shariat qilib qoygan amallar hamda so`zlarni yaxshi ko`radi va ta`qiqlagan narsalarini yomon ko`radi"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Agar Alloh ta`ologa kofir bo`lsangizlar, U sizlardan behojatdir. Alloh ta`olo bandalarining kofir bo`lishlariga rozi e`mas. Agar unga shukr qilsangiz, U sizlardan rozi bo`ladi" (Zumar: 7);

"Lekin, Alloh ta`olo ularning chiqishlarini yoqtirmadi va ularning chiqishlari oldida to`siqlar qilib qo`ydi hamda: "O`tirganlar bilan birga qolinglar!"- deb aytildi" (Tavba: 46).

- Biz: "Alloh ta`olo mo`minlar va solih amallarni qilgan bandalardan rozi bo`ladi"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Alloh ulardan rozi bo`ldi va ular ham Allohdan rozi bo`ldilar. U (jannat) robbisidan qo`rqqan kishilar uchundir" (Bayyina: 8).

- Biz: "Alloh ta`olo kofirlar va g`azabga loyiq bo`lgan boshqa mahluqlarga g`azab qiladi"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "... Alloh haqida yomon gumon qilgan kimsalarga yomonlik bo`lsin! Va Alloh ularga g`azab qildi" (Fath: 6);

"Biroq, kufrga qalblarini ochgan kimsalarga Allohning g`azabi va katta qattiq azoblar bordir" (Nahl: 106).

- Biz: "Alloh ta`oloning buyuklik va hurmat bilan sifatlangan yuzi bor"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Buyuklik va hurmat sohibi bo`lgan robbingizning yuzi boqiy qoladi" (ar-Rohman: 27).

- Biz: "Alloh ta`oloning saxovatli ikki qo`li bor"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Balki, uning ikki qo`li ochiqdir. U hohlaganidek infoq qiladi" (Moida: 64);

"Ular Alloh ta`oloni yaxshi tanimadilar. Yer qiyomat kunida Alloh ta`oloning qo`lida bo`ladi. Samovot e`sa uning o`ng qo`lida bo`ladi. Men Allohni mushriklar sifatlayotgan sifatlardan poklayman" (Zumar: 67).

- Biz Alloh ta`oloning ikki ko`zi bor e`kaniga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Sen kemani bizning k`oz o`ngimizda va vahyimiz bilan yasa" (Hud: 37).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Alloh ta`oloning hijobi (pardasi) nurdir. Agar U pardasini ochsa, yuzining nurafshonligi maxluqlarining unga tushib turgan ko`zlarini kuydirib yuboradi".

- "Ahlussunna valjamoa" Alloh ta`oloning k`ozlari ikkita e`kaniga ijmo` qildilar. Buni rasululloh sollalohu alayhi va sallamdan Dajjol haqida rivoyat qilingan hadis ham quvvatlaydi: "U (Dajjol) g`ilaydir. Robbingiz g`ilay e`masdir".

- Biz: "Alloh ta`oloni k`ozlar idrok e`ta olmas. Holbuki, U ko`zlarni idrok e`tar. U lutf qiluvchi va xabardor zotdir" (An`om: 105)- deb iymon keltiramiz.

- Biz: "Mo`minlar qiyomat kuni robbilarini ko`radilar"- deb iymno keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "U kunda yuzlar nurafshon bo`lib, robbisiga qarab turadi" (Qiyomat: 22, 23).

- Biz: "Alloh ta`oloning komil sifatlari borligi uchun tenggi yo`qdir"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Allohning o`xshashi yo`qdir. U e`shituvchi va ko`ruvchi zotdir" (Shuro: 11).

- Biz: "Hayoti va qoimligi bo`lgani uchun "Alloh ta`oloni uyqu va mudrash olmas" (Baqara: 255)- deb iymon keltiramiz.

- Biz: "Alloh ta`olo adolatining komilligi sababli hech kimga zulm qilmaydi hamda nazoratchi va bilimi komil bo`lgani uchun bandalari qilayotgan barcha amallardan g`ofil e`masdir"- iymon keltiramiz.

- Biz: "Ilmi va qudrati komil bo`lgani uchun Alloh ta`oloni Yer va Samolardagi biron narsa ojiz qo`ya olmaydi"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Alloh ta`oloning amri - biron narsani "Bo`l!"- deb aytishidir. Bas, u narsa bo`ladi" (Ya sin: 82).

- Biz: "Alloh ta`olo quvvati komil bo`lgani uchun qiynalmaydi va ojiz qolmaydi"- deb iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Biz ko`klar, yer va ular o`rtasidagi narsalarni yaratdik va qiynalmadik".

