Душанба 20 Ноябрь 2017 | 1 Рабиул-аввал 1439 Ҳижрий-қамарий

асосий қисм

  • lotinchaga
  • +
  • -
  • |

E'ng go'zal qissa

4385 марта кўрилган

Mundarija
  1. Ajoyib tush
  2. Akalarning hasadi
  3. Ya`qub huzurida
  4. O`rmonda
  5. Ota huzurida
  6. Yusuf quduqda
  7. Quduqdan saroyga
  8. Vafodorlik
  9. Zindondagi nasihat
  10. Yusufning hikmati
  11. Tavhid haqidagi nasihat
  12. Tushning ta`biri
  13. Podshohning tushi
  14. Podshoh Yusufga odam jo`natdi
  15. Yusuf tekshirishni talab qildi
  16. Xazinadorlik boshida
  17. Yusufning akalari keldi
  18. Yusuf va akalar o`rtasidagi suhbat
  19. Ya`qub va o`gillari o`rtasidagi suhbat
  20. Binyamin Yusuf huzurida
  21. Ya`qub tomon
  22. Sir fosh bo`ldi
  23. Yusuf Ya`qubga e`lchi yubordi
  24. Ya`qub Yusufning huzurida
  25. Chiroyli xotima
1- Ajoyib tush

yuqoriga »

Yusuf kichkina bola e`di. Uning o`n bitta akasi bor e`di.

Yusuf chiroyli va ziyrak bola e`di. Otasi Ya`qub uni boshqa o`g`illaridan ko`ra ko`proq sevar e`di.

Yusuf kechalarning birida ajoyib tush ko`rdi.

U tushida o`n bitta yulduz, Quyosh va Oyning o`ziga sajda qilayotganlarini ko`rdi.

Kichik Yusuf bu tushidan hayratga tushdi! Chunki u tushni tushunmagan e`di. Axir yulduzlar, Quyosh va Oy qanday qilib odamga sajda qilishi mumkin?!

Kichik Yusuf Otasi Ya`qubning oldiga bordi va unga tushini aytib berdi:

"Otajon, men o`n bitta yulduz, Quyosh va Oyning menga sajda qilganlarini (tushimda) ko`rdim".

Yusufning otasi Ya`qub payg`ambar e`di.

Ya`qub bu tushdan xursand bo`ldi va dedi:

"Hoy Yusuf, Alloh senga ne`matlarini serob qilsin, tez kunda sening boshingga ajoyib ishlar keladi.

Bu tush ilm va payg`ambarlikdan xushxabardir.

Alloh ta`olo bobolaring Ishoq va Ibrohimlarga ham ko`p ne`matlar ato e`tgan e`di.

Alloh senga ham, Ya`qub xonadoniga ham ne`matlar ato e`tadi".

Ya`qub yoshi ulg`aygan va narsalarning tabiatlarini yaxshi bilgan odam e`di.

Ya`qub Shayton odamlarga qanday g`olib bo`lishi va odamlarni qanday o`yinchoq qilib olishini yaxshi bilar e`di. Shuning uchun ham o`g`li Yusufga: "O`glim, bu tushingni akalaringning birortasiga aytib berma. Aytib bersang ular senga hasad qilishib, dushman bo`lib qoladilar"- dedi.

2 – Akalarning hasadi

yuqoriga »

Yusufning bir onadan tug`ilgan ukasi bor e`di. Uning ismi Binyamin e`di. Ya`qub bu ikki o`g`lini juda ham yaxshi ko`rar, boshqa farzandlarini ular kabi suymas e`di.

Akalar Yusuf va Binyaminga hasad va g`azab qilishar hamda: "Nega otamiz Yusuf va Binyaminni bizdan ko`ra ko`proq yaxshi koradi? Nega otamiz bizlarni Yusuf va Binyamin kabi yaxshi kormaydi? Axir bizlar kuchga to`lgan yigitlar bo`lsak? Bu ajoyib ishku!"- der e`dilar.

Yusuf kichkina bola e`di. U Ko`rgan tushini akalariga aytib berdi. Tushni e`shitgan akalarning g`zabiga g`azab, hasadiga hasad qo`shildi.

Kunlarning birida akalar to`plandilar va ba`zilari: "Yusufni o`ldiringlar yoki bu yerdan uzoqroq bo`lgan yerlarga tashlab kelinglar. Shundagina otangiz o`zingizga qoladi va sizlarnigina yaxshi koradi"- dedilar.

Ulardan biri e`sa: "Yo`q, uni yo`l bo`yidagi quduqqa tashlanglar. Uni safarga chiqqanlar olib ketishsin!"- dedi.

Akalar bu maslahatni ma`qulladilar.

3 – Ya`qub huzurida

yuqoriga »

Bu maslahatdan so`ng akalar Ya`qub huzuriga keldilar.

Ya`qub Yusufning boshiga biron narsa kelishidan qo`rqar va akalarining uni yoqtirmasliklari, unga hasad qilishlarini juda yaxshi bilar e`di.

Ya`qub Yusufni akalari bilan yubormas e`di. Yusuf akalari bilan o`ynasa-da, uzoqlarga ketmas e`di. Akalar buni bilsalar-da, yomon niyyatlarini amalga oshirish uchun azm qildilar.