- Biz Alloh ta`olo va uning rasuli sollalohu alayhi va sallam Alloh ta`olo uchun isbot e`tgan ism va sifatlarning (Alloh ta`oloda) sobit (bor) e`kaniga iymon keltiramiz. Biroq, ikki narsadan e`htiyot bo`lamiz: "tamsil" - qalb yoki til bilan "Alloh ta`oloning sifatlari maxluqlarining sifatlariga o`xshaydi"- deb aytishdan hamda "takyif" - qalb yoki til bilan "Alloh ta`oloning sifatlari unday, bunday"- deb aytishdan.

- Biz bu yo`lda yurish farz deb o`ylaymiz. Buning sababi, Alloh ta`olo o`zi uchun isbot yoki inkor e`tgan ism va sifatlardan o`zi xabar berdi. U o`zini bandalaridan ko`ra yaxshiroq biladi. Undan ko`ra rostgo`yroq zot yo`qdir. Bandalar bu narsalarni mukammal bilmaydilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Alloh ta`olo uchun isbot e`tgan sifatlarining xabarini Alloh ta`olo Muhammad sollallohu alayhi va sallamga bildirdi. Rasululloh sollallohu alyhi va sallam o`z robbisini boshqa bandalardan ko`ra yaxshiroq biladilar. Rasulullohsollallohu alayhi va sallam e`sa odamlarning e`ng rostgo`yi, samimiysi va fasohatlisidir. Alloh ta`olo rasululloh sollalohu alayhi va sallamning so`zlarida ilm, sadoqat va bayonning kamoloti bor. Shuning uchun ham, uni rad e`tish yoki uni qabul qilishda shubhalanishga hech bir uzr yo`qdir.

Fasl

Biz isbot yoki inkor e`tish nuqtai nazaridan, mufassal yoki umumiy tarzda e`slatib o`tganimiz - Alloh ta`oloning sifatlarini robbimizning Kitobi, payg`ambarimizning sunnatlari hamda bu Ummatning salafi va ulardan so`ng kelgan hidoyat imomlarining yo`liga binoan bayon qildik.

- Biz Qur`on va sunnat matnlarini o`z zohiriga binoan ijro e`tish va Alloh ta`ologa loyiq bo`lgan haqiqati bilan iste`mol qilishni vojib deb bilamiz hamda bu sifatlarni Alloh va Allohning rasuli sollalohu alayhi va sallam hohlamagan narsalarga burgan soxtakorlar, Alloh va rasululloh sollallohu alayhi va sallam iroda qilgan ma`nolardan ajratib qo`ygan kimsalar hamda bu sifatlarni o`xshatish va shakllash bilan iste`mol qilgan g`uluv ketuvchilar yo`lidan bezormiz.

- Biz: "Alloh ta`oloning Kitobi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarida bayon qilingan barcha narsa haqiqat bo`lib, ular bir-biriga zid e`mas"- deb e`tiqod qilamiz. Alloh ta`olo dedi: "Ular Qur`onni tadabbur qilmaydilarmi? Agar Qur`on Alloh ta`olodan boshqasining tarafidan nozil qilinsa e`di, ular ko`plab ixtiloflar topgan bo`lur e`dilar" (Niso: 82).

Chunki, xabar etkazishdagi ziddiyatlar, xabarlarning ayrimlarini yolg`onga chiqaradi. Bu e`sa Alloh va uning rasuli sollallohu alayhi va sallamda bo`lishi mumkin bol`magan narsalardir. Shuning uchun ham: "Alloh ta`oloning Kitobi va uning rasuli sollalohu alayhi va sallamning sunnatlarida ayrim ziddiyatlar bor"- deb da`vo qilgan kishilar, bu gapni maqsadlari yomon va qalblarida marazlari bo`lgani uchun aytgan bo`ladilar. Bunday odamlar Alloh ta`ologa tavba qilsinlar va zalolatlaridan voz kechsinlar!

"Alloh ta`oloning Kitobi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarida ziddiyatlar bor" deb xayol qilayotgan kimsalar bilimlarining ozligi yoki oz tafakkur qilganliklari uchun bu xatolarga yo`l qo`ydilar. Ular haqiqat ma`lum bo`lishi uchun izlansinlar va tafakkur qilsinlar! Ular izlanishlari oqibbatida haqiqatga e`risha olmasalar, ishni o`z bilimdoniga topshirib, xayolparastlikni tark qilsinlar va bilimni chuqur e`gallaganlar aytganlaridek: "Biz unga iymon keltirdik. Uning barchasi robbimiz huzuridandir" (Oli Imron: 8)- deb aytsinlar va bilsinlarki, Qur`on va sunnatning ichida ham, ularning o`rtalarida ham ziddiyat va ixtilof yo`qdir.