Akalar otalariga dedilar:

"Otajon, nega Yusufni biz bilan birga yubormaysiz? Nimadan qo`rqasiz?

U bizning aziz va kichik ukamizdir. Hammamiz bir otaning farzandlarimiz. Aka-ukalar doimo birga o`ynaydilar. Nega biz birga ketib, birga o`ynamaymiz?

"Uni biz bilan yuboring, maza qilib o`ynab kelsin. Bizlar uni himoya qilamiz".

Ya`qub yoshi ulg`aygan qariya e`di.

Ya`qub aqlli va halim-yumshoq e`di. Ya`qub Yusufning uzoqlashishini hohlamas va uning boshiga falokat kelishidan qo`rqar e`di.

Shuning uchun ham u o`g`illariga: "Sizlar g`aflatda qolib, Yusufni bo`ri yeb qo`yishidan qo`rqaman"- dedi.

O`g`illar: "Biz kuchga to`lgan yigitlar turganimizda bo`ri uni qanday qilib yesin?!"- dedilar.

Ya`qub Yusufning akalari bilan birga ketishiga izn berdi.

4 – O`rmonda

yuqoriga »

Akalar Ya`qubning Yusufga izn berishidan sevindilar va o`rmonga ketdilar. Yusufni o`rmondagi quduqqa tashladilar. Ular kichik Yusufga va yoshi ulg`aygan Ya`qubga rahm qilmadilar.

Yusuf kichik bola e`di. Uning qalbi ham kichik e`di. Quduq e`sa chuqur va qorong`u, Yusuf e`sa quduqda yolg`iz e`di.

Biroq, Alloh unga xushxabarlar berib dedi:

"Sen qo`rqma, qayg`urma! Alloh sen bilan! Kelajakda sening boshingga ajoyib kunlar keladi. Sening huzuringga akalaring keladilar va sen ularga bu qilmishlarini so`zlab berasan".

Akalar Yusufni quduqqa tashlaganlaridan so`ng to`planishib: "E`ndi otamizga nima deymiz?"- dedilar.

Ulardan biri dedi:

"Otamiz Yusufni bo`ri yeb qo`yishidan qo`rqishini aytgan e`di. Biz unga: "Otajon, siz to`gri aytgan e`kansiz. Yusufni bo`ri yeb qo`ydi" deymiz".

Hamma bu maslahatni ma`qulladi va: "Juda to`g`ri, otamizga: "Otajon, uni bo`ri yeb qo`ydi"- deb aytamiz"- dedilar.

Ularning ayrimlari: "Buning bir dalili bo`lishi kerak"- dedi.

Boshqalari: "Uning dalili qondir"- dedilar.

Akalar bir qo`chqorni keltirib so`ydilar va Yusufning ko`ylagini uning qoniga bo`yadilar.

Akalar juda xursand bo`ldilar va: "Mana e`ndi otamiz bizlarga ishonadi"- dedilar.

5 – Ota huzurida

yuqoriga »

"Akalar Ya`qubning oldiga kechqurun yig`lab keldilar". Va: "Otajon, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qo`yib, quvlashmachoq o`ynab ketgan e`dik, uni bo`ri yeb ketdi"- dedilar va "Yusufning soxta qonga belangan ko`ylagini" berdilar-da: "Bu Yusufning qoni"- dedilar.

Otalari Ya`qub payg`ambar, yoshi ulug` va farzandlaridan ko`ra aqlli e`di.

Ya`qub bo`ri odamni esa uni parchalab va kiyimlarini yirtib tashlashini juda yaxshi bilar e`di.

Yusufning kiyimlari yirtilmagan va soxta qonga belangan e`di. Shuning uchun ham Ya`qub qonning soxtaligi, bo`ri haqida o`g`illari aytgan so`z yolg`on e`kanligini tushundi-da, o`g`illariga:

"Siz aytgan so`zlar yolg`on. "Shunday bo`lsada, chiroyli cabr qilishim kerak"- dedi.

Ya`qub Yusuf uchun ko`p qayg`urdi. Lekin chiroyli sabr qildi.

6 – Yusuf quduqda

yuqoriga »

Akalar Yusufni quduqqa tashlab uyga qaytdilar va ovqatlarini eb, ko`rpalariga o`ranib uxladilar.

Yusuf quduqda e`kan na eyish uchun ovqati va na yotish uchun ko`rpasi bor e`di.

Akalar Yusufni unutdilar va miriqib uxladilar.

Yusuf e`sa hech kimni unutmadi va uxlamadi.

Ya`qub Yusufni, Yusuf e`sa Ya`qubni e`slar e`di.

Yusuf quduqda, quduq e`sa chuqur e`di.

Quduq o`rmonda, o`rmon e`sa qor`inchli e`di.

U payt kecha, kecha e`sa zulmatli e`di.

7 – Quduqdan saroyga

yuqoriga »

Bir karvon shu o`rmondan o`tib borar e`di.

Ular chanqagan va quduq qidirishar e`di.

Ular quduqni ko`rdilar va suv olib kelishi uchun ichlaridan birini jo`natdilar.

U odam quduqqa etib kelgach, chelakni tushirib, suv olish uchun torta boshladi.

Chelak juda ham og`ir e`di.

Tortib chiqarganida chelakda bir bola bor e`di!

U odam hayratga tushib: "Suyunchi beringlar, bir bola chiqdi"- dedi.

Karvondagilar bundan xursand bo`ldilar, biroq, buni sir tutishga qaror qildilar.

Karvon Misrga etib keldi. Karvondagilar Yusufni bozorga olib borib: "Bu bolani kim sotib oladi? Bu bolani kim sotib oladi?"- deb ovoza qildilar.

Aziz Yusufni bir necha kumush tangaga sotib oldi.

Karvondagilar Yusufni sotdilar, biroq, uning kim e`kanini bilmagan e`dilar.

Aziz Yusufni saroyiga olib bordi va xotiniga: "Yusufni yuvib, tarab qo`ying, u aqlli bola"- dedi.

8 - Vafodorlik

yuqoriga »

Azizning xotini Yusufni Azizga xiyonat qilishga chaqirdi. Lekin, Yusuf bu ishdan bosh tortib: "Yo`q! Men hojamga xiyonat qilmayman. U menga yaxshiliklar qildi. Men Allohdan qo`rqaman"- dedi.

Azizning xotini g`azablandi va e`riga Yusuf ustidan shikoyat qildi.

Aziz xotinining yolg`on so`zlayotgani va Yusuf vafodor e`kanini bildi va xotiniga: "Sen xato qilganlardan birisan"- dedi.

Yusufda Misrda o`z chiroyi bilan tanilagan va uni kim ko`rsa: "Bu inson e`mas. U go`zal farishtadir!"- der e`di.

Azizning xotini Yusufdan g`azablandi va: "Unday bo`lsa qamoqqa ketasan!"- dedi.

Yusuf: "(Bu gunohni qilgandan ko`ra), qamoqqa kirishim men uchun yaxshiroqdir"- dedi.

Aziz bir necha kun o`tganidan so`ng Yusufni qamoqqa jo`natmoqchi bo`ldi.

Aziz Yusufning ayb ish qilmaganini yaxshi bilar e`di.

Yusif qamoqqa tushdi.

9 - Zindondagi nasihat

yuqoriga »

Yusuf zindonga tushdi.

Zindondagi bandilar Yusufning oliyjanob, rahmdil va ilmli yigit e`kanini bildilar.

Bandilar Yusufni yaxshi ko`rib, humat qildilar.

Bandilar Yusuf birga e`kanidan quvondilar va Yusufni ulug`ladilar.

Zindonga Yusuf bilan birga ikki bandi ham kir gan e`dilar. Ular Yusufga ko`rgan tushlarini aytib berdilar.

Ulardan biri: "Men (mast qiluvchi) sharob tay yorlayotgan e`dim"- dedi.

Ikkinchisi e`sa: "Mening boshim ustida non va u nonni qushlar eyapti"- dedi.

Ular tushlarining ta`birini so`radilar.

Yusuf tush ta`birlarini yaxshi bilar e`di.

Yusuf payg`ambarlardan e`di.

Yusuf yashagan zamondagi odamlar Allohdan boshqa narsalarga sig`inar e`dilar. Ular o`zlari turli xudolarni qilib olgan e`dilar.

Ular: "Bu - quruqlik xudosi. Bu - dengiz xudosi. Bu – rizq xudosi. Bu – yomg`ir xudosi"- der e`dilar.

Yusuf bularning barchasini ko`rar va kular e`di.

Yusuf bularning barchasini bilar va yig`lar e`di.

Yusuf odamlarni Alloh yo`liga da`vat e`tishni hohlar e`di.

Alloh ta`olo bu da`vatning zindonda bo`lishini hohlagan e`di.

Zindondagi bandilar nasihatga loyiq e`masmi?

Zindondagi bandilar shafqatga loyik e`masmi?

Zindondagi bandilar Allohning bandasi e`masmi?

Zindondagi bandilar Odamning zurriyoti e`masmi?

Yusuf zindonda bo`lsada, hur va jur`atli e`di/

Yusuf faqir bo`lsada, o`ta saxovatli e`di.

Payg`ambarlar har zamon haqiqatni baralla aytadilar.

Payg`ambarlar har zamon e`zgulikni hadya e`tadilar.

10 – Yusufning hikmati

yuqoriga »

Yusuf ichida o`ziga:

Menga bu ikki odamni e`htiyoj olib keldi.

Muhtoj odam muloyim va itoatli bo`lib, so`zla rimga quloq soladi.

Agar ikkovlariga biron narsani aytsam, boshqa bandilar ham tinglaydilar"- dedi.

Biroq, Yusuf shoshilmadi. Balki, ularga:

"Taomingiz kelguniga qadar tushlaringizning ta`birini aytib beraman"- dedi.

U ikkisi o`tirdilar va xotirjam bo`ldilar. So`ngra, Yusuf ularga:

"Men tush ta`birlarini bilgan odamman. (Buni menga Robbim bildirdi)- dedi.

U ikkisi bu so`zlardan xursand bo`ldilar va tinchlandilar.

Yusuf bu fursatni g`animat bildi va nasihatini boshladi.