Fasl

- Biz Alloh ta`oloning farishtalariga va ularning: "Alloh ta`oloning amriga itoat qilib, undan avval biron so`z so`zlamaydigan mukarram bandalar" (Anbiyo: 26, 27) e`kaniga, Alloh ta`olo ularni yaratgani, ular Unga itoat va ibodat qilganlariga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Ular Allohga bo`lgan ibodatdan yuz o`girmaydilar va charchamaydilar. Kecha va kunduz tinmay tasbih aytadilar" (Anbiyo: 19, 20)

Alloh ta`olo ularni bizdan pardaladi. Goho e`sa ularni ba`zi bandalariga ko`rsatdi. Payg`ambarimiz sollallohun alayhi va sallam Jibriil alayhissolatu vassalomni o`zining yaralgan suratida ufqni to`sib turgan olti yuzta qanoti bilan ko`rdilar. Jibriil alayhissolatu vassalom Mar`yam alayhassolatu vassalomga komil inson suratida namoyon bo`ldi va xitob qildi. Bundan tashqari, Jibriil alayhissolatu vassalom rasululloh sollalohu alayhi vasallamning huzuriga sahobalar bor paytda, oppoq kiyimda, sochlari tim qora, notanish kishi suratida kirib keldi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldiga kelib, tizzalarini rasululloh sollalohu alayhi va sallamning tizzalariga tekkizib o`tirdilar. So`ngra, qo`llarini sonlariga qo`yib, rasululloh sollalohu alayhi va sallamga xitob qildilar. Keyin e`sa, rasululloh sollalohu alayhi va sallam ham unga xitob qildilar. Keyin e`sa rasululloh sollalohu alayhi va sallam sahobalarga u kishining Jibriil alayhissolatu vassalom e`kanidan xabar berdilar.

- Biz farishtalarning tayin qilingan vazifalari bor e`kaniga iymon keltiramiz. Jibriil alayhissolatu vassalom vahiyni, Alloh hohlagan payg`ambarga olib tushishga vakil qilingan. Isrofil alayhissolatu vassalom qiyomat kuni o`lish va qayta tirilish uchun surga dam urishga vakil qilingan. Jonlarni olish (o`lim paytida) Malakulmavtga topshirilgan. Jahannam posboni Molikdir. Bundan tashqari ba`zi farishtalar ona qornidagi homilaga, ba`zilari odam farzandini himoya qilishga, ba`zilari e`sa insondan sodir bo`lgan amallarni yozishga vakil qilingan. Har bir shaxsning ikki farishtasi bor. Alloh ta`olo dedi: "Uning o`ng va chap tarafida farishta o`tiradi. U bir so`zni aytsa, uning oldida o`ta qattiq nazoratchi bordir" (Qof: 17, 18)

Ba`zi farishtalar o`lik oldiga kelib, uning robbisi, payg`ambari va dini haqida so`raydilar. "Alloh mo`minlarni hayot dunyosi va oxiratda o`zgarmas so`z bilan sobitqadam qiladi. Va Alloh zolimlarni adashtiradi. Alloh hohlagan narsasini qiladi" (Ibrohiym: 27)

Ba`zi farishtalar jannat ahliga vakil qilingan. Alloh ta`olo dedi: "Farishtalar ularning huzuriga har bir e`shikdan kirib keladilar va: "Sabr qilganingiz e`vaziga sizlarga tinchlik bo`lsin. Bu qanday joy-a!"- deb aytadilar" (Ra`d: 23, 24)

Payg`ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi va sallam osmonda "al-Baytul-Ma`mur" deya bir uy bor bo`lib, unga har kuni etmish ming farishta kirib, (yana bir rivoyatda) etmish mnig farishta unda namoz o`qib, qayta kira olmasliklarining xabarini berdilar.

Fasl

- Biz Alloh ta`olo o`zining payg`ambarlariga odamlar ziyoniga hujjat bo`ladigan kitoblarni nozil qilganiga iymon keltiramiz. Payg`ambarlar bu kitoblar vositasi bilan odamlarga hikmatlarni o`rgatdilar va ularni shirk balolaridan tozaladilar.