11 – Tavhid haqidagi nasihat

yuqoriga »

Yusuf dedi:

"(Menga buni Robbim bildirdi).

Lekin Alloh ilmini har kimga ham beravermaydi.

Alloh ilmini mushrikka bermaydi.

Siz ikkingiz robbim menga nega bildirganini bilasizlarmi?!

Chunki men shirk ahlining yo`lini tark e`tdim.

(Va otalarim Ibrohim, Ishoq va ya`qubning yo liga e`rgashdim).

(Bizning Allohga biron narsani sherik qilishi miz mumkin e`mas).

Tavhid faqat biz uchungina e`mas. Balki, u bar cha insoniyat uchundir.

(Bu Allohning bizga va odamlarga bergan fazlidandir. Biroq, ko`p odamlar shukr qilmaydilar)".

Yusuf so`zini to`xtatib, so`radi:

"Sizlar: "Quruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi va yomg`ir xudosi"- deysizlar.

Biz e`sa: "Alloh barcha narsalarning robbisidir", deymiz.

(Xilma-xil xudolar yaxshimi yoki Yagona, G`o lib Allohmi?).

Quruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xudosi va yomg`ir xudosi qayerda?

(Ularning yaratgan narsalarini menga ko`rsatinglar-chi! Yoki ularning osmonlar (ni yaratishda) she rikliklari bormi?).

Yerga, osmonga va insonga qaranglar!

(Bu Allohning yaratgan maxluqidir. Sizlar Al lohdan boshqalari yaratgan narsalarni menga ko`rsatinglar!).

Nega: "Quruqlik xudosi, dengiz xudosi, rizq xu dosi va yomg`ir xudosi", deysizlar.

[(Bular) siz va otalaringiz qo`ygan ismlar, xolos].

Hukm qilish, e`gadorlik va buyurish Al lohga xosdir.

(Allohgagina ibodat qilinglar!).

(Shugina to`g`ri yo`ldir).

[Lekin odamlarning ko`plari (buni) bilmaydilar].

12 – Tushning ta`biri

yuqoriga »

Yusuf nasihatini tugatgach, ularga tush ta`birini aytib berdi:

["Sizlardan biringiz hojasiga soqiy (kosagul) lik qiladi].

(Ikkinchingiz e`sa dorga osiladi va uning boshidan qushlar eydi).

Yusuf birinchi bandiga: "(Meni hojang oldida tilga ol!)- dedi.

U ikki bandi zindondan chiqdilar: birinchisi podshohga soqiy bo`ldi, ikkinchisi e`sa osildi.

Soqiy podshoh huzurida Yusufni tilga olishni unutdi va Yusuf zindonda bir necha yil qolib ketdi.

13 – Podshohning tushi

yuqoriga »

Misr podshohi ajoyib tush ko`rdi.

U tushida ettita semiz sigir ettita ozg`in sigirni yeyotganini, hamda ettita yashil va ettita quruq sunbula (boshoq) ni ko`rdi.

Podshoh bu tushdan hayron bo`ldi va a`yonlaridan buning ta`birini so`radi.

A`yonlar: “Bu hech narsa e`mas. Uyqudagi odam asli bo`lmagan ko`p narsalarni tushida ko`rishi mumkin- dedilar.

Lekin soqiy: “Yo`q, men sizlarga bu tushning ta`birini aytib beraman”- dedi-da, zindonga ketdi va Yusufdan podshoh ko`rgan tushning ta`birini so`- radi.

Yusuf oliyjanob va sahovatli, Allohning maxluqlariga mehribon e`di. Shuning uchun ham tushning ta`birini aytib berdi.

Yusuf tushning ta`birini aytish bilan cheklanib qolmadi, balki, qanday tadbirlar qilish kerakligini ham ko`rsatib berdi:

“Yetti yil don e`kinglar va qorningizdan ortganini g`amlanglar.

Yetti yildan so`ng qahatchilik keladi. U kunlarda g`amlagan donlaringizning ko`p qismini yeysizlar va oz don ortib qoladi.

Bu qahatchilik yetti yil davom e`tadi. Shundan so`nggina (Allohning) yordam (i) keladi va serobgarchilik bo`ladi”.

Soqiy ketdi va tush ta`birini podshohga aytib berdi.

14 – Podshoh Yusufga odam jo`natdi

yuqoriga »

Podshoh bu ta`bir va tadbirni e`shitib xursand bo`ldi va: “Bularni kim aytib berdi? Bizlarga samimiy bo`lgan va tadbirlar ko`rsat- gan kishi kim?”- dedi.

Soqiy: “U – rostgo`y va mening siz janoblariga soqiy bo`lishimni aytib bergan Yusufdir”- dedi.

Podshoh Yusuf bilan ko`rishishni hohladi va: “Menga uni olib kelinglar. Men uni o`zim uchun ozod qilaman”- dedi.

15 – Yusuf tekshirishni talab qildi

yuqoriga »

E`lchi Yusufning huzuriga kelib: “Podshoh seni o`z huzuriga chaqirayapti”- dedi.

Yusuf zindondan shunday chiqib ketishni hohlamadi.

Axir odamlar: “Bu o`sha Yusuf. U Azizga xiyonat qilib, kecha zindonga tushgan e`di”- demaydilarmi.

Yusuf oriyatli, hayoli va aqlli e`di.

Agar uning o`rnida boshqa birorta odam bo`lsa va unga podshohning e`lchisi kelib: “Seni podshoh yo`qlatdi va seni kutib turibdi” desa e`di, zindon e`shigi tomon shoshilar va zindondan chiqar e`di.

Biroq, Yusuf unday qilmadi.

Yusuf shoshilmadi, balki e`lchiga: “Men ishimni qayta ko`rib chiqilishini hohlayman”- dedi.

Podshoh Yusufning nega qamalgan e`kanini qayta ko`rib chiqdi va o`zi ham, odamlar ham Yusufning aybdor e`masligini bildilar.

Yusuf zindondan aybsiz o`laroq chiqdi va podshoh unga izzat-ikrom ko`rsatdi.

16 – Xazinadorlik boshida

yuqoriga »

Yusuf odamlarda omonatdorlik ozaygani va xiyonatkorlik ko`payganini bilar e`di.

Yusuf odamlarning Alloh moliga qilayotgan xiyonatlarini ko`rar va Allohning Yer yuzida boyliklari ko`p bo`lsada, zoe bo`layotganini bilar e`di.

Allohning boyliklari zoe bo`lar e`di. Chunki hukmdorlar Allohdan qo`rqmas e`dilar.

Zero, ularning itlarining qorinlari to`q, lekin odamlar bir burda non topa olmas e`dilar.

Ularning uylari ham gazmollar bilan o`ralgan, biroq, odamlar badanlarini to`sadigan bir parcha latta topa olmas e`dilar.

Odamlar yerdagi xazinalardan omonatdor va bilmdon xazinador bo`lsagina odilona foydalanishlari mumkin e`di.

Chunki hazinador omonatdor bo`lib, bilimdon bo`lmasa Yer xazinalari qayerda va ulardan qanday foydalanish kerakligini bilmaydi.

Agar hazinador bilimdon bo`lib, omonatdor bo`lmasa, xazinadan o`z manfaati yo`lida ishlatib, xiyonat qilishi mumkin.

Yusuf ham omonatdor va ham bilimdon e`di.

Yusuf amirlarning odamlar haqqini yegan hollarida tashlab qo`yishni hohlamas e`di.

Yusuf odamlarning ochlikdan o`lib ketishlariga toqat qila olmas e`di.

Yusuf haqiqatni aytishdan hayo qilmas e`di. U podshohga:

“Meni hazinabon qilib ta`yin e`ting. Men omonatdor va bilimdonman”- dedi.

Shunday qilib Yusuf Misr davlatining hazinasiga omonatdor bo`ldi.

Odamlar juda ham rohatlandilar va Allohga hamdlar aytdilar.

17 – Yusufning akalari keldi

yuqoriga »

Misr va Shomda, Yusuf xabar berganidek, ocharchilik boshlandi.

Shomliklar ham, Ya`qub ham Misrda rahmdil, saxovatli xazinador borligini, odamlar uning oldiga borib, don olayotganini e`shitdilar.

Ya`qub ham o`g`illarini donga almashtirishlari uchun mol bilan jo`natdi.

Binyamin otasining oldida qoldi. Chunki Ya`qub Binyaminni juda ham sevar va o`zidan uzoqlashishini hohlamas e`di.

Chunki Ya`qub Yusufning boshiga biror musibat kelishini hohlamaganidek, Binyaminning boshiga ham biror musibat kelishini hohlamas e`di.

Akalar Yusuf tomon yo`lga chiqdilar. Biroq, xazinador ukalari Yusuf e`kanini bilmas e`dilar.

Ular xazinador quduqdagi Yusuf e`kanini bilmas e`dilar. Chunki ular Yusuf o`lgan deb o`ylar e`dilar.

Axir qanday o`lmasin! Quduq chuqur va o`rmonda. O`rmon e`sa qo`rqinchli, vaqt ham kecha va kecha zulmatli e`di-ku!

“Yusufning akalari Yusufning huzuriga kirdilar. Yusuf ularni tanidi, biroq, ular Yusufni tanimadilar”.

Ular Yusufni tanimadilar, lekin, Yusuf ularni tanidi.

Yusuf ularni tanidi. Ular Uni quduqqa tashlagan, balki, o`ldirmoqchi bo`lsalarda, Alloh saqlagan e`di.

Shunday bo`lsada, Yusuf ularga bu haqida biron bir so`z ochib, sharmanda qilmadi.

18 – Yusuf va akalar o`rtasidagi suhbat

yuqoriga »

Yusuf ular bilan suhbatlashdi va dedi: “Qayerdansizlar?”

Ular: “Kan`ondanmiz”- dedilar.

- Otangiz kim?

- Ya`qub ibn Ishoq ibn Ibrohim (ularga Allohning salavot va saomlari bo`lsin)

- Sizlarning boshqa ukalaringiz ham bormi?

- Ha, uning ismi Binyamin.

- Nega u sizlar bilan birga kelmadi?

- Otamiz uni juda ham yaxshi ko`radi va uning o`zidan uzoqlashishini hohlamaydi.

- Nega sizlar bilan yurishiga ruxsat bermaydi? U hali kichikmi?

- Yo`q. Uning Yusuf ismli bir akasi bor e`di. U biz bilan birga quvlashmachoq o`ynash uchun chiqqan e`di. Biz uni narsalarimiz oldida tashlab ketgan e`dik. Uni u yerda bo`ri yeb ketdi.

Yusuf ichida kuldi. Biroq, biron so`z aytmadi. Chunki U, ukasi Binyamin bilan ko`rishishga mushtoq e`di.

Alloh ta`olo Ya`qubni yana bir marta imtihon qilmoqchi bo`ldi.

Yusuf akalariga don berishlari uchun amr e`tdi va akalariga:

“Ukangizni ham olib kelinglar!”. Agar olib kelmasangiz, don ola olmaysizlar”- dedi.

Yusuf hizmatchilariga akalari olib kelgan mollarni ham donlariga qo`shib qaytarishlariga buyurdi.

19 – Ya`qub va o`gillari o`rtasidagi suhbat

yuqoriga »

Og`illar otalari huzuriga qaytib, bo`lgan voqealarni aytib berdilar va: “Ukamizni ham biz bilan jo`nating. Bo`lmasa Azizdan hech narsa ola olmaymiz”- dedilar.

Ular Ya`qubdan Binyaminni istagan e`dilar.

O`g`illar: “Biz uni himoya qilamiz!”- dedilar.

Ya`qub dedi:

“(“Bundan avval akasini sizlarga ishonib topshirganimdek, buni ham sizlarga ishonib topshirayinmi?”).

Sizlar Yusufning qissasini unutdingizmi?

Sizlar Binyaminni Yusufni himoya qilgandek himoya qilmoqchimisiz?!

(Alloh himoya qiluvchilarning e`ng yaxshisidir. U Rahmlilarning rahmlisidir)”.

Og`illar donga almashtirish uchun olib borgan narsalarini qaytib kelganini ko`rdilar va otalariga:

“Aziz oliyjanob odam. U bizga olib borgan narsalarimizni ham qaytarib beribdi. Bergan donlari e`vaziga hech narsa olmabdi.

Biz bilan birga Binyaminni ham jo`nating, uning haqqini ham olaylik!”- dedilar.

Ya`qub ularga: “Uni kuchingiz etganicha o`zingiz bilan birga qaytarib kelish uchun Allohga ahd bermaguningizcha sizlar bilan birga yubormayman”- dedi.

O`g`illar Allohga ahd berdilar. Ya`qub: “Alloh aytgan so`zlarimizga vakildir”- dedi.

Ya`qub o`g`illariga: (“Hammangiz bir darvozadan kirmangiz! Hammangiz boshqa-boshqa darvozalardan kiringiz!”)- dedi.

20 – Binyamin Yusuf huzurida

yuqoriga »

Akalar otalarii tayinlaganidek, turli darvozalardan kirib keldilar va Yusufning huzurida hozir bo`ldilar.

Yusuf Binyaminni ko`rgach juda ham quvondi va uni o`z uyiga joylashtirdi va: “Men sening akangman”- dedi. Binyamin xotirjam bo`ldi.

Yusuf oradan uzoq vaqt o`tganidan so`nggina Binyamin bilan ko`rishdi va ota-onasi, uyi va yoshlik chog`larini e`sladi.

Yusuf Binyaminning o`z huzurida qolishini, uni har kuni ko`rish va u bilan suhbatlashish hamda undan uyi-xonadoni haqida so`rashni hohlar e`di.

Lekin buning qanday iloji bo`lishi mumkin? Axir Binyamin e`rtaga Kan`onga qaytadi-ku!

Buning qanday iloji bo`lishi mumkin? Axir akalar Binyaminni qaytarib olib kelish uchun Allohga ahd berdilar-ku!

Yusuf Binyaminni sababsiz o`z huzurida olib qolishi mumkinmi?

Axir odamlar: “Aziz Kan`onlini sababsiz ushlab qoldi”- deb aytmaydilarmi? Axir bu katta zulm-ku!

Yusuf aqlli va zukko e`di.

Yusfning xonasida qimmatbaho idish bor e`di. Yusuf shu idishda ichar e`di.

Yusuf bu idishni Binyaminning narsalari ichiga qo`yib qo`ydi va jarchi akalarga qarata: “Sizlar o`g`irlik qildingiz!”- dedi.

Akalar burilib: “Nimangizni yo`qotdingiz?”- deb so`radilar.

Jarchilar: “Podshohning idishini. Uni kim topib olib kelsa, unga bir tuyaga yuk bo`ladigan mukofot bor”- dedilar.

Akalar: “(Aloh nomiga ond ichib aytamizki, sizlar bizlarning Yer yuzida fasod yoyish uchun kelmaganimizni va bizlar o`g`ri e`masligimizni yaxshi bilasizlar!)- dedilar.

Jarchilar: (“Yolg`on gapirgan bo`lsangiz, o`g`rining jazosi nima bo`ladi?”)- deb so`radilar.

Akalar: “Kimning yukidan chiqsa, bu uning jazosidir. Biz zolimlarni shunday jazolaymiz)- dedilar.

Idish Binyaminning yuklari ichidan chiqdi. Akalar xijolat bo`ldilar. Keyin e`sa uyalmay: “Binyamin o`g`irlik qilgan bo`lsa, uning akasi Yusuf ham bundan avval o`g`irlik qilgan e`di”- dedilar.

Yusuf bu buhtonni e`shitdi, biroq, sukut saqladi.

Yusuf bu so`zlarga g`azablanmadi. Chunki u, oliyjanob va halim e`di.

Akalar: (“E`y, Aziz, uning qari otasi bor. Uning o`rniga bizlardan birimizni oling. Biz sizni yaxshilik qiladigan odam deb o`ylaymiz”- dedilar).

Yusuf: [Narsamiz chiqqan kimsadan boshasini olib qolishdan Alloh saqlasin. (Agar boshqasini olib qolsak) zolimlardan biri bo`lamiz-ku!”- dedi].

Shunday qilib, Binyamin Yusufning oldida qoldi va ikki aka-uka xursand bo`ldilar.

Yusuf uzoq zamondan beri yolg`iz va o`z oilasidan hech bir kishini ko`rmagan e`di.

Alloh ta`olo unga Binyaminni olib keldi. Yusuf Binyaminni har kuni ko`rishi va u bilan gaplashishi uchun olib qolmasinmi? Ukaning aka oldida qolishi zulmmi? Yo`q! Yo`q!

21 – Ya`qub tomon

yuqoriga »

Akalar otalari huzuriga qanday qaytishlari haqida hayron bo`lib qoldilar.

Akalar otalariga nima deyishlari haqida o`ylanib qoldilar.

Ular kecha otalarini Yusufni deb qiynagan e`dilar, bugun Binyaminni deb qiynasinlarmi?!

Akalarning kattasi Ya`qubning huzuriga qaytishdan uyaldi va ukalariga:

(“Otangizning huzuriga qaytinglar va: “Otajon, o`g`lingiz o`g`irlik qildi. Biz bilgan narsalarimizgagina guvoh bo`ldik. Biz bilmagan narsamizni himoya qila olmas e`dik”- deb aytinglar”)- dedi.

Ya`qub bo`lib o`tgan voqealarni tinglagach bu ish Alloh tarafidanligi va U Ya`qubni sinayotganini bildi va o`yga toldi: “Kecha Yusuf uchun qayg`urgan e`di. Bugun e`sa Binyamin uhun qayg`urmoqda. Alloh unga ikki musibatni jam qilmaydi. Alloh uni ikki o`g`li bilan musibatlamaydi.

Demak-ki, bu ish Alloh tarafidan.

Dmak-ki, bu ishda Allohning sirli hikmati bor.

Alloh bandalarini imtihon qilib, keyin quvontirib, ularga ne`matlar ato e`tadi.

Katta o`g`il ham Misrda qolibdi va Kan`onga qaytishdan uyalibdi. Nahotki, uchunchi o`g`ilni ham deb qayg`uraymi. Bundan avval ikki o`g`ilni deb oz qayg`urdimi?!

Bunday bo`lishi mumkin e`mas”.

Ayni shu paytda Ya`qub xotirjam bo`ldi va:

(“Shoyad Alloh barcha o`g`illarimni o`zi olib kelsa. Darhaqiqat, U Bilguvchi, Hakim zotdir”)- dedi.

22 – Sir fosh bo`ldi

yuqoriga »

Ya`qub ham inson e`di. Uning ko`ksida bir parcha tosh e`mas, balki, inson qalbi bor e`di.

Shuning uchun ham Yusufni yana bir bor e`slab, g`amlari yangilandi va: (“Oh, e`y, Yusuf”)- dedi.

O`g`illari uni koyib: “Siz o`lguningizcha Yusufni e`slayverar e`kansiz-da”- dedilar.

Ya`qub: (“Men qayg`u alamlarimni Allohga shikoyat qilaman va Allohdan sizlar bilmagan narsalarni bilaman”)- dedi.

Ya`qub noumidlik kufr e`kanini bilar va Uning Allohdan katta umidi bor e`di.

Ya`qub Yusuf va Binyaminni jiddiy qidirishlari uchun o'g'illarini Misrga yubordi va ularni Allohning rahmatidan noumid bo`lishlaridan qaytardi.

O`g`alar uchunchi marta Misrga ketdilar.

Ular Yusufning huzuriga kirib, faqirliklari va musibatlaridan shikoyat qildilar va buning chorasini istadilar.

Ularning so`zlarini e`shitar e`kan Yusuf hayajonlandi va o`zini tuta olmadi:

“Otamning o`g`illari, payg`ambarlar o`g`illari podshohlardan biriga o`z faqirliklaridan shikoyat qiladilarmi?

Qachongacha ulardan yashiray? Qachongacha ularni bu holatda ko`ray? Qachongacha otamni ko`ra olmayman?”.

Yusuf o`zini tuta olmadi va o`g`alariga dedi:

“Sizlar bilmay Yusuf va uning ukasiga nima qilganingizni bilasizlarmi?!”

Og`alar bu sirdan o`zlari va Yusufgina xabardorligini bilar e`dilar. Shuning uchun ham, oldilaridagi odam Yusuf e`kanini bildilar.

Vo ajab! Yusuf tirikmi?! U quduqda o`lmadimi?!

Hazinabon o`sha Yusufmi?!

Bizga don berishni amr e`tgan Yusufmidi?!

Ular o`zlari bilan gaplashayotgan odamning Ya`qubning o`g`li Yusuf e`kanida shubhalari qolmadi!

Ular: (“Siz Yusufmisiz?!”- dedilar).

Yusuf: [(Ha,) men Yusufman va bu mening ukam. Alloh bizga lutf qildi. Kim taqvo qilib, sabr e`tsa, Alloh yaxshilik qilganlarning savobini zoe qilmaydi]”- dedi.

Akalar: (“Alloh sizni bizdan afzal ko`rdi. Biz xato qiluvchilardan bo'ldik”- dedilar).

Yusuf ularni qilgan ishlari uchun malomat qilmadi, balki: (“Alloh sizlarni kechiradi. U rahmlilarning rahmlirog`idir”)- dedi.

23 – Yusuf Ya`qubga e`lchi yubordi

yuqoriga »

Yusuf otasini juda ham sog`ingan e`di. Nega sog`inmasin, axir, oradan qancha zamonlar o`tdi.

E`ndi qanday sabr qilsin, sir fosh bo`ldi-ku!

Otasi yemasa, ichmasa, uxlamasa Yusuf qanday yeb, ichsin!

Sir ochildi va Alloh ta`olo Ya`qubning quvonishini hohladi.

Ko`p yig`lagani va qayg`urgani uchun Ya`qubning ko`zlari ko`r bo`lgan e`di.

Shuning uchun ham Yusuf akalariga:

(“Bu ko`ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlanglar. Uning ko'zlari sog'ayadi va huzurimga xonadoningizdagi barchani olib kelinglar!”)- dedi.

24 – Ya`qub Yusufning huzurida

yuqoriga »

Akalar Yusufning ko'ylagiini Kan`onga olib kelar e`kanlar, Ya`qub Yusufning hidini his e`tdi va: (“Men Yusufning hidini sezmoqdaman”)- dedi.

[(Atrofidagilar): “Siz hali ham e`ski adashishligingizdasiz!”- dedilar].

Lekin Ya`qub rost gapirgan e`di. (Xushxabarchi kelib, ko'ylagni Ya`qubning yuziga tashlagach, Ya`qubning ko`zlari ochildi va u: “Men sizlarga Allohdan bilmagan narsalaringizni bilaman”- deb aytmaganmidim- dedi).

O`g`illar: (Otajon, ginoglarimiz uchun istig`for ayting, biz xato qiluvchilardan bo'ldik”- dedilar).

Ya`qub: (“Albatta, gunohlaringizni kechirishi uchun robbimdan istigfor so`rayman. Darhaqiqat, U rahmli kechiruvchi zotdir”- dedi).

Ya`qub Misrga yetib kelganida Yusuf uning istiqboliga shiqdi. U ikkisining quvonchi haqida so`ramang!

Bu kun Misrdagi unutilmas va muborakli kunlardan biri bo`lgan e`di.

Yusuf ota-onasini taxtga o`tqazdi va hammalari Yusufga sajda qilib yiqildilar.

Yusuf: (Bu ilgari ko`rgan tushimning ta`biridir. Robbim uni haqiqatga aylantirdi”)- dedi.

(Men o`n bir yulduz, Quyosh va Oyning menga sajda qilayotganlarini ko`rdim).

Yusuf Allohga ko`p go'zal hamdlar aytdi.

Yusuf bu ne`mat uchun Allohga ko`p shukr qildi.

Ya`qub va uning oilasi Misrda uzoq zamon qoldilar. Ya`qub va uning xotini Misrda vafot e`tdilar.

25 – Chiroyli xotima

yuqoriga »

Ulkan podshohlik Yusufni Alloh ta`ologa ibodat qilishdan to`sa olmadi.

Yusuf Alloh ta`oloni ko`p zikr qilar, Unga ibodat qilar va Undan qo`rqar e`di.

Yusuf Allohning hukmi bilan hukm qilar va Allohning amrlarini ijro e`tar e`di.

Yusuf podshohlikni ko`p ko`rmas va uni katta narsa deb hisoblamas e`di.

Yusuf podshohlardek o`lib, qiyomat kunida podshohlar bilan birga to`planishni yoqtirmas e`di.

Balki, U qul kabi o`lishni va qiyomat kuni solih bandalar bilan birga to`planishni yoqtirar e`di.

Yusuf quyidagicha duo qilar e`di:

(“Robbim, Sen menga podshohlikni berding va tushlar ta`birini bildirding. (E`y,) Osmonlar va Yerni yaratgan zot, Sen mening dunyo va oxiratdagi hojamsan, mening jonimni musulmon holimda ol va solih bandalar qatorida qil!”).

Alloh ta`olo Yusufni musulmon holida vafot e`ttirdi va otalari Ibrohim, Ishoq va Ya`qublar qatoriga qo`shdi. Alloh payg`ambarimizga va ularga salavot va salomlar yo`llasin!

* * *