- Biz Alloh ta`olo har bir rasul bilan kitob indirganiga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Biz e`lchilarni hujjatlar bilan yubordik va odamlar adolat bilan turishlari uchun ular bilan birga kitob va tarozuni nozil qildik" (Hadid: 25)

Alloh ta`olo tomonidan yuborilgan kitoblarning bizga ma`lum bo`lganlari quyidagilardir:

1. Tavrot. Tavrot - Alloh ta`olo Muso alayhissolatu vassalomga nozil bo`lgan kitob bo`lib, Isroil o`g`illariga yuborilgan kitoblarning e`ng buyugidir. Alloh ta`olo dedi: "Biz Tavrotni nur va hidoyatni o`z ichiga olgan holatida nozil qildik. U bilan Alloh ta`ologa bo`yinsungan payg`ambarlar, olimlar va donishmandlar o`zlariga omonat qo`yilgan Allohning KItobi bilan yahudiylar ustidan hukm qiladilar" (Moida: 44).

2. Injil. Alloh ta`olo Injilni Iyso alayhissolatu vassalomga indirdi.Injil Tavrotni tasdiqlab va to`ldirib kelgan. Alloh ta`olo dedi: "Biz Iyso (alayhissolatu vassalom) ga ichida hidoyat va nur bo`lgan, o`zidan avvalgi Tavrotni tasdiqlagan, taqvodorlar uchun kidoyat va mav`iza bo`lgan holida Injilni berdik" (Moida: 44);

".. Sizlar uchun harom qilingan ba`zi narsalarni halol qilish uchun (Injilni indirdi)" (Oli Imron: 50).

3. Zabur. Alloh ta`olo Zaburni Dovud alayhissolatu vassalomga nozil qildi.

4. Qur`on Karim. Alloh ta`olo Qur`on Karimni payg`ambarlarning e`ng so`nggisi Muhammad sollallohu alayhi va sallamga nozil qildi. Alloh ta`olo dedi: "Ramazon oyi odamlar uchun hidoyat va hidoyatning bayoni hamda botil bilan haqiqat o`rtasini ajratib tashlashni bayon qilingan Qur`on Karim nozil bo`lgan oydir" (Baqara: 185).

Qur`on Karim "o`zidan avvalgi kitobni tasdiqlovchi va uni o`z ichiga oluvchi bo`lib" (Moida: 48) nozil qilingan. Alloh ta`olo Qur`on Karim vositasi bilan avvalgi barcha kitoblarni bekor qildi hamda Qur`onni soxtalashtiruvchi qo`llardan himoya qilishni o`z zimmasiga oldi. Alloh ta`olo dedi: "Biz sizga Qur`onni indirdik va uni biz himoya qilamiz" (HIjr: 9)- dedi. Chunki, Qur`on arim qiyomat kuniga qadar maxluqlarning ziyoniga hujjat bo`lib qoladi.

Ammo Qur`on Karimdan avval nozil bo`lgan kitoblar, uning ichidagi hukmlarni bekor qiladigan hamda undagi o`zgartish va soxtakorlikni bayon qilib beradigan kitoblar nozil bo`lganidan boshlab o`z kuchini yo`qotadi. Shuning uchun ham avvalgi kitoblar ma`sum qolmadi. Balki, ularga turli o`zgartishlar va qo`shimchalar qo`shilib ketdi. Alloh ta`olo dedi: "Yahudiylarning ba`zilari so`zlarni o`z o`rnidan o`zgartdilar" (Niso: 46);

"KItobni oz pul e`vaziga sotish uchun o`z qo`llari bilan yozib, keyin: "Bu Alloh huzuridan kelgan"- deb aytgan kishilarning hollariga voylar bo`lsin! Qo`llari yozgan narsalar va kasb qilgan narsalari uchun ularning hollariga voylar bo`lsin!" (Baqara: 79);

"Ayting: "Muso (alayhissolatu vassalom) odamlar uchun nur va hidoyat qilib olib kelgan va sizlar o`z hohishlaringizga to`g`ri keladigan hukmlarni ko`rsatib, t`og`ri kelmaydiganini ko`rsatmaydigan daftar qilib olganingiz kitobni kim nozil qildi?!"" (An`om: 91);

"Kitob ahllaridan bir guruh kitob deb gumon qilib, Kitobni o`zgartmoqdalar. U - Kitob e`masdir. Ular uni Allohning huzuridan deb aytmoqdalar. Alloh ta`olo kitob, hukm va payg`mbarlik ato e`tgan kishining odamlarga: "Allohni qo`yib menga banda bo`linglar!"- deb aytishi mumkin e`masdir" (Oli Imron: 78, 79);

"Hoy kitob ahllari, bizning payg`mbarimiz sizning oldingizga kitobdan yashirgan ko`p narsalaringizni bayon qilish uchun keldi... "Alloh - Masih ibn Maryamdir"- deb aytgan kishilar kofir bo`ldilar"" (Moida: 15, 16